B+
|
89,9 – 82
|
Juda yaxshi
|
4-baho
|
Ushbu ishdagi mulohazalar bevosita mavzuga aloqador ishonchli dalillar asosida, tegishli masalalarni anglagan holda qat`iy tanqidiy fikr va tahliliy mahorat bilan juda yaxshi tadqiq etilgan. Ishda tegishli metodologiya va zarur adabiyotlardan foydalanilganlikni ko‘rish mumkin. Ish mustaqil fikr va o‘ziga xos yondashuv asosida yozilgan. Namunalar, amaliy misollar, va keltirilgan dalillar ishonchli, asosli va maqsadga muvofiq ravishda qo‘llanilgan bo‘lib, aynan tegishli ma’lumotlarga asoslangan holda aniqlik va izchillikni o‘zida namoyon etadi. Ish o‘zida “A-” darajadagi hususiyatlarni to‘liq ifodalamagan. Ushbu ish yaxshi ta’lim standartlarini o‘zida ifodalagan holda yaxshi yozilgan.
|
B
|
81 – 77
|
Yaxshi
|
4-baho
|
Ish mavzuning aniq anglanganligi va tadqiqot sohasidagi munozaralarda tanqidiy ishtirok etish imkoniyatini ifoda etib, malakali va metodologik xususiyatga ega. Tadqiqot masalalari aniq ko‘rsatib o‘tilgan va javob berilgan. Asosiy mulohazalar aniq, misollar hamda asoslar o‘rinli qo‘llanilgan. Ish “V+” darajadagi ishlarga qaraganda pastroq sifatda va unchalik original emas. Ishda fikrlar yaxshi tartibda keltirilgan, bayon aniq hamda mantiqan izchil, kirish va xulosa qismlari ravon ifodalangan. Manbalardan yuqori darajadagi ishlardek tizimli yondashilmagan bo‘lsa-da, o‘rinli qo‘llanilgan. Ish “V+” darajadagi ishlar kabi izchil bo‘lmasa-da, tahliliy qobiliyatni namoyon etadi. Ushbu ish yaxshi ta’lim standartlarini o‘zida ifodalagan holda jiddiy grammatik va sintaktik xatolardan holi ravishda yozilgan.
|
B-
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |