Mavzu: Boshlang‘ich ta’lim fanlarini o‘qitishda innovatsion yondashuv
Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim
Download 123.96 Kb.
|
14-15-mavzu BTI
- Bu sahifa navigatsiya:
- FSMU texnologiyasi
- Fikringizni
- - Fikringizni
Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim
Bu usul o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi, bilimlarni o‘zlashtirishga mas’uliyat va qiziqishni tarbiyalaydi. 4-sinf ona tili darsida bu metoddan quyidagicha foydalanish mumkin: Buning uchun o‘qituvchi xattaxtani uch qismga bo‘ladi. Birinchi qismiga «Bilaman», ikkinchi qismiga «Bilishni xohlayman», uchinchi qismiga «Bilib oldim» deb yozadi. Keyin o‘quvchilarga murojaat qilib, kim «Ot so‘z turkumi» haqida nima bilishini so‘raydi va o‘quvchilar fikrini «Bilaman» ustuniga yozadi. Sinfda fikrlar tugagandan keyin o‘quvchilarga yana murojaat qilib, «Ot so‘z turkumi» haqida yana nimalar bilishni xohlashlarini so‘raydi. O‘qituvchilar bergan savollarni xattaxtaning «Bilishni xohlayman» qismiga yozadi. O‘quvchilar savollari tugagandan keyin o‘qituvchi «Ot so‘z turkumi» haqida ma’lumotlar yozilgan, oldindan tayyorlangan matnlarni o‘quvchilarga tarqatib chiqadi. O‘qituvchilar matnlar bilan tanishib chiqqanlaridan keyin fikrlashga o‘tadilar, yangi ma’lumotlarni bir-birlari bilan o‘rtoqlashadilar. O‘qituvchi o‘quvchilardan «Ot so‘z turkumi» haqida yana qanday yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishganliklarini so‘raydi va «Bilib oldim» ustuniga yozadi. Keyin uchala ustunni umumlashtirib, birgalikda xulosa qilinadi.
FSMU texnologiyasi Trening haqida tushuncha. Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda, bahs - munozaralar o‘tkazishda yoki umimlashtirish darslarida, yoki o‘quv rejasi asosida biror bo‘lim o‘rganib bo‘lingach qo‘lllanishini mumkin. Bu texnologiya o‘quvchilarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalaraga o‘tkazishga, ochiq holda bashlashishga, shu bilan bir qatorda o‘quvchilarni o‘quv jarayonida egal- lagan bilimlarini tahlil etishga, o‘quvchilarning bilimlarini baholashga hamda tinglovchilarni bahslashish madaniyatiga o‘rgatishi bilan ahamiyatlidir. Maqsad. Ushbu texnologiya o‘quvchilarga tarqatilgan oddiy qog’ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi. O‘tkazish texnologiyasi. Ushbu texnologiya bir necha bosqichda o‘tkaziladi: bosqich: o‘qituvchi o‘quvchilar bilan birga bahs mavzusini yoki muhokama etilishi kerak bo‘lgan muammoni, yoki o‘rganilgan bo‘limni belgilab oladi; o‘qituvchi o‘quv mashg’ulotida avval har bir o‘quvchi yakka tartibda ishlashi, keyin esa kichik guruhlarda ish olib borilishi va nihoyat dars oxirida jamoa bo‘lib ishlashi haqida o‘quvchilarga ma’lumot beradi; mashg’ulot davomida har bir o‘quvchi o‘z fikrini erkin holda, to‘liq bayon etishi mumkin ekanligi eslatib o‘tiladi. bosqich: har bir o‘quvchiga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan qog’ozlar tarqatiladi: F - fikringizni bayon eting. S - fikringizni bayoniga sabab ko‘rsating. M - ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring. U - fikringizni umumlashtiring. har bir o‘quvchi yakka tartibda tarqatilgan qog’ozdagi FSMU- ning 4 bosqichini o‘z fikrlarini yozma bayon etgan holda to‘ldiradi. bosqich: har bir tinglovchi o‘z qog’ozlarini to‘ldirib bo‘lgach, o‘qituvchi ularni kichik guruhlarga bo‘linishlarini iltimos qiladi yoki o‘zi turli guruhlarga bo‘lish usullaridan foydalangan holda tinglovchilarni kichik guruhlarga bo‘lib yuboradi; o‘qituvchi har bir guruhga FSMU texnologiyasining 4 bosqichi yozilgan katta formatdagi qog’ozlarni tarqatadi; o‘qituvchi kichik guruhlarga har birlari yozgan qog’ozlardagi fikr va dallillami katta formatda umumlashtirilgan holda 4 bosqich bo‘yicha yozishlarini taklif etadi. bosqich: kichik guruhlarda avval har bir o‘quvchi o‘zi yozgan har bir bosqichdagi fikrlari bilan guruh a’zolarini tanishtirib o‘tadi. Guruh a’zolarining barcha fikrlari o‘rganilgach, kichik guruh a’zolari ularni umumlashtirishga kirishadi; guruh a’zolari FSMU ning 4 bosqichini har biri bo‘yicha umumlashtirib, uni himoya qilishga tayyorgarlik ko‘radilar; fikrlarni umumlashtirish vaqtida har bir o‘quvchi o‘z fikrlarini himoya etishi, isbotlashi mumkin. bosqich: kichik guruhlar umumlashtirilgan fikrlarni himoya qiladilar: guruh vakili har bir bosqichni alohida o‘qiydi, iloji boricha izoh bermagan holda. Ba’zi bo‘limlami isbotlashi, ya’ni guruhning aynan nima uchun shu fikrga kelganini aytib o‘tishi mumkin. bosqich: o‘qituvchi mashg’ulotga yakun yasaydi, bildirilgan fikrlarga o‘z munosabatini bildiradi; quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qiladi: ushbu mashg’ulot yordamida nimalami bilib oldingiz va nimalarga o‘rgandingiz? ushbu texnologiyani o‘quv jarayonida qo‘llanishi qanday samara berdi? Tarqatma materialarning taxminiy nusxasi. FSMU texnologiyasi (F) - Fikringizni bayon eting. (S) - Fikringiz bayoniga biror sabab ko‘rsating. (M) - Ko‘rsatgan sababingizni isbotlab misol (dalil) keltiring. (U) - Fikringizni umumlashtiring. Download 123.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling