Mavzu: Boshqaruvning asosiy funksiyalari. Reja
Download 45.66 Kb.
|
Boshqaruvning asosiy funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menejment funksiyalari
Mavzu: Boshqaruvning asosiy funksiyalari. REJA: Menejment funksiyalari. Texnologik funksiyalar. Boshqaruv uslublari. Menejment funksiyalari —bu boshqaruv faoliyatining bajarilgan ishlarni mazmunan bir turda bo‘lishi va ularning maqsadli yo‘naltirilishi alomati bo‘yicha ajratiladigan ixtisoslashgan turlari. Menejment funksiyalari boshqaruv faoliyatini maqsadlar, harakatlarning yoki ular tatbiq etiladigan obyektlarning bir turdaligi bilan tavsiflanadigan ixtisoslashgan turlarining barqaror tarkibini belgilab beradi. Menejment funksiyalarining tabaqalanishi (differensiatsiyasi) ularni amalga oshirishning oqilona qoidalari va muolajalarini reglamentga solish imkonini beradi. Farmatsevtika menejmenti uchta guruhga ajratiladi: umumiy; ijtimoiy-psixologik; texnologik. Farmatsevtika menejmentining umumiy funksiyalari iyerarxiyaning barcha pog‘onalarida tashkilot faoliyatini boshqaruv jarayonining asosiy bosqichlari mohiyatini aks ettiradi: rejalashtirish; tashkilotchilik; asoslanganlik; nazorat; muvofiqlashtirish. Umumiy funksiyalar farmatsevtika tashkiloti boshqaruvining umumiy tartibini aks ettiradi. Menejmentning funksiyasi sifatida rejalashtirish butun tashkilot va uning tuzulmaviy bo‘linmalarini rivojlantirish maqsadlari, chora-tadbirlari hamda ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, vosita (resurs)larni, muddatlarni va ularni amalga oshirish ketma-ketligini belgilash jarayonini o‘zida aks ettiradi. Bu tashqi muhitning vaziyatlari va omillarini tahlil qilish; istiqbolni belgilash, maqbullashtirish va maqsadga erishishning muqobil variantlarini baholash; rejaning eng yaxshi variantini tanlash bo‘yicha bajariladigan ishlar majmuasi. Bu tashkilotning siyosati va strategiyasini shakllantirish hamda tanlash demakdir. Download 45.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling