Mavzu: Boshqaruv usullari va uning qo’llanilishi Reja: Boshkaruv usullari to’grisida tushuncha. Boshkaruvning tashkiliy – ma‘muriy usullari


Download 102.5 Kb.
bet4/13
Sana09.01.2022
Hajmi102.5 Kb.
#264033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Boshqaruv usullari va uning qo’llanilishi

Farmoyish berish yo’li bilan ta‘sir ko’rsatish barcha boshkarish bo’limlari va organlarining (uyғun) ishlashini joriy ta‘minlab turishidan iborat bo’lib, bunga e‘lon kilinadigan yozma yoki ogizaki ko’rsatmalar berish, yozma shaklda nashr etilgan yoki ogizaki buyruklar vositasi bilan erishiladi.

3. Boshqarishning iqtisodiy usullari

Boshqarishning iqtisodiy usullari iktisodiy manfaatlardan foydalanishga asoslanadi. Zero, xar kanday jamiyatning iktisodiy munosabatlari, eng avvalo manfaatlarda namoyon bo’ladi. Manfaatlar uch xil bo’ldi:

  • umumjamiyat manfaatlari;

  • jamoa manfaatlari;

  • shaxsiy manfaatlar.

Bu manfaatlarni uygun sur‘atda boғlab olib borish muammosi bir kator muammolarni xal kilishni, xar bir davr sharoitlariga muvofik keladigan munosabatlarni o’rnatishni talab kiladi.

Iktisodiy boshkaruv usullarining asosiy vazifasi ishlab chikariladigan maxsulot (xizmat) birligiga sarflanadigan xarajatni kamaytirishga imkon beruvchi xo’jalik mexanizmlarining yangi usullarini, shuningdek, manfaatdorlik muxitini vujudga keltirish va ulardan samarali foydalanishdir.

Bu usulda kishilarning shaxsiy va guruxiy manfaatlarini yuzaga chikarish orkali ularni samarali ishlashi ta‘minlanadi. Bu maksadda ko’shimcha ish xaki to’lash, mukofotlar berish, bir yo’la katta pul bilan takdirlash kabilar muxim axamiyat kasb etadi. Iktisodiy metodlar boshkarishning barcha metodlari ichida yetakchi o’rinni egallaydi. xar kanday darajadagi raxbar bu usulning mazmunini yaxshi bilishi va ularni to’gri ko’llay olishi kerak. Boshkariluvchi obektga iktisodiy usullar orkali ko’rsatiladigan ta‘sir korxonalarni:


  • jiddiy rejalar kabul kilishiga:

  • mexnat va moliya resurslaridan yanada unumlirok foydalanishga;

  • yangi texnologiyalarni joriy kilishga;

  • mexnat unumdorligini oshirishga;

  • rakobatbop maxsulotlarni ishlab chikarishga ragbatlantiruvchi va shunga da‘vat etuvchi bo’lishi kerak.

SHu bilan birga iktisodiy metodlar shunday tanlanishi va ko’llanishi kerakki, bunda jamoalar va xar bir xodimning manfaatlarigina emas, balki butun jamiyat manfaatlariga rioya kilinadigan bo’lsin. Bir korxona uchun foydali tadbir davlatga xam foydali bo’lsin.

Boshkarishning iktisodiy usullari jumlasiga:



  • kredit va foiz stavkasi;

  • solik va solik yuki;

  • boj to’lovlari;

  • subsidiya va sanktsiya;

  • lizentsiya;

  • transfert to’lovlari;

  • narx-navo va xozolar kiradi.

Boshkaruv organlari, xususan, davlat bu usulni ko’llab, bozorni shakllantirish chogida xam, uning o’zini o’zi boshkarish boskichida xam goyat muxim jarayonlarni boshkaradi.

Agar ma‘muriy boshkarish usullari o’zini o’zi boshkaradigan bozor mexanizmlariga karshilik ko’rsatsa, ularga to’skinlik kilsa, iktisodiy usullar esa aksincha, ulardan foydalanishga tayanadi. Xo’jalik soxasiga davlatning ta‘siri xam tubdan o’zgaradi.




Download 102.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling