Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida
Hakimova M, ”Matematika o’qitish metodikasi” Buxoro «Durdona» nashriyoti-2021 yil.57 b
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
majmua SIRTQI MO\'M-22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
- 1-topshiriq
3. Hakimova M, ”Matematika o’qitish metodikasi” Buxoro «Durdona»
nashriyoti-2021 yil.57 b. 4-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitish metodlari.Induksiya, Deduksiya va analogiya metodlari. Reja: 1. Boshlang‘ich sinflarda matematika o’qitish metodlari. 2. Induksiya, Deduksiya va analogiya metodlari. Maqsad: Talabalarda matematika o‘qitish metоdikasida qo‘llaniladigan o‘qitish metоdlari haqidagi bilim,malaka va ko‘nikmalarini mustahkamlash.Boshlang‘ich matematika ta’limi jarayonida o‘rganilgan o‘qitish metodlarini tadbiq eta bilishni o‘rgatish. Tayanch tushunchalar: Metod, Induksiya, Deduksiya va analogiya . Induksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bunda o‘quvchining fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga o‘sib boradi. Induktiv xulosa – xususiydan umumiyga qarab boradigan xulosadir . Amaliy metodlar. Malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish va mukammalashtirish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lgan metodlar o‘qitishning amaliy metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar jumlasiga yozma va og‘zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba’zi turlari kiradi. Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tatbiq qilish, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish metodi sifatida qo‘llaniladi. Mashq deb biror amalni, shu amalni o‘zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish va ijodiy mashqlarga katta ahamiyat beriladi. Ijodiy xaraktyerdagi mashqlarga masalan, masala va misollarni turli usullar bilan yechish, ifoda bo‘yicha masala tuzish, qisqa yozuv, chizmaga ko‘ra masala tuzish, muammoli masalalarni yechish mashqlari va boshqa mashqlar kiradi. 55 Induksiya metodi bilishning shunday yo‘liki, bunda o‘quvchining fikri birlikdan umumiylikka, xususiy xulosalardan umumiy xulosaga o‘sib boradi. Induktiv xulosa – xususiydan umumiyga qarab boradigan xulosadir.. Deduksiya bu, umumiy qoidalardan xususiy misollarga va konkret qoidalarga o‘tishdir. Analogiya – shunday xulosaki, bunda predmetlar ba’zi belgilarining o‘xshashligi bo‘yicha bu predmetlar boshqa belgilari bo‘yicha ham o‘xshash, degan taxminiy xulosa chiqariladi. Analogiya “xususiydan xususiyga boradigan”, bir aniq ma’lumotdan boshqa aniq ma’lumotlarga boradigan xulosadir. Talabalar ikki guruhga bo’linadi. Har bir guruh o’zidan kelib chiqib nomlanadi va guruhlarda ishlash uchun topshiriqlar beriladi: 1-topshiriq : Boshlang‘ich sinflarda qanday og‘zaki o‘qitish metodlari ko‘proq ishlatilatilishini misollar yordamida izohlab yozing..Induksiya, deduksiya va anologiya metodlariga misollar keltiring . 2-topshiriq : Boshlang‘ich sinflarda qandaydir interfaol metodlardan foydalanib namunaviy dars ishlanma tuzing. Har bir guruhning javoblari tinglanib, baholanadi. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling