Mavzu: Boshlanģich sinflarda matematika darsida nazorat turlari va ularni tashkil qilish, o‘quvchilarning daftar bilan ishlash metodlari. Reja: Kirish Asosiy qism


Download 141.8 Kb.
bet1/7
Sana22.06.2023
Hajmi141.8 Kb.
#1649492
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Boshlanģich sinflarda matematika darslarida nazorat turlari va ularni tashkil qilish,òquvchilarning daftar bilan ishlash metodikasi


Mavzu: Boshlanģich sinflarda matematika darsida nazorat turlari va ularni tashkil qilish, o‘quvchilarning daftar bilan ishlash metodlari.


Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Dastlabki omillarning jamlanishi bilan bogʻliq matematikaning paydo boʻlish davri.
2. Elementar matematika davri. Bu davrga qadimgi Yunon matematiklari
3. O‘quvchilаr bilimini оg‘zаki so‘rаsh оrqаli аniqlаsh
4. O‘quvchilаr bilimini yozmа ish оrqаli аniqlаsh
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: Ta’lim berish-tarbiyani ham o’z ichiga oladi. Ta’lim ishi-Respublikamizni aql-zakovat va ilm borasidagi kuch–quvvatini rivojlantirish, jamiyat, davlat va oila oldidagi o’z ma’suliyatini anglaydigan har jihatdan barkamol, erkin shaxslarni shakllantirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Hozirgi zamonaviy bosqichlarda pedagogik dolzarb vazifalarga fan texnika, ilg’or texnologiyalar yutuqlaridan foydalanish asosida shaxsni tarbiyalash o’qitish va rivojlantirish maqsadlari, mazmuni metodlarini ilmiy ta’minlash kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni ijrosini ta’minlash, shuningdek, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarga samarali ta’lim-tarbiya berish hamda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:1.
Matematika bolalarda tafakkur, xotira, diqqat, kuzatuvchanlik, ijodiy fikrlashni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika o’quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini o’stirishi, ularning o’z fikrlarini aniq to’g’ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi.
Agarda tarixga nazar tashlasak ota-bobolarimiz bizga: vaqtni qadrla uyro’zg’oring but bo’lishi uchun narsalarni isrof qilma, suvni teja, chiroqni yoqish va o’chirishni bil, bir chimdim tuz bo’lmasa ovqatni yeb bo’lmasligini, har bir sohada tartibli, tejamli bo’lishimizni talab qilishgan. Bu saboqlarga tayanib biz hozirgi hayotimizni to’g’ri yo’lini tutmoqdamiz. Hatto maktabning boshlang’ich sinf davrlaridanoq matematika dasturida hisoblash bilan turli miqdorlarni o’rganish nazarda tutilgan. Miqdorlarsiz tabiatni va umuman borliq olamni o’rganish mumkin emas. Miqdorlarda turli obektlarning, borliq dunyoning o’ziga xos xususiyatlari aks etgan. Miqdor bu narsa yoki hodisaning biror xossasi bo’lib, uni boshqa narsa yoki hodisaning shu xossasi bilan taqqoslash va ulardan qaysi biri shu xossaga ko’proq darajada ega ekanligini aniqlash mumkin. Miqdor tushunchasi murakkab tushuncha bo’lib, boshlang’ich sinflarda to’rt yil o’qish davomida shakllantiriladi. Boshlang’ich maktabning vazifasi shundan iboratki, u bolalarda miqdorlarni o’rganishning tushunarli usulini hosil qilishdir, buning natijasida miqdorlar massalar va hodisalarning o’lchash bilan bog’liq bo’lgan xossalari ekanligi haqida dastlabki tasavvurlar hosil bo’lishi kerak.
Boshlang’ich sinf matematika dasturiga asosiy miqdorlar sifatida uzunlik sig’im, massa, vaqt, hajm haqida dastlabki tasavvurlar berish nazarda tutilgan.
Kurs ishining maqsadi - boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik bilimlarini shakillantirishning nazariy va uslubiy asoslarini ishlab chiqarishdan iboratdir.

Download 141.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling