Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida


Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi


Download 1.01 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/59
Sana02.01.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1075227
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
majmua SIRTQI MO\'M-22

Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi: 
1. Interfaol metodlar: “Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blist-so‘rov”, 
“Modellashtirish”, “Ijodiy ish”, “Muammoli ta’lim” va b. 
2. 
Interfaol ta’lim strategiyalari.“Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, 
“Zig-zag”, “Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotastiya”, “Yumaloqlangan qor” va 
k. Interfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini 
ajratishda guruh ishini tashkil qilishga yondashuv ma’lum ma’noda strategic 
yondashuvga qiyoslanishiga asoslaniladi. Aslida bu strategiyalar ham ko‘proq 
jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa 
farqlar yo‘q. 
3. 
Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konsteptual 
jadval”, “Venn diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, 
“Qanday?” va b. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda bunday 
mashg‘ulotlarda asosiy fikrlar turli grafik shakllarda yozma ko‘rinishda 


62 
ifodalanishiga asoslaniladi. Aslida bu grafik organayzerlar bilan ishlash ham 
ko‘proq jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida 
boshqa farqlar yo‘q. 
Interfaol ta’lim metodlarini ko‘pincha turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari 
texnologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanmokda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot 
ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat 
qiladi. 
Ta’lim jarayonida interfaol metodlardan foydalanish ta’lim samaradorligini 
oshirishga xizmat qiladi. Interfaol ta’lim jarayonida dars o‘quvchilarning o‘zaro 
muloqotlari asosida amalga oshiriladi. Interfaol metod ta’lim jarayonida 
o‘qituvchilar va o‘quvchilar orasidagi faollikni oshirish orqali ularning o‘zaro 
harakati, ta’siri ostida bilimlarni o‘zlashtirishni kafolatlash, shaxsiy sifatlarni 
rivojlantirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinflarda ”aqliy hujum”, ”6*6*6”, 
”klaster”, “zakovatli zukko”, “qarama-qarshi munosabat”, ”ven diagrammasi”, 
”insert”, ”topqirlik o‘yini” kabi interfaol metodlar muhim o‘rin tutishi amaliyotda 
o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Boshlang‘ich ta’limda matematika darslarini tashkil etish va uni o‘tkazishda 
interfaol metodlardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari mavjud. Boshlang‘ich 
maktabda matematika ta’limi o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatini 
shakllantirish va rivojlantirishga, o‘z fikrlarini mustaqil bayon qila olish, egallagan 
bilimlarini ijtimoiy faoliyatlarida qo‘llash hamda ta’limning ikkinchi bosqichida 
o‘qishni davom ettirish uchun matematik tayyorgarlikni ta’minlashga xizmat 
qiladi. 
Matematika darslarida natural sonlar va nol to‘g‘risida tasavvurni shakllantirish, 
puxta hisoblash ko‘nikmalarini hosil qilish, amaliy masalalarni yechishda natural 
sonlar va arifmetik amallarni qo‘llay olishga o‘rgatish, eng sodda geometrik 
shakllar, ularni tekislikda tasvirlash xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo‘lish 
hamda og‘zaki va yozma hisoblash va matematik munosabat belgilaridan 
foydalana olish malakasini hosil qilishga alohida e’tibor beriladi. 
Talabalar ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslaridan olgan bilim, malaka va 
ko’nikmalaridan foydalangan holda quyidagi savollarga javob berishadi: 

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling