Mavzu: Boshqaruv nazorati. Uning mohiyati,shakllari va amalga oshirish vositalari Reja


Download 25.58 Kb.
bet3/7
Sana08.03.2023
Hajmi25.58 Kb.
#1253907
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mavzu Boshqaruv nazorati. Uning mohiyati,shakllari va amalga os

Tartibga solish (uyg’unlashtirish) — boshqaruvning barcha boshqa vazifalari, uning texnikaviy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy masalalari, hamda boshqaruvchi tizimidagi turli-tuman aloqalarni muvofiqlashtirish jarayonidir. Bu o’zaro uzviylikni o’rnatish, belgilangan meyorlardan chetga chiqishlarning oldini olishdir. 
Rag’batlantirish - manfaatlarni va keng demokratlashtirish, inson omili faolligini oshirish asosida manfaatlar vositasida boshqarishdir. 
Nazorat va hisob-kitob - boshqariladigan tizim malum maqsadga erishishiga qaratilgan inson faoliyatining sabablari vavositalarini o’rganadi. 
Undash kishilar faolligi bilan ular ega bo’lgan tajribaning moslashishi natijasida shaxsiy va guruhiy extyojlarni qondirishga qaratiladi. Boshqaruvning maxsus vazifasi boshqaruv mehnati taqsimoti-ning natijasi bo’lib, aniq mazmunga egadir. Korxona miqyosida boshqaruvning quyidagi maxsus vazifalarini ko’rish mumkin: 
a) asosiy ishlabchiqarishni boshqarish; 
b) yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish; 
v) mahsulot sifatini boshqarish
g) mehnat va ish haqini boshqarish; 
l) kadrlar, taminot, moliya, kredit va jamoa ijtimoiy rivojlanishini boshqarish; 
e) marketingni boshqarish
Boshqaruvning har bir maxsus vazifasi majmua bo’lib, boshqaruvning umumiy vazifalarini o’z tarkibiga oladi. Masalan, ishlab chiqarishni ilmiy-texnikaviy jixozlashni boshqarish vazifasi tarkibiga reja, tashkil etish, tartibga solish, rag’batlantirish, nazorat kiradi. Barcha vazifalar bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Boshqaruv vazifalarining tarkibi va mazmunini aniqlashga etarli etibor bermaslik boshqaruvning tasiri bo’shashib ktishiga sabab bo’ladi. Boshqaruv va uning vazifalari samaradorligi kishilar mehnat intizomi, tashabbuskorlik va omilkorlik, yangilikka intilish va tashkilotchilik qobiliyati bilan uzviy bog’liqdir. 
Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati
Dastlab "funktsiya" va "vazifa" iboralarining lug’aviy ma'nosi to’g’risida ikki og’iz so’z.
"Funktsiya" -bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan ma'nolarni bildiradi.

"Vazifa" - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala, o’rganilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad, yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir.


"Funktsiya" tushunchasi "vazifa" tushunchasiga nisbatan torroq, ma'noga ega. Zero, funktsiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi.
"Vazifa" esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin.


Download 25.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling