Men va mening uyim, xotira va qadrlash kuni
Download 126.15 Kb.
|
Ochiq mashg\'ulot 2023 yi1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Oy mavzusi: Asbob va anjomlar Hafta mavzusi: “Men va mening uyim, Xotira va Qadrlash kuni” Ta’limiy maqsad
- Tarbiyaviy maqsad
- Tarbiyachci
- 1-guruh
- Bolalar
- Tarbiyachi
- Qurish yasash va matemetika markazida: Legolardan qurilish bloklaridan foydalanib uychalar yasashadi. San’at markazida (rasm va aplikatsiya)
- Fan va tabiat markazi: Fan va tabiat markazida bolalar qumdan va urug‘lardan, toshlardan foydalanib uycha yasaydilar. Musiqa ritmika markazida
QARSHI TUMAN MTT BO‘LIMIGA QARASHLI 7 - MTTNING 3-KATTA GURUH TARBIYACHISI N.YULDASHEVANING “MEN VA MENING UYIM, XOTIRA VA QADRLASH KUNI” MAVZUSIDA OCHIQ FAOLIYATI BAYONI Qarshi tuman 2023 yil Guruh: 3-katta guruh Oy mavzusi: Asbob va anjomlar Hafta mavzusi: “Men va mening uyim, Xotira va Qadrlash kuni” Ta’limiy maqsad: Bolalarni jamoada ishlash mahoratini, qo’l mayda matorikalariniva tafakkurini rivojlantirish, lug‘at boyligini oshirishish, ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, ziyraklikni tarbiyalash. Tarbiyaviy maqsad: kattalar va tengdoshlari bilan muloqat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni hurmat qilishga o‘rgatish, mehnatsevarlikni tarbiyalash. Kutilayotgan natija: Bolalarga o‘zlari va uylari haqida hikoya qilishni o‘rgatish, nutq va muloqat orqali so‘z boyligini oshirish, qo‘l matorikasini o‘rgatish. Tarbiyachci: Assalomu alaykum bolajonlar. Bolajonlar faoliyatimizni boshlashdan oldin O‘zbekiston Respublikasining madhiyasini kuylab olamiz. Tarbiyachci: Bolajonlar joylarimizga o‘tirib olamiz. Bolalar ikki guruhga bo‘linib o‘tirishadi. O‘tilgan mavzular bo‘yicha savol javoblar o‘tkazib bilimlarni mustahkamlab olamiz. Bolajonlar hozir qaysi fasl. Bir yilda nechta fasl bor. Bir haftada necha kun bor. Hafta kunlarini ketma-ket sanash. Biz necha kun bog‘chaga kelamiz. Necha kun dam olamiz. Bahor fasli haqida sher aytamiz. Biz qaysi respublikada yashaymiz. Qaysi viloyatda yashaymiz. Qaysi shaharda yashaymiz. Respublikamizning Prezidenti kim. Vatanimizning poytaxti qayer. 1-guruh: Vatan haqida sher aytadi. 2-guruh: Vatan haqida sher. Tarbiyachi: Davlatimizning qanday ramzlari bor. Bolalar: Madhiya, gerb, bayroq. 1-guruh: Gerb haqida sher aytadi. 2-guruh: Bayroq haqida sher aytadi. Tarbiyachi: Davlatimizning qanday boyliklari bor. Bolalar: Paxta, bug‘doy. 1-guruh: Paxta haqida sher aytishadi. 2-guruh: Kitob haqida sher aytishadi. 1-guruh: Svetafor haqida sher aytishadi. 2-guruh: Kemacham serini aytishadi. Tarbiyachi: Barakalla bolajonlarim endi esa yangi mavzuimiz haqida suhbatlashamiz. Oy mavzuimiz “Asbob anjomlar”. Hafta mavzuimiz “Men va mening uyim, Xotira va Qadrlash kuni” haqida gaplashamiz. Faoliyatimizni markazlarda davom ettiramiz. Endi yana savollarga o‘tamiz: Yashayotgan uyimiz bizga nima uchun kerak. Bolalar: Yashashimiz, issiqdan va sovuqdan saqlash uchun boshpana hisoblanadi. Biz uyimizda kimlar bilan yashaymiz. Bolalar: Oilamiz bilan. 1-guruh: Oila haqida sher aytishadi. 2-guruh: Ota-ona haqida sher aytishadi. Tarbiyachi: Biz yashayotgan uy necha qismdan iborat. Bolalar: Besh qismdan. Tom, devor, eshik, deraza, pol. Tarbiyachi: Tomni nima bilan yopishadi, uyning devoir nimalardan quriladi. Eshik va derazalar nimalardan yasaladi. Poli nimadan yasaladi. Yularni kimlar quradilar. Uylar necha qavatli qilib quriladi. Bolajonlar kim o‘zi va yashash uyi haqida gapirib beradi. Bolajonlar bahor faslida qanday bayramlar bor ekan. Bolalar: 8-mart onajonlar bayrami. 21-mart navruz. 9-may xotira va qadrlash kuni. Tarbiyachi: Bolajonlar xotira kuni kimlarni qadrlashimiz kerak. Buyuk simolarimizni, ikkinchi jahon urushida vafot etgan yurtdoshlarimizni haykallariga gulchambarlar qo‘yib va qabrlariga borib ularni ziyorat qilishimiz kerak. Qadrlash deganda esa – keksa nuroniylarni uylariga borib, kasal bemorlarni holidan xabar olinadi. Bobo buvilarimizni ezozlashimiz kerak. Tarbiyachi: Buyuk siymolarimizdan kimlarni bilasiz. Bolalar: Alisher Navoiy, Mirzo Ulug‘bek, Amir Temur, Bobur, Ibn Sino, Abdullo Oripov, Mutal Burxonov, Xudoyberdi To‘xtaboyev, O‘tkir Hoshimov, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bobolarimizni hech qachon unutmaymiz, ular qalbimizda mangu abadiy yashaydilar. Bolalar: 9-may haqida sher aytish. Tarbiyachi: Barakalla bolajon, endi faoliyatimizni markazlarda davom ettiramiz. Bolajonlar o‘zlari xohlagan markazlarda faoliyat olib borishadi. Tarbiyachi: Jismoniy daqiqa mashqlarini bajarib olamiz. Til va nutq markazida bolajonlar: Rasmlarga qarab hikoyalar tuzushadi, ertaklar aytib berishadi. Qurish yasash va matemetika markazida: Legolardan qurilish bloklaridan foydalanib uychalar yasashadi. San’at markazida (rasm va aplikatsiya): Orzuimdagi uy rasmini chizishadi. Geometrik shakllardan foydalanib uy va uning atrofida daraxtlar archalar yasaydilar. Fan va tabiat markazi: Fan va tabiat markazida bolalar qumdan va urug‘lardan, toshlardan foydalanib uycha yasaydilar. Musiqa ritmika markazida: Bolajonlar vatanimiz haqida “O‘zbekistonim” ashulasini kuylaydilar. Bolalarni faoliyatda yaxshi ishtiroklari uchun rag‘batlantiriladi. Download 126.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling