Mavzu: Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining gender ijtimoiylashuvi jarayoni. O`qit: Xaitov A


Download 8.74 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi8.74 Kb.
#1554075
Bog'liq
3 mavzu Gender t


Mavzu: Boshlang‘ich ta’lim o‘quvchilarining gender ijtimoiylashuvi jarayoni.
O`qit: Xaitov A
REJA:
1 Gender ijtimoiylashuv mazmun-mohiyati. Boshlang’ich ta’lim o’quvchilari gender ijtimoiylashuvining o’ziga xosligi.
2 Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarida gender rollarning rivojlanish omillari.
3 Boshlang’ich ta’lim o’quvchilarida gender o’ziga xoslikning shakllanishi va ularning gender rivojlanishda davom etishi.
4 Boshlang’ich ta’limda o’g’il va qiz bolalar faoliyatining o’ziga xos xususiyatlari.
5 Boshlang’ich ta’limda o’g’il va qiz bolalar muloqoti va o’zaro munosabatlarining o’ziga xos xususiyatlari.
Bolaning ijtimoiylashuvi – juda uzoq va murakkab jarayon hisoblanadi
Bolaning jamiyatga “kirishi”, ularning ma'lum bir ijtimoiy tajribaga ega bo’lishi (bilim, boylik, o’zini tutish qoidalari, yo’naltirish) sotsiyalizatsiya (ijtimoiylashuv) deb yuritiladi.
«Ijtimoylashuv» atamasini birinchi boʻlib amerikalik sotsiolog F.G.Keddings insonlarga nisbatan qo`llagan. U oʻzining «Ijtimoylashuv nazariyasi» (1987) kitobida «ijtimoylashuv individ tabiati yoki xarakterining rivojlanishi, insonni ijtimoiy hayotga tayyorlashdir», degan fikrni bildiradi.
Gender rollari jamiyatdagi odamlarning jinsga qarab farqlanishi bilan belgilanadigan rollardir. Gender roli- shaxslarning jinsiga qarab faoliyatining, maqomining, huquq va majburiyatlarining farqlanishi; ijtimoiy rollar turiga ishora qiladi, me'yoriy, ma'lum ijtimoiy xatti-harakatlarda namoyon bo'ladi.
Madaniy darajada ular gender belgilarining ma'lum bir tizimi va erkaklik va ayollik stereotiplari kontekstida mavjud. Gender "rollar har doim ma'lum bir me'yoriy tizim bilan bog'liq bo'lib, inson o'z ongi va xulq-atvorida o'zlashtiradi va sindiradi".
Stereotip - Shaxsning biror narsaga nisbatan ruhiy bahosi.
Gender stereotiplar – har ikkala jins vakillarining fikrini buzadigan xulq-atvorning o‘ziga xos tavsifi. Ular odamlarni tor doiradagi qoidalarga olib boradilar va muayyan xatti-harakatlarni belgilaydilar.
Stereotip ham salbiy, ham ijobiy bo'lishi mumkin
Stereotip atamasi fransuz tilidan, séréstue sifatdoshidan olingan boʻlib , yunoncha sérés (stereos) “qattiq, qattiq” va tōpos soʻzlaridan olingan. "Bir yoki bir nechta gʻoyalar nazariyalarga nisbatan mustahkam taassurot.
Bu atama tipografiya sohasidan kelib chiqqan boʻlib, birinchi boʻlib 1798-yilda Firmin Didot tomonidan har qanday bosma mashinasini takrorlashi mumkin boʻlgan bosma plastinkani tasvirlash uchun qabul qilingan.
Ijtimoiy rollarni genderga muvofiq birlashtirishning gender stereotipini tasdiqlashda Talkot Parsons va Robert Beylzning jinslarning "tabiiy" bir-birini to'ldirishi kontseptsiyasi muhim rol o'ynadi, ular erkak va ayol rollarining farqlanishini ko'rib chiqdilar.
Gender tenglik g`oyasi XX asrning oxirgi o`n yilliklarida to’liq shakllandi, u turli davr va ijtimoiy-madaniy sharoitda har xil ma’naviy-axloqiy talablar asosida o’zgarib turgan ijtimoiy-madaniy jarayon ekanligi anglanildi. Gender madaniyatini shakllantirishda eng muhim pedagogik xulosalardan biri, yoshlarni gender tenglik ruhida tarbiyalash ishlarida oila, maktab, tengdoshlar, ommaviy axborot vositalarining roli ahamiyatlidir.
Gender tenglik tarbiya tizimi nihoyatda keng qamrovlidir. Maqsadli disputlar, davra suxbatlari, savol-javob kechalari, tematik ma’ruzalar, seminar-treninglar, nazariy-amaliy konferensiyalar ham ushbu yo’nalish rivojiga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Yoshlarni gender tenglik ruhida tarbiyalashning eng muhim ahamiyati ularni, birinchi galda, qiz bolalarni o`zligini anglashiga, ijtimoiy muhitni, ijtimoiy ruhiyatni, harakatga keltiruvchi va yetaklovchi, inson qadr-qimmatining jinsiga qarab belgilanmasligini isbotlovchi kuchga aylanishiga xizmat qilishidir.
Gender tenglik g`oyasi jamiyatda yoshlarning siyosiy ongini shakllantirishga, mustaqil fikrlashga, ma’naviy-ruhiy jihatdan tenglik tamoyillarini o`ziga singdirishga undovchi va uni harakatga keltiruvchi bunyodkor g’oyadir.
Jamiyat hayotida chuqur o`rin olgan gender notenglik (jinsiga qarab ustunlik belgilash; bu yerda o’g’il bolalar maqomining, «men»ining qiz bolalar maqomidan va «men»idan yuqorida turishi) shaxs taraqqiyotiga, o’sishiga sabab bo’lmoqda
Davlat rahbarining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar o‘rtasida gender madaniyatni rivojlantirish hozirgi kunning asosiy talablaridan bo‘lmog‘i lozim. Gender madaniyatni bolalarga boshlang‘ich sinfdayoq shakllantirish o‘quvchilar o‘rtasida o‘zidan kuchsiz bo‘lganlarga nisbatan ham hurmatni yuksak darajada shakllanishiga turtki bo‘ladi.
O’g’il bolalardan ham mohir tikuvchilar chiqishi mumkin. Va aksincha qizlardan ham kelajakda o’g’il bolalar singari mard va jasur askarlar yetishishi mumkin. Zero bizning ajdodlarimizdan mohir sarkardalar To‘marislar yetishib chiqqan.
Gender madaniyatni o’quvchi ongida rivojlantirishda 3 ta omilni keltirib o’tamiz.
1. Maktab ustozlari.
2. Oila a’zolari (Bobo-buvi, ota-ona va h)
3. Jamoa (O’rtoqlar, do’stlar, sinfdoshlar va h)
«O‘zbekistonning uzoq tarixi – ayollarimizning ham o‘tmishidir. Shoirlar, davlat rasmiylari, diplomatlar, muhandislar, hamshiralar, rafiqa va onalar. Bu nozik sharqona san'at bo‘ladimi, yoki qat'iy va aniq fanlarmi – o‘zbek ayollari barcha sohalarda a'lo darajada ilgarilab borishdi, ammo soyada qolib kelishdi.
Ularga boshlarini baland ko‘tarib, o‘z qobiliyatlari va mahoratlarini qo‘rqmay, cheklovlarsiz ko‘rsata olish imkonini beradigan vaqt keldi», – S.Mirziyoyeva.
«Bizning ayollarimiz jahon taraqqiyotiga hissa qo‘sha oladilar. Bizning vazifamiz esa ana shuning uchun zamin yaratib berish.
Eng mushkul vazifa – ayollarimizning o‘zlarini ular eng yaxshisiga munosib ekanliklariga ishontirishdir. Oldimizda qiyin yo‘l turibdi, ammo bu shunga arziydi. Ayollarimizga kuch bag‘ishlash orqali biz millatimizga kuch beramiz, insoniyatni jamiyatni mustahkamlaymiz!» –Saida Mirziyoyeva.
E’TIBORINGIZ
UCHUN
RAHMAT!
Download 8.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling