Nazorat ishi (1 soat).
Xatolar ustida ishlash (1 soat).
O‘quvchilarda shakllangan fanga oid kompetensiya elementlari:
Matematika mazmuniga oid umumiy kompetensiya:
A1
o‘rganilgan matematik tushunchalarni qabul qila oladi, tegishli misollar keltira oladi;
sonlarni qo‘sh ish va ko‘paytirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda 1 000 000 ichida nomanfiy butun sonlar ustida qo‘sh ish va ayirish amallarini og‘zaki va yozma bajara oladi;
6•x=426+120, x:18=270–50, 360:x=630:7 ko‘rinishidagi tenglamalarni yecha oladi;
arifmetik amalda qatnashgan noma’lum tarkibiy qismini aniqlay oladi; o‘rganilgan turlardagi tengsizliklarni yecha oladi;
murakkab bo‘lmagan ko‘rinishlarda berilgan ma’lumotlarni o‘qiy oladi; atrof-borliqdagi sodda obyektlarni geometrik figuralar modellari bilan bog‘lay oladi, ayrim elementlarini o‘lchay oladi va chamalay oladi;
ikki-uch sonning o‘rta arifmetigini topa oladi.
A1+
bo‘yashlar, qoplash, qirqishlarga doir sodda geometrik masalalarni yecha oladi;
arifmetik hisob-kitob texnikasiga va juft-toqlikka oid qiziqarli, nostandart va matnli masalarni yecha oladi;
sodda amaliy holatlarda kombinator masalalarni yecha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |