Mavzu: boshlang‘ich ta’limda mehnat tarbiyasi


Download 0.54 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1501729
Bog'liq
BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MEHNAT TARBIYASI

MAVZU:BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA MEHNAT TARBIYASI


Mehnat tarbiyasining eng muhim vazifasi yosh avlodda mehnat 
qilish istagi va intilishini tarkib toptirishi hamda ularni mustaqil davlatning 
turli sohalarida mehnat qilishga amaliy tayyorlashdan iborat bo`lib, o`quvchi
yoshlarda mehnatga ongli va mustaqil munosabatni shakllantiradi. 
Bu muhim masalani hal etish o`quvchilarda mehnatga muhabbat va mehnat 
ahliga nisbatan chuqur hurmat kuchlarini tarbiyalashni, jamiyat foydasi uchun 
sidqidildan va samarali mehnat qilish mehnatda tashabbus ko`rsatish va 
unga nisbatan ijodiy munosabatda bo`lish umum ishi uchun jonbozlik va
ma’suliyat hissi kabi yuksak axloqiy fazilatlarni tarkib toptirishni talab etadi
Mehnat tarbiyasining asosiy vositalariga quyidagilar kiritilgan: kuchi yetadigan ishlab chiqarish mehnati, xalq og`zaki ijodi, o`yin faoliyati, urf-odatlar, udumlar, milliy udumlar kiritilgan bayramlar;
Prinsipial xususiyatlarga-
- mehnatni insonning majburiyati sifatida va bolalarni tarbiyalashning asosiy vositasi sifatida qarab chiqish;-
- bolalarni o`z kuchiga loyiq ishlab chiqarish mehnatiga erta jalb qilish, oiladagi mehnat muhiti, xalq og`zaki ijodi, o`yin faoliyati, shuningdek milliy mehnat bayramlari, urf-odatlar, usumlar vositasida mehnatga psixologik tayyorlash;
-mehnatning pedagogik jihatlarini hisobga olish, ya’ni bolalarni kichik uka va singillarini tarbiyalashga jalb qilish;
-tarbiyaning muhim omili- ota, ona, oila a’zolari, tengdoshlar jamoasidan foydalanish.
O`quvchilarning mehnat tarbiyasini qurishda biz ilg`or mehnat an’analarining, urf-odatlarning roliga o`rin ajratadi, chunki ularda mehnat kishilarining ko`p asrli tarbiyaviy tajribasi, samarali pedagogik ta’sirning katta potensial imkoniyatlari mujassamlangan.
O`quvchilarning mehnat tarbiyasida xalq an’analaridan yaxlit foydalanishning nazariy modeliga qo`yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
-o`quv tarbiyaviy jarayonni intensifikatsiyalsh, uni demokratlashtirish, insonparvarlashtirish;
- mehnarning axloqiy qadrini tushunib yetish;
-mehnatga axloqiy qadriyatli munosabatda bo`lish.
O`quvchilarni mehnatda tarbiyalash dastlab oilalarda, maktabda –
o`quv-tarbiya ishining butun sistemasida, ishlab chiqarish kollektivlari 
mehnatida ishtirok etishlari orqali amalga oshiriladi. Mehnat faoliyati
davomida o`quvchilarning mehnat va uning mohiyati haqidagi bilimlari 
kengayib boradi.Mehnatda ishtirok etishlari orqali mehnat qilish tajribalarining ortib borishi bilan o`quvchilarning mehnat qobiliyatlari ham rivojlanib boradi. 
Bolalarning o`quv mehnati, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy
ishlarda faol qatnashishlari, maktabda o`z-o`ziga hizmat qilishning keng 
yo`lga qo`yishni, ijtimoiy-foydali va unumli mehnatda qatnashishlari 
mehnat tarbiyasi vazifasini ham qilib borishda yordam beradi. 
O`quvchilar mehnat tarbiyasi jamoalari xilma-xildir. 
Ta’lim jarayonida mehnat tarbiyasi;
Sinfdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ishlar jarayonida mehnat;
O`z-o`ziga xizmat qilish bo`yicha mehnat;
Ijtimoiy foydali mehnat va unumli mehnat normalari 
O‟rta Osiyo mutafakkirlarining kasb-hunar, mehnatsevarlik haqidagi fikrlari bizga meros bo‟lib qolgan. Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiy (783-850) ning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi dono fikrlari hozirgi kunda ham o‟z ahamiyatini yo‟qotmagan. Mutafakkirning fikricha, har bir kishi qilgan ishlari bilan hech ham mag‟rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim.
X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunoslik bo‟yicha fikrlarning eng yirik vakili Abu Nasr Al-Farobiy (870-950)ning o‟z davri uchun katta xizmatlaridan biri shundaki u insonlarni ilm-mahrifatli bo‟lishga, mehnat qilishga va kasbhunar egallashga chiqiradi
O`quvchilarni kasb-xunarga kizikishini tarbiyalashda insoniyat mehnat faoliyati tarixini urgatuvchi omillarga tayanib, ukuvchilarni kelajakda tugri kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, maksadga muvofik bulardi.
O`quvchilarni mexnat turlariga kizikishini oshirish, kasb tanlash va uzlashtirishni shakllantirib borish uchun pedagoglar zimmasiga ukuvchilarga yoshligidan boshlab tahlim, tarbiya berish bilan birga kasb-xunarga kizikish ishlarini tugri yulga kuyishda kuyidagi shartlarga amal kilish lozim:
Boshlangich sinf ukuvchilariga kasb-xunar tugrisidagi tushunchalarni singdirish:
O`quvchilarni yoshiga, jinsiga mos kasb-xunar tanlashga ularga pedagogik-psixologik yondashish:
Kasb-xunarga kiziktirishda ukuvchilarning yoshi va kobiliyatlarini xisobga olish:
Maxalla oksokollari, mexnat faxriylar bilan muntazam alokalar urnatish:
Mehnat ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtirishni tashkil etish:
Darslarda mutafakkirlar merosidan foydalanib kasb-xunarga oid fikrlari bilan tanishtirish.
O‟zbek halq tarbiyashunosligining o‟tmishdagi mashhur mutafakkirlar, halq maorifi arboblari va mahrifatparvar shoirlarning, mehnat kasb-hunar to‟g‟risidagi qimmatli fikrlarini biz uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ulardan yosh avlodni mehnarsevarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga qiziqtirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin.
Bizga mahlumki o‟zbek halqining qadimiy kasb-kori asosan dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bo‟lgan. Ushbu kasb-korlar yuzlab yillar davomida shakllanib har biri o‟z ichida o‟nlab tarmoqlarga ajralgan va gullab yashnagan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling