Mavzu: Boshlanģich sinflarda matematika darsida nazorat turlari va ularni tashkil qilish, o‘quvchilarning daftar bilan ishlash metodlari. Reja: Kirish Asosiy qism
Download 141.8 Kb.
|
Boshlanģich sinflarda matematika darslarida nazorat turlari va ularni tashkil qilish,òquvchilarning daftar bilan ishlash metodikasi
2. Elementar matematika davri. Elementar matematika davri. Bu davrga qadimgi Yunon matematiklari
Matematika tarixi — matematika tarixining bir nechta tasniflari mavjud boʻlib, ulardan biriga koʻra matematik bilimlarning rivojlanishi bir necha bosqichlarga boʻlinadi: 1.Bu davrga qadimgi Yunon matematiklari asos soldilar va uni Oʻrta Osiyodagi Oʻrta Sharq olimlari jumladan Al-Fargʻoniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Ulugʻbeklar davom ettirdilar. 3.Oʻzgaruvchan miqdorlar matematikasi davri. 4.Klassik oliy matematika davri. [2] Oʻquvchilaning matematik bilimlarni oʻzlashtrishi faqat oʻquv ishida toʻgʻri metod tanlashga bogʻliq boʻlmasdan, balki oʻquv jarayonini tashkil qilish formasiga ham bogʻliqdir. Dars deb dastur boʻyicha belgilangan, aniq jadval asosida , aniq vaqt mobaynida oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilarning oʻzgarmas soni bilan tashkil etilgan oʻquv ishiga aytiladi. Dars vaqtida oʻquvchilar matematikadan nazariy malumotga, hisoblash malakasiga, masala yechish, har xil oʻlchashlarni bajarishga oʻrganadilar, yaʻni darsda hamma oʻquv ishlari bajariladi. Matematika darsining oʻziga xos tomonlari, eng avvalo, bu oʻquv predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki, unda arifmetik material bilan bir vaqtda algebra geometriya elementlari ham oʻrganiladi.Matematika boshlangʻich kursining boshqa oʻziga xos tomoni nazariy amaliy masalalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun xar bir darsda yangi bilimlar berilishi bilan unga doir amaliy oʻquv malakalar sngdiriladi. Taniqli olim J.Ikromov oʻzining “Язык обучения математики” kitobida "Maktab oʻquvchilarining matematik madaniyati shakllanishi bir necha davrga boʻlinadi",-deb taʻkidlaydi. Birinchi navbatda ular obʻyektiv tushunchalarning birgalikda tashkil etadigan mazmuni —matematik reallikni aniqlab oladilar. Bunda obʻyektlarning aniqlik xususiyatlari bilan tarixiy jihatlar oʻrtasidagi bogʻliqlik alohida ahamiyat kasb etadi. Bu yerda matematik reallik jumlasiga eʻtibor qaratadigan boʻlsak ushbu reallikni oʻquvchilar matematik hisob kitoblarning turmush jarayonidagi ahamiyatini bevosita bilganlarida yaʻni kundalik turmush bilan bogʻliq misol va masalalarni bevosita bajarganlaridagina his qiladilar. Demak kundalik turmush bilan bogʻliq holda matematika oʻqitishni tashkil etish oʻquvchi faoliyatida muhim ahamiyatga egadir. Kundalik turmush bilan bogʻliq misollar yechish asosida oʻquvchi matematik bilimlar shunchaki oʻzlashtiriladigan bilimlar emas balki hayotiy zaruriyat sifatida oʻzlashtirilishi lozimligi toʻgʻrisida xulosa qiladilar. Odatda darsda bir necha didakik materiallar amalga oshiriladi: yangi materialni utish; oʻtilgan materialni mustaxkamlash; bilmilarni mustaxkamlash; bilimlarni umumlashtirish, tizimlashtirish; mustaxkam oʻquv va malakalar xosil qilish va xokazo.Matematika darslarining oʻziga xos yana bir tomoni Shundaki, bu-oʻquv materialining abstraktligidir. Shuning uchun koʻrgazmali vositalar, oʻqitishning faol metodlarini sinchiklab tanlash,oʻquvchilarning faolligi, sinf oʻquvchilarining oʻzlashtirish darajasi, kabilarga ham bogʻliq. Matematika darsida turli tuman tarbyaiviy vazifalar ham hal qilinadi. Oʻquvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda tashabbuskorlikni, masʻuliyatni va sof vijdonlilikni, toʻgʻri va aniq soʻzlashni, hisoblash, oʻlchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni yengish xislatlarini tarbyailaydi. Oʻquv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi shakllari mavjud: 1.Mustaqil uy ishlari. 2.Oʻquvchilar bilan yakka va guruh mashgʻulotlari. 3.Matematikaga qobiliyatli oʻquvchilar bilan oʻtkaziladigan mashgʻulotlar. 4.Matematikadan sinfdan tashqari mashgʻulotlar. 5.Oʻquvchilar bilan ishlab shiqarishga, tabiatga ekskursiya. Bu yerda sanab oʻtilgan ish shakllari va dars bir birini toʻldiradi. Asosiy masala darsga taalluqlidir. Darsda hamma ishlarga bevosita oʻqituvchi rahbarlik qiladi. Qoʻshimcha mashgʻulotlarda esa ish oʻqituvchining oʻzi tomonidan yoki oʻqituvchi rahbarligida oʻquvchilar tomonidan badjariladi. Bugungi kunda asoslanishi lozim boʻlgan holat-oʻquvchiga pedagogik yordam koʻrsatish va oʻquv biluv jarayonida uni pedagogik qoʻllab quvvatlashning qulay shakl va imkoniyatlarini izlab topishdan iboratdir. [3] Oʻquvchilar bilan har bir darsda bir nechta tushunchalar bilan ish olib boriladi. har bir tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olib borish bilan olib borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. Oʻqitish jarayonida har bir oʻquv materiali rivojlantirlgan holda olib boriladi, bu oʻquv materiali oʻzidan keyin oʻqitiladigan materiallarni tushunish uchun poydevor boʻladi. Boshqa tushunchaning oʻzlashtirilish jarayonini qarasak, u bir nechta darslarning oʻzaro bogʻliqligi oʻqitilishi natijasida hosil boʻladi. Shunday qilib matematik tushunchalarni hosil qilish birgina darsning oʻzida hosil qilinmasdan, balki oʻzaro aloqada boʻlgan bir qancha darslarni oʻtish jarayonida hosil qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz.Shuning uchun oʻqituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni mantiqiy ketma ketlikda joylashtirishi kerak.Eng katta talab darsning oʻquv tarbiyaviy maqsadini eʻtiborga olish, oʻqitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu boʻyicha yaxshi oʻylangan darslar tizimining oʻquv vaqtini mavzularga toʻgʻri taqsimlashga bogʻliq.Unda oʻquvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash, xususiy xulosalar chiqarish, undan umumiy xulosalar chiqarishga olib kelish diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib, mustaxkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni taʻminlashi kerak. Undan keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek hosil qilingan bilimlarni doimo bir tizimda keltirish va umumlashtirishni ham taʻminlash kerak. Dasturning qandaydir mavzusining mazmunini aniqlashda, mavzu materialini dars vaqtlariga taqsimlashda, yaʻni bilimlarni oʻzlashtirishga quyidagi asosiy bosqichlar qaraladi: 1.Yangi materialni o’qitishga tayyorlash. 2.Yangi oʻquv materialini idrok qilish va yangi bilimlarni hosil qilish. 3.Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali malakalarni hosil qilish. 4.Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish. 5.Bilim va malakalarni tekshirish. Matematika oʻqitish jarayonida oʻquvchilarning faolligini oshirish va matematikaga boʻlgan qiziqishini rivojlantirsh omillaridan biri oʻquvchilar bilan olib boriladaigan mustaqil ishlardir. Matematika darslarida mustaqil ishlar yangi materialni oʻrganishga tayyorgarlik koʻrishda, yangi tushunchalar bilan tanishishda, bilim, uquv va malakalarni mustahkamlashda, shuningdek bilimlarni nazorat qilishda amalga oshiriladi. Download 141.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling