Mаvzu: boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fan sifatida
Download 0.9 Mb.
|
Mutaxassislikka kirish ona tili MAJMUA 2022 (3)
Fanning vazifalari – talabalarni matematika va ona tili o‘qitish metodikasi bo‘yicha milliy o‘quv dasturi va o‘quv dasturining mazmuni va talablari, shuningdek, maktab darsliklari mazmuni metodik tuzilishi bilan tanishish, boshlang‘ich ta’limda o‘qitishning zamonaviy ilg‘or metod va usullarini o‘rgatish.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg‘ulotlari)
III. Fan tarkibiga quyidagi mavzular mazmuni kiradi: 1-semestr 1-MODUL: TA’LIMNI TASHKIL ETISH MASALALARI. 1-mavzu. Kredit modul tizimiga kirish Kredit modul tizimi haqida tushuncha. Ta’lim elementlarini o‘zlashtirish natijalarini baholash. Baholash turlari va mezonlari. Qayta topshirish va qayta o‘qish. Apellyatsiya shartlari. 2-mavzu. Elektron platformalar va ularda ishlash. Universitet elektron platformasi. SHaxsiy kabinet, qaytar aloqani amalga oshirish. Ma’lumotlarni joylashtirish. Nazorat sinovlari (test, topshiriqlar, loyihalar va boshqalar bilan ishlash) ni elektron platforma orqali bajarish shartlari, muammolar va yechimlar. Plagiat va unga yo‘l qo‘ymaslik talablari. Plagiat haqida tushuncha, antiplagiat haqida huquqiy va me’yoriy hujjatlar. Mualliflik huquqi. 2-MODUL: MUSTAQIL TA’LIM OLISH TEXNOLOGIYaLARI. 3-mavzu. Fanlarni o‘rganishda adabiyotlar bilan ishlash Fanga doirasida adabiyotlarni topish, saralash, saqlash, qayta ishlash, havolalar va snoskalar berish, internet ma’lumotlaridan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganish. Mustaqil ta’lim, uning turlari va bajarilishi.Mustaqil ta’limning maqsadi, vazifasi. Mustaqil ta’lim turlari. Mustaqil ta’lim natijalarini baholash 3-MODUL: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA KURSI 4-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish umumiy metodikasi. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi fan sifatida, fanlararo bog‘liqligi. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi maqsadi va vazifalari. 5-mavzu. Boshlang‘ich sinflarda matematika kursining mazmuni va tuzilishi. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasining mazmuni va tuzilishi. Boshlang‘ich sinflarda matematika fanning fanlararo aloqadorligi. ”Matematika o‘qitish metodikasi” fani tuzilishining o‘ziga xos xusutsiyatlari, uning mazmuni. DTS, matematikadan dastur va darsliklarning sinflar kesimida tahlili. Bolalar bog‘chasi va boshlang‘ich sinflarda matematika fani o‘qitilishi orasidagi uzviylik. 6-mavzu. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida qo‘llaniladigan o‘quv vositalari va ularning vazifalari. Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun darsliklar, ularning mazmuni va tuzilishi. Turli metodik qo‘llanmalar, ko‘rgazmalar va ulardan foydalanish. O‘qitish vositalardan ijodiy foydalanish va yasaladigan ko‘rgazmali ko‘rsatmalar. Yasashga doir masallar. Rabototexnika elementlari. O‘qitish metodlari. Matematik tushunchalar haqida tasavvur hosil qilishda nazariy ma’lumotlarning o‘rni. Boshlang‘ich sinf matematikasi va matematika o‘qitishning bosqichlari orasidagi uzviylik. O‘quvchilarning o‘quv yili oxiridagi bilim, ko‘nikma hamda malakalariga qo‘yilgan kompetentsiya talablari asosida nazorat tahlili. Metod tushunchasi. Uning turlari va tasnifi. O‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog‘liqlik. O‘qitishni tashkil qilishda didaktik o‘yin metodidan foydalanish. O‘quvchilar bilimini o‘zlashtirish samaradorligini aniqlash metodlari. 7-mavzu. Interfaol metodlar. O‘quvchilarning faollik darajasiga ko‘ra qo‘llaniladigan metodlar. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida interfaol metodlardan foydalaninsh. Matematika darsida nazorat turlari va ularni tashkil qilish, o‘quvchilarning daftar bilan ishlashda qo‘llaniladigan metodlar. Download 0.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling