Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


-savol: O’qitish metodlari deganda nimani tushunasiz?


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/59
Sana02.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1075227
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59
Bog'liq
majmua SIRTQI MO\'M-22

1-savol: O’qitish metodlari deganda nimani tushunasiz? 
2-savol: Og‘zaki va amaliy metodlar haqida gapiring? 
3-savol: Boshlang‘ich sinfda matematika o’qitishda tadqiqot metodlari haqida 
tushuncha bering. 
4-savol: Rеprоduktiv mеtоd va bilimlаrni muаmmоli bаyon qilish metodlarini 
izohlang. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 
1.Jumayev M.E. Matematika o‘qitish metodikasi (OO‘Y uchun darslik)Toshkent. . 
“Turon-Iqbol” 2016 yil 426 b. 
2. Jumayеv M.E, Tadjiyeva Z.G`. Boshlang`ich sinflarda matеmatika o‘qitish 
mеtodikasi. (OO‘Y uchun darslik.) Toshkеnt. “Fan va texnologiya” 2015 yil.
3. Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatika o‘qitish mеtodikasidan 
praktikum. (O O‘Y uchun ) Toshkеnt. “O‘qituvchi” 2018 yil 242 b 
4. Jumayеv M.E, Boshlang`ich sinflarda matеmatikadan laboratoriya 
mashg‘ulotlarini tashkil etish mеtodikasi. Toshkеnt. “Yangi asr avlodi” 2006 yil. 
20 b. 
5.Tadjiyeva Z.G.,Abdullayeva B.S.,Jumayev M.E.,Sidelnikova R.I.,Sadikova 
A.V.Metodika prepodavaniya matematiki.-T. “Turon-Iqbol” 2011. 336s. 
2-Seminar mashg‘uloti 
MAVZU:Boshlang’ich sinf matematika o’qitish metodikasining tadqiqot 
metodlari. 
Reja: 
1. Tadqiqot metodlari haqida tushuncha.
2. Boshlang‘ich sinflarda qo‘llaniladigan interfaol metodlar 
Maqsad: Boshlang‘ich sinflarda matematika darslarida interfaol metodlardan 
foydalanish ko’nikma va malakalarni shakllantirish hamda 1-4-sinf matematika 
darslarida interfaol metodlardan ( aqliy hujum, zig-zag, klaster, BBB, zakovatli 
zukko va boshqalar ) dan foydalanishga o’rgatish. 
1. Interfaol metodlar - ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga 
undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar.
2. Interfaol ta’lim strategiyalari - guruh ishini tashkil qilishga yondashuv 
ma’lum ma’noda strategik yondashuvga qiyoslanadi. 
3. Interfaol grafik organayzerlar- bunday mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli 
grafik shakllarda yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslaniladi


61 
Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o‘qitishning zamonaviy metodlari keng 
qo‘llanilmoqda. O‘qitishning zamonaviy metodlarini qo‘llash o‘qitish jarayonida 
yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning 
didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars 
shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan 
turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasi 
o‘sishiga olib keladi. 
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya 
jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
qo‘llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar 
nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko‘p tarqalgan va 
barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo‘llanayotgan metodlardan 
hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko‘p bo‘lib, 
ta’lim-tarbiya jarayonining deyarli hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari 
uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun 
moslarini ajratib tegishlicha qo‘llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim 
metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to‘g‘ri tanlash 
muammosini keltirib chiqargan. 
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi 
tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida 
faolligi muttasil rag‘batlantirib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik 
bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda 
ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli 
o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni 
mustaqil bajarishga undash talab etiladi. 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling