Mavzu: Boshqaruvning asosiy funksiyalari. Reja
Download 45.66 Kb.
|
Boshqaruvning asosiy funksiyalari
Tashkilotchilik — boshqaruvning funksiyasi bo‘lib, rejalarni amalga oshirish bo‘yicha boshqaruv (texnologik va ishlab chiqarish) jarayonlari majmuyidir. Jarayonlar asosiy, yordamchi va xizmat ko‘rsatish jarayonlari bo‘lishi mumkin. Mutanosiblik, uzluksizlik, parallellik, aniqlik, bir maromdalik, ixtisoslashish, universallashtirish va boshqalar jarayonlarni oqilona tashkil etishning asosiy tamoyillari bo‘lib hisoblanadi. Menejmentning funksiyasi sifatida tashkilotchilik mehnatni bo‘lib berish, uni ixtisoslashtirish va birlashtirish (kooperatsiyalashtirish), uzoq muddatli me’yorlar va qoidalarga asosan rejalarni bajarish bo‘yicha ishlarni tabaqalashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Menejmentning funksiyasi sifatida asoslanganlik tashkilot faoliyatining butun tashkilotni rivojlantirishning umumiy va shaxsiy maqsadlariga erishishga qaratilgan barcha ishtirokchilarini rag‘batlantirish (da’vat qilish) jarayonini anglatadi. Nazorat — bu boshqaruvning eng muhim funksiyalaridan biridir. Unda rejalashtirilgan ishlarning borishini amaldagi ishlar borishidan farqlanishlarini baholash nazarda tutiladi. Boshqaruv funksiyasi sifatida uni: jism va obyekt bo‘yicha ikki turga ajratish mumkin. Dorixonada turli xil ishlarni bajarish jarayoni va dorixona jamoasi faoliyatining natijasi nazorat qilish jismi bo‘lib hisoblanadi. Har bir xodimning faoliyati va kasbiy jihatdan o‘sishi nazorat obyekti bo‘lib hisoblanadi. Faoliyat natijalarining nazoratini biznes reja yordamida amalga oshirish mumkin. Hisobning olib borilishi nazorat bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, u menejment tizimining turli parametrlarini axborot tashuvchi turli xil vositalarda qayd etish imkonini beradi. Nazorat — hisobni olib borish, baholash, tahlil vazifalarini o‘z ichiga oluvchi majmuaviy funksiyadir. U boshqaruv jarayonida „qaytar aloqa“ vazifasini bajaradi. Nazorat funksiyasi boshqaruv siklini nihoyasiga yetkazadi va obyektning istalgan holatidan farqlanishlarni tahlil qilish natijalarini menejmentning barcha funksiyalari bilan bog‘laydi. Nazorat qilish natijalari bo‘yicha avval qabul qilingan qarorlar, reja topshiriqlari, normativlar, ko‘rsatkichlar yoki ularni bajarishning tashkiliy sharoitlariga tuzatishlar kiritiladi. Download 45.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling