Mavzu: Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish metodikasi fanining predmeti. Maqsad


Talabalar ma’ruzadan olgan bilimlari asosida berilgan rejalarni birin - ketin yoritib,mavzuning mazmun mohiyatini ochib,tushuntirib beradilar


Download 1.76 Mb.
bet278/303
Sana09.01.2022
Hajmi1.76 Mb.
#257441
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   303
Bog'liq
1-jarayon amaliy mashg'ulot. QO'LLANMA

Talabalar ma’ruzadan olgan bilimlari asosida berilgan rejalarni birin - ketin yoritib,mavzuning mazmun mohiyatini ochib,tushuntirib beradilar:

Boshlang`ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning asosiy maqsadi – o`quvchilarda fanga qiziqishni rivojlantirish, boshlang`ich matеmatika asosiy kursida olinadigan bilimlarni to`ldiruvchi va chuqurlashtiruvchi matеmatik fakt va ma'lumotlar, malaka va ko`nikmalar zahirasini to`plashdan iborat.

Matеmatikadan «sinfdan tashqari ish»lar dеyilganda o`quvchilarning darsdan tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog`liq bo`lgan matеrial asosida ixtiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashqulotlar tushuniladi.

Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o`tkazish mеtodikasi quyidagilarga asoslanishi kеrak:

1. Darsda o`quvchilar olgan bilim, malaka va ko`nikmalarni hisobga olgan holda o`tkaziladi.

2. Sinfdan tashqari ishlar o`quvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida tashkil qilinadi.

3. Sinfdan tashqari ishlarni o`tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli tomoni kuchli bo`ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o`tkaziladigan ishning rеjalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir.

Matematik kechalarni matematika to’garagining hisoboti xarakterida o’tkazish mumkin.Kechaning maqsadi o’quvchilarning matematikadan bilim malakalari , nazariyani amalda tadbiq qilish qobiliyatlari , og’zaki va yozma hisoblash ko’nikmalarini , fazoviy tasavvurlari , geometrik tushunchalaru va boshqalarni hisobga olishdan iboratdir.

Kechani ikki bo’limdan iborat qilib , maktabdagi I – IV sinf o’quvchilarini qatnashtirib o’tkazish mumkin.

I bo’lim.



  1. Sanoq o’yini –ashula-qatnashchilarning hammasi bajaradi.

  2. “ O’nta quyoncha o’yini “ ( bajaruvchilar – birinchi sinf o’quvchilari )

  3. “ O’nta quvnoq bola “( bajaruvchilar – birinchi sinf o’quvchilari )

  4. “ She’riy ko’paytirish jadvali “( bajaruvchilar – ikkinchi sinf o’quvchilari )

  5. “She’riy masalalar “ ( bajaruvchilar – uchinchi sinf o’quvchilari )

  6. “O’ylagan sonni topish “( bajaruvchilar – to’rtinchi sinf o’quvchilari )

  7. “Kim tezroq “ , “ Kim to’g’riroq “ topish o’yinlari ( bajaruvchilar I – IV sinf o’quvchilari )

  8. Matematika viktorinasi. ( I – IV sinf o’quvchilari )

II bo’lim.

  1. Masalalar yechish ( IV sinf )

  2. Sheriy kvadrat ( III sinf )

  3. Sh’riy kub ( IV sinf )

  4. Topishmoq masalalar ( I – IV sinflar )

  5. Ajoyib xotira ( II – III sinflar )

  6. O’yinlar : “Kim tezroq “ , “ Kim to’g’riroq “ ( III – IV sinflar ).

  7. Gimnastika nomerlari ( ko’paytirish ) ( II sinf )

  8. Matematik mavzuga oid sahna ko’rinishi qo’yish. ( Masalan : Nosovning “ Qiyin masala ) sahna ko’rinishi va hokazo.)

Kechaning birinchi bo’limi oxirida o’tkaziladigan matematik viktorinaning namunasini keltiramiz. Bunda kechadagi o’quvchilar ikki kichik guruhga bo’linadi: I – II sinf o’quvchilari bir guruhga bo’linib , ular bilan bir o’quvchi ( bir o’qituvchi uning ishini kuzatib boradi ), III – IV sinf o’quvchilari ikkinchi guruhga bo’linib , ular bilan ikkinchi o’quvchi ( u yerda ham ikkinchi o’qituvchi uning ishini kuzatib boradi ) matematik viktorina o’tkazadi.


Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   ...   303




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling