Dam olish daqiqasi o’tkaziladi:
Oyim berdi uch anor
O’zimda ham uchta bor.
Sanab bilsang ayta qol,
Menda nechta anor bor? Javob: 3+3=6 ta anor.
2) Qovunning uchdan bir qismi 2 kg. Butun qovunning o’zi necha kilogrammga teng?
Yechilishi: 2*3=6 kg. Javob: 6 kg.
89-topshiriq. 60, 50, 40, 30, 20, 10 sonlari orasiga (+) va (-) ishoralaridan tanlab shunday qo’yingki, natija 70 chiqsin. Bu topshiriqni baliq skeleti metodidan foydalanib yechamiz.
IV. Mustahkamlash. Mavzuni mustahkamlashda o’quvchilar bilan o’tilgan mavzu yuzasidan savol-javob qilib olamiz, va yana mustahkamlash uchun tarqatma test beramiz.
V. O’quvchilarni baholash. O’quvchilar darsdagi ishtirokiga ko’ra baholanadi, har bir qo’yilgan baho o’qituvchi tomonidan izohlab beriladi. Faol qatnashganlar o’quvchilar alohida rag’batlantiriladi.
VI. Uyga vazifa berish. 90-misol va 91-masala uyga vazifa qilib beriladi hamda ularning sharti tushuntiriladi.
Uyga vazifa: Boshlang’ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni raqamlashga o’rgatish metodikasining umumiy masalalari mavxusini o’qib, tayyorlanib kelish.
Boshlang’ich sinf matematika darslari uchun bir soatlik dars ishlanmasini tuzish.
Do'stlaringiz bilan baham: |