Mavzu: Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitishda innovatsion yondashuv


Download 123.96 Kb.
bet14/17
Sana06.04.2023
Hajmi123.96 Kb.
#1334433
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
14-15-mavzu BTI

«Ruchka stol o‘rtasida» metodining bir qancha afzalliklari bor:

  • o‘qituvchi mashg’ulotga kim tayyor, kim tayyor emasligini ko‘rib turadi;

  • mashg’ulotga tayyorlanmagan o‘quvchi og’zaki muhokama paytida ko‘rib chiqilayotgan mavzu yuzasidan anchagina foydali bi- limlar olishi mumkin;

  • bu guruhda olib boriladigan ish bo‘lib, o‘quvchilar intizomini mustahkamlaydi va ularni jipslashtiradi, chunki o‘z varianti ustida

  • juda uzoq o‘ylab o‘tiradigan o‘quvchi butun guruhga ajratilgan vaqt- ni sarflaydi. SHuningdek, o‘quvchi mashg’ulotga tayyor bo‘lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi, chunki guruh uning uchun ishla- shi kerak bo‘ladi;

  • - o‘quvchilar o‘z javoblarini ikki marta: yozma ish paytida va og’zaki muhokama vaqtida tahlil qilib chiqishadi.

  • Rotatsiya (aylanma) metodi bilan
    fikrlarni
    ko‘rib chiqish

  • Bu metod mashg’ulot mavzuini har bir kichik guruh alohida- alohida muhokama qilib chiqishi va yozganlarini butun guruh tahlil qilib ko‘rishi uchun qo‘llaniladi.

  • Har bir kichik guruh 30 daqiqa davomida 3 ta topshiriqni muhokama qiladi, keyin 15 daqiqa davomida esa, muhokama birga- likda o‘tkaziladi.

  • Sinfga tartib raqamlari bilan birga bir nechta topshiriq osib qo‘yiladi. Har bir kichik guruh (2-3 kishi) 10 daqiqa davomida muhokama qilib, o‘z javobining variantini yozib oladi-da, so‘ngra keyingi topshiriqqa o‘tadi va oxirigacha shunday qilib boradi.

  • Har bir guruh o‘ziga rangli flomaster oladi: 1-guruh- da ko‘k, 2-guruhda qora, 3-guruhda yashil flomaster bo‘ladi. Qo‘shimchalami har kim har bir varaqqa o‘zining rangli flomasteri bilan yozib boradi, shunda uchchala guruhdan har birining ishtiroki yaqqol ko‘rinib turadi.

  • Topshiriqni 10 daqiqadan keyin almashtiriladi, 1-guruh 2-top- shiriqqa, 2-guruh 3-topshiriqqa, 3-guruh esa 1-topshiriqqa o‘tadi.

  • Guruh oldingi o‘quvchilar tomonidan yozib qo‘yilganlami o‘qiydi va o‘z javobi variantini yozib, toTdiradi, bunda variantning takrorlanishiga yo‘1 qo‘yilmaydi.

  • Yana 10 daqiqadan keyin guruh keyingi topshiriqqa o‘tib, yozil- ganlami o‘qiydi va o‘z javoblari bilan toTdiradi.

  • Yana 15 daqiqadan keyin javoblar tahlil qilinib, muhokama o‘tkaziladi.

  • So‘ngra eng ma’qul javob tanlab olinib, daftarga yozib qo‘yiladi.

  • Bu metod mavzuni jamoa bo‘lib muhokama qilishni ko‘zda tu-

  • tadi.

  • Har xil rangdagi flomasterlardan foydalanish yozilganlaming yaqqol ko‘rinib turishi va har qaysi guruhning javobdagi ishtiroki- ni baholash uchun qulay. Yozilgan javoblar tartib raqamlari bilan belgilab qo‘yiladi, bu - to‘g’ri javoblami hisoblash uchun qulaydir. Javoblami hammadan ko‘p sonda yozgan kichik guruh eng yuqori ball oladi.


  • Download 123.96 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling