Mustahkam va oqibatli oila mahoratli va fayzli mahalla-kuchli bilimli va zakovatli ta’lim muassasasi


Download 16.42 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi16.42 Kb.
#235391
Bog'liq
tarbiyaviy soat konspekt


18-mavzu: Mening mahallamda yashash yaxshi. (Tarix fan oyligi doirasida)

Kun shiori: “Mustahkam va oqibatli oila – mahoratli va fayzli mahalla-kuchli bilimli va zakovatli ta’lim muassasasi”

Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, yangi yilni yangi bilimlar bilan boshlash lozim ekanligini uqtirish .

Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, taassurotlari va olgan xulosasi. O’zini- o’zi rivojlantirish kompetensiyasi — o’z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko’nikmalarini egallaydi Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — o’zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo’lish layoqatlarini shakllantiradi Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e‘tiqodli bo’lish va sog’lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantiradi.

Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.

Doskada: “Mahalla-yurt mustahkam bo’lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi” degan yozuv yoziladi.

O`qituvchi: Mahallaning o`rni:Yangi jamiyat bunyodkori bo`lmish yangi insonni tarbiyalashda hozirgi paytda mahallalarimizda samarali faoliyat olib borayotgan, bu noyob tuzilmani tom ma`noda o`zini o`zi boshqarish idorasiga aylantirishga katta hissa qo`shib kelayotgan mahalla oqsoqollari va faollari, fuqarolar yig`inlarining diniy ma`rifat va ma`naviy-axloqiy masalalar bo`yicha maslahatchilarining ijobiy ta`siri tobora ortib bormoqda. Aynan ana shu insonlarning odamlar ko`ngliga yo`l topib, ularning dardu tashvishiga sherik bo`lib, o`z vaqtida berayotgan amaliy yordamlari, to`g`ri va o`rinli maslahatlari tufayli oila va mahalla muhitida, butun diyorimizda tinchlik va osoyishtalik, o`zaro mehr-oqibat tuyg`ulari kuchayib borayotganini el-yurtimiz yuksak qadrlaydi. Ayniqsa, yosh yigit va qizlarimizning mustaqil hayotga kirib borishi, yosh oilalarning jamiyatdan o`ziga munosib o`rin topishida bu fidoiy va mehribon, jonkuyar odamlarning qanchalik muhim rol o`ynayotganini hurmat bilan e`tirof etishimiz lozim.

  • Mahalla – sog`lom muhit tarafdori; .

  • Mahalla- milliy o`zlikni anglash makoni;

  • Mahalla- qadriyatlar beshigi;

  • Mahalla- ma’naviyat beshigi;

  • Mahalla- millatlararo totuvligi birligi;

  • Mahalla- tinchlik va osoyishtalik garovi;

  • Mahalla-donishmandlik ko`zgusi;

  • Mahalla-yaxshilik urug`in taratuvchi;

  • Mahalla-mehr-oqibat go`shasi;

  • Mahalla-ibrat namunasi;

  • Mahalla-bag’rikenglar oshyoni.

“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligida keksalar holidan xabar olish bu millatimizning eng ulug` fazilatlaridan biri hisoblanadi.“Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligi.

Topshiriq: Har bir o`quvchi o`zining mahallasi haqida ― “Mening mahallam” mavzusida hikoya tuzadilar, iqtidorli o`quvchilar o`z mahallasini rasm orqali izohlab beradilar.

Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me‘yorlariga e‘tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi. IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.

V. O‘quvchilarni baholash.

VI. Uyga vazifa: mavzuni o‘rganish.
Download 16.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling