Mavzu: Boshqaruvning asosiy funksiyalari. Reja


Ijtimoiy-psixologik funksiyalar


Download 45.66 Kb.
bet4/5
Sana22.02.2023
Hajmi45.66 Kb.
#1221576
1   2   3   4   5
Bog'liq
Boshqaruvning asosiy funksiyalari

Ijtimoiy-psixologik funksiyalar mehnat jamoasidagi ishlab chiqarish munosabatlarining vakil saylash va asoslash xususiyat­lariga bog‘liq bo‘ladi.
Texnologik funksiyalar menejer faoliyatining quyidagi: qarorlar qabul qilish va kommunikatsiyalar turlarini belgilab beradi.
Funksiyalarning hamma uchta guruhi o‘zaro bir-birini to‘l­dirib, farmatsevtika menejmentining boshqaruv ta’siri uslublari va usullarini tabaqalashtirish, boshqaruv organlari va alohida menejerlarning mehnatini ixtisoslashtirish imkonini beruvchi yaxlit tizimini yaratadi.
Umumiy funksiyalarni faoliyatning ko‘lami va ahamiyati bo‘yi­cha nisbati menejmentning iyerarxik pog‘onasiga qarab jiddiy ravishda tabaqalanadi.
Menejment umumiy funksiyalaridan har birini amalga oshi­rish uchun tashkilotda ma’lum kommunikatsion bog‘lanishlar shakllan­tiriladi va boshqaruv qarorlari ishlab chiqiladi. Ular menejment umumiy funksiyalarining texnologik negizi bo‘lib hisoblanadi.
Menejment umumiy funksiyalarini amalga oshirishning axloqiy jihatlari uning ijtimoiy-psixologik: vakil saylash va asoslash funksiyalari bilan shakllantiriladi. Boshqaruv subyektlarini, tashkilotning mavjud resurslaridan samarali foydalanilishi uchun obyektlarga ta’sir o‘tkazish usullari „boshqaruv uslublari“ tushunchasiga kiritiladi.
Boshqaruv uslublari — turli vazifalarni hal etish qoidalari va muolajalaridir.
Tashkilotlarda yuzaga keladigan vaziyatlarning turli-tumanligi boshqaruv uslublarining bir butun arsenali qo‘llanilishini taqozo etadi. Farmatsevtika menejmentida tarkibiga to‘rtta: tashkiliy, ma’muriy, iqtisodiy va ijtimoiy-psixologik uslublar guruhi kiruvchi boshqaruv uslublari tizimidan foydalaniladiю
Farmatsevtika menejmentida quyidagi turli ilmiy uslublardan foydalaniladi:
umumiy ilmiy (tizimli tahlil, kompleks yondoshish, dasturiy-maqsadli rejalashtirish);
- tahlil qilish-istiqbolni belgilash (ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi, tarmoqli rejalashtirish, modellashtirish, iqtisodiy-statistik, ishbilarmonlik o‘yinlari uslublari);
-fan sohalaridan metodik usullar (jamiyatshunoslik, ruhshunoslik (psixologiya), estetika, ekologiya va boshqalar).
Farmatsevtika menejmentida ilmiy va amaliy masalalarni hal qilish uchun modellashtirish — tashki­lotlarni boshqarish jara­yonlari modellarini tuzish va ularni tadqiqot qilishdan keng foy­dalaniladi.
Modellashtirish uslubi o‘xshashlik tamoyillariga asoslangan: model qo‘yilgan vazifani hal qilish uchun eng muhim jihatlarida asl nusxaga monandir.
Model — boshlang‘ich obyektni (asl nusxani) o‘rganish uchun yaratiladigan, uning asosiy va eng muhim elementlari, bog‘lanish­lari, munosabatlarini, ularning parametrlari va tavsif­larini taqriban o‘zida mujassamlashtiradigan ideal yoki moddiy obyekt.
Farmatsiyada modellarning quyidagi: konseptual, grafik, iqtisodiy-matematik, axborot turlari eng ko‘p tarqalgan. Modellashtirish barcha pog‘onadagi menejerlarga, bevosita yoki bilvosita tarzda ularning harakatlarini yo‘naltiruvchi, ko‘pgina masalalarni qulay, nisbatan oddiy va arzon samarali hal qilish asbobini beradi.
Farmatsevtika menejmentida modellashtirishning asosiy elementi tashkilotning maqsadlarini aniq ifodalashdan iborat bo‘lib, u ko‘p jihatdan farmatsevtika tashkiloti faoliyatining muvoffa­qiyatlarini belgilab beradi. Demak, har bir menejer o‘zi boshqa­rayotgan bo‘g‘inning maqsadini to‘g‘ri va aniq ifodalashni bilishi hamda unga erishish vositalarini belgilab olishi lozim.
Tashkilotning maqsadi — bu ko‘rsatilgan vaqt davomida barcha xodimlar tomonidan muvofiqlashtirilgan harakatlar bilan erishish mumkin bo‘lgan istalgan holat yoki natija.
Maqsadlarni ifodalash ularning xususiyatlarini va ularga qo‘yiladigan talablarni aniq tushunilishini taqozo etadi. Tashkilotning maqsadlarini turli mezonlar bo‘yicha tasniflash mumkin, ularning ichida vaqt davri, takrorlanish va ustuvorlik mezonlari yetakchilik qiladi.
Vaqt davriga qarab maqsadlar strategik (5-10 yillik davri uchun), taktik (5 yilgacha), tezkor (operativ) maqsadlarga ajratiladi. Ustuvorlik darajasi bo‘yicha maqsadlar zudlik bilan amalga oshiriladigan va muhim maqsadlarga, takrorlanishi bo‘yicha esa — doimiy, davriy takrorlanadigan va bir martalik maqsadlarga ajratiladi. Doimiy va davriy takrorlanadigan maqsadlar uchun, odatda, standart axborotlardan foydalangan holda, ya’ni rasmiy deb ataluvchi yondoshish asosida uslubiyot ishlab chiqiladi. Yangi yoki bir martalik maqsadlarga erishish uchun yangidan uslubiy asboblar yaratiladi, mutaxassislar o‘qitiladi, yangi resurslar izlab topiladi.
Maqsadlarning dekompozitsiyasi har qanday tadqiqot obyektlarini dekompozitsiyalash quyidagi: teng huquqli bo‘ysunish, kesishmaslik, birlik, to‘liqlik qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Maqsadlar bir qator xususiyatlarga: aniqlik (aniq ifodalangan yakuniy natija); erishish imkoniyati; vaqt bo‘yicha belgilanganligi (bajarish muddatlari); miqdoriy jihatdan o‘lchanishi; mantiqiyligi (mazmuni bo‘yicha bir ma’noni anglatishi, qarama-qarshi talqinlarning istisno etilishi); muxtasarlik; samaradorlik (natija va foyda berishi).
Muddatlarning belgilanishi, maqsadlarning aniqlashtirilishi va miqdoriy jihatdan ifodalanishi maqsadni mo‘ljallangan muddatga bajarilishi darajasini nazorat qilish imkonini beradi.
Menejmentning zamonaviy konsepsiyalari farmatsevtika tashkilotlarining rahbariyatini aholining farmatsevtika yoki dorixona turidagi boshqa tovarlarga va umuman farmatsevtika yordamiga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish imkonini beruvchi umumiy (bosh) maqsadlarning qo‘yilishiga yo‘naltiradi.
Farmatsevtika tashkiloti oldida turgan umumiy maqsadlarni, kutilayotgan natijalarini ko‘rsatgan holda, aniq ifodalangan vazifalarga aylantirish zarur. Odatda, maqsadlar va vazifalar tashkilotlar faoliyatining turli funksiyalariga tegishli bo‘ladi.
Maqsadlar tizimini ishlab chiqishning qulay va amalda sinovdan o‘tkazilgan asbobi sifatida modellashtirishdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Boshqaruvning turli darajadagi maqsadlarini yagona majmuaviy tizimga tartibga solish modeli „maqsadlar daraxti“ deb ataldi.
„Maqsadlar daraxti“ qurish jarayoni bir nechta ketma-ket qadamlarni o‘z ichiga oladi:
1) daraxtning uchini — tashkilotning umumiy maqsadini belgilash;
2) faoliyatning yo‘nalishi bo‘yicha darajalarni shakllantirish (yoki maqsadlar dekompozitsiyasi). Har bir keyingi daraja shunday shakllantiriladiki, u o‘zidan yuqoriroq darajadagi maqsadga eri­shilishini ta’minlashi lozim;
3) „Daraxtning har bir shoxi“ maqsadga erishish usulini emas, balki qandaydir ko‘rsatkich bilan ifodalangan aniq yakuniy natijani aks ettiradi.
Ushbu grafikli modellashtirish uslubining mohiyati shundan iboratki unda ifodalab berilgan yakuniy (bosh) maqsad va unga erishish uchun kerakli chora-tadbirlar yaqqol aks ettirilgan sxemaga ega bo‘lamiz. Modelni yasash quyidagi qoidalar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • chizma tepadan pastga yasaladi;

  • faoliyatning yakuniy natijasi sifatida ifodalangan bosh maqsad modelning cho‘qqisi bo‘lib hisoblanadi;

  • bosh maqsadni iyerarxiyaning pog‘onalari bo‘yicha yarim maqsadlarga bo‘lib yuborish;

  • har bir yarim maqsad rejalashtirilgan chora-tadbir sifatida ifodalanadi;
    har bir quyi pog‘ona o‘zidan yuqori pog‘onaning maqsadlariga erishilishini ta’minlashi lozim;

  • har bir pog‘ona doirasida yarim maqsadlar bir-biridan mustaqil bo‘lishi kerak;

  • dekompozitsiya pog‘onalarining soni bosh maqsadning ko‘lami va murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi;

  • maqsadlar daraxtining poydevori“ aniq vazifalar va ishlar ko‘rinishida ifodalangan yarim maqsadlardan iborat bo‘lib, ularni belgilangan muddatlarda sifatli bajarish yoki miqdoriy jihatdan o‘lchash (baholash) mumkin.

Vazifalarni shakllantirish tamoyillari:
- vazifalar aniq, tekshiriladigan, relevant, bajariladigan, miqdoriy jihatdan (foizlarda, o‘rtacha indekslarda, standart chek­lanishlarda, korrelatsion bog‘lanishlarda va hokazo) o‘lcha­na­­digan bo‘lishi lozim;
- har bir vazifa faqat bitta natijani ko‘zda tutishi kerak;
vazifalar xodimlarni maqsadga erishishga rag‘batlantirishi, ularning ko‘magidan foydalanishi lozim;
- vazifalarni va ularning bajarilishini hisobga olish.
Odatiy tasavvurga nisbatan bu tuzulma ildizi (bosh maqsad) tepaga, shox-butasi esa ag‘darilib pastga qaratilgan daraxtni eslatadi.
Maqsadlar iyerarxiyasi farmatsevtika tuzulmasi bilan bevosita bog‘liqdir. Maqsadlar iyerarxiyasining pog‘onalarini tashkiliy tuzulmani yasashning turli tamoyillari asosida ajratib ko‘rsatish mumkin.
Funksional bo‘lish asosida shakllantirilgan tashkilotlar uchun „maqsadlar daraxti“ 2- chizma bo‘yicha yasaladi.

Ushbu turdagi modellardan foydalanish, menejerga farmatsevtika tashkilotini rivojlantirishning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan harakatlar dasturini tuzib chiqish va uni amalga oshirish imkonini beradi.


O‘zaro bog‘liq bo‘lgan, bajarilishiga juda qisqa muddatlar ajratilgan ishlar majmuasi boshqaruvini maqbullashtirish uchun tarmoqli modellar (grafiklar) yasalishidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Тarmoqli rejalashtirish uslubi reklama tadbirlari, ko‘rgazmalar, yarmarkalar, moliyaviy, tijorat, tashkiliy va nazorat tadbirlarini tayyorlash va o‘tkazishda; mayda chakana savdo tar­mo­g‘ining kalendar rejalarini ishlab chiqishda; tovar yetkazib berish bo‘yicha shartnomalarni tuzishda; xonalar va ko‘pgina boshqa komplekslarni capital va joriy ta’mirlash, rekonstruksiya qilish va qurish ishlarini bajarishda ko‘proq samara beradi.
Tarmoqli rejalashtirish va boshqaruv uslubidan foydalanish tarmoq grafiklarini hisoblab chiqarish, yasash va tahlil qilishga asoslanadi. Rejalashtiriladigan ishlarni grafiklari va tahliliy yozuvi tarmoqli modellarni tasvirlashning eng ko‘p tarqalgan usuli bo‘lib,hisoblanadi.
Grafikli modelda qilinishi lozim bo‘lgan ishlarning mantiqiy ketma-ketligi, ularning o‘zaro bog‘lanishi va davomiyligi yaqqol aks ettiriladi. Тarmoqli modellarni asosiy (kritik yo‘li, voqealarning davomiyligi va boshqalar) parametrlarining tahlili vaqt sarflarining zaxiralarini aniqlash va qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun ulardan tezkorlik bilan amalda foydalanish imkonini beradi.
Boshqaruv usullari. Boshqaruv usuli – maqsadga erishish uchun boshqariladigan ob’ektga usullar va qo’llanmalar yig’indisi orqali ta’sir etishdir. Usullar ko’pincha metodlar deb ham yuritiladi. «Metod» grekcha so’z bo’lib (methodos) –«qandaydir maqsadga yetish» ma’nosini bildiradi. Boshqaruv metodlari (usullari) orqali boshqaruvning faoliyatlari amalga oshiriladi. Menejment metodi tashkilotning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishda tashkilotning butun faoliyatini tashkil qiladi va ijroni nazorat qilib boradi.
Menejment usullarining (metodlarining) ko’pligi va uslubiy yondashishlarning ham ko’pligi aniq boshqaruv vazifalarini belgilashda mazkur usullardan qaysi birini qo’llashni tanlab olishni qiyinlashtiradi.
Shuning uchun ham mavjud bo’lgan barcha boshqaruv usullarini o’z tavsiflariga binoan guruhlashni, tartibga tushirishni talab qiladi. Usullarning yo’nalishlarga asoslanganligi boshqaruv tizimidagi shakllarni (firma, bo’lim, laboratoriya, kompaniya va h.k.) boshqarishda usul tanlab olishni ta’minlaydi.
Tashkiliy shakllar usuli ko’p hollarda boshqaruvda vaziyatlar birdaniga yoki asta-sekinlik bilan o’zgara boshlaganida qo’llaniladi. Bu holatda ham o’sha vaziyatga mos bo’lgan usullarni saralab, tanlab olish zarur bo’ladi. Boshqaruv amaliyotida usullar asosan birdaniga, biryo’la qo’llaniladi. Bu holda qo’llanilayotgan usullar kombinatsiyalashib ketadi. Qayd qilish lozimki, iqtisodiyotda boshqaruv usullarini mazmuni yoki vazifalariga qarab tasniflash haqida standart talablarga javob beradigan ko’rsatma yoki tavsiyalar yo’q. Chunki boshqaruv bir maromda faoliyat ko’rsatmaydi. Bu holat ayniqsa bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda aniq ko’rinadi.
Bozor munosabatlari yoki bozor mahsulotlariga iste’molchilarning xohish-istaklari o’zgara boshlashi bilan boshqaruvda ko’plab usullar bir-biriga qo’shilib, bir-birini ba’zida inkor qiladi, ba’zida qo’llab-quvvatlaydi. Bunday vaziyatlarda qo’shimcha usullarni qo’llash ham talab qilinadi.
Ta’kidlangan mulohazalardan kelib chiqib, boshqaruvning mukammalligini ta’minlashda hozirgi vaqtda asosan quyidagi boshqaruv usullari ommaviy holda, an’anaviy tarzda qo’llaniladi:
1. To’g’ridan-to’g’ri direktivalarga asoslangan tashkiliy ma’muriy usullar;
2. Iqtisodiy me’yorlashtirishga asoslangan iqtisodiy usullar;
3. Xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qo’llaniladigan ijtimoiy – psixologik usullar.
1. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullarida qo’llaniladigan buyruq berish, nazorat qilish, jazolash usullari doimo birini-biri kutib turganidan ko’p hollarda boshqaruvning bu usullarini tanqid qilishadi. Lekin keyingi vaqtlarda ma’lum bo’ldiki, jamoada (har qanday jamoada) tartibni saqlash, ishlab chiqarishdagi tartib, aniqlik, javobgarlikni sezish aynan ana shu – boshqarishning tashkiliy–ma’muriy usullarini qo’llashda namoyon bo’ladi.
Bu usulda boshqaruvning ketma-ketligi yoki bir-biri orqali boshqaruvi yo’q qilinadi. Ma’muriyat o’z bo’yrug’i yoki ko’rsatmalari bilan butun bir jamoaning bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi. Lekin, bu usulning kamchiligi shundan iboratki, tashkilot xodimlarining sustligi, befarqligi oqibatida rahbar o’z xizmat vazifalarini, vakolatlarini suiste’mol qilishi mumkin.
Shuning uchun ham tashkiliy – ma’muriy boshqaruv usulini qo’llaganda rahbardan tortib to oddiy xodimning huquqlari va imtiyozlari ma’muriyat va jamoa o’rtasidagi mehnat shartnomasida qayd qilinishi lozim. Ma’muriyat boshqaruvida qonun doiralaridan chiqqan vaziyatlarda tashkilot umumjamoa yig’ilishi rahbarga ishonchsizlik bildirishi mumkin.
2. Boshqarishning iqtisodiy usullariga boshqaruvda markaziy o’rin berilganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Menejmentda bu boshqaruv usuli erkin bozor munosabatlari sharoitida juda ko’p hollarda qo’llaniladi. Chunki, tashkilotning barcha a’zosi tashkilot iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidan manfaatdor bo’lishligini juda yaxshi bilishadi. Bu usulni qo’llashdagi eng muhim huquqiy talablardan biri-tashkilotning mustaqil ish yuritishga sharoit yaratilish hisoblanadi. Bunda, asosiy e’tibor mustaqil xo’jalik yuritish boshqaruvida iqtisodiyotni rivojlantirishga asoslangan tadbirkorlikka qaratiladi.
Boshqarishning iqtisodiy usullari tashkilot xodimlarining tadbirkorligi, ixtirochilik imkoniyatlarini uyg’otadi, tashabbuskorlikni kuchaytiradi.
Bunday ijobiy holatlarning yuzaga kelishi albatta ma’lum. Chunki, tashkilot tashabbuskorlik, ixtirochilik, yangilikka intilish, tavsiya va takliflarni joriy qilishdan qo’shimcha daromad oladi. Bu qo’shimcha daromad (foyda)ning ma’lum bir qismidan jamoa a’zolari manfaatdor bo’lishadi.
Bu boshqaruv tipidagi eng muhim masalalardan biri boshqaruv organi ham mehnat jamoasi ham o’z tashkiloti rahbariyatining faoliyati tashkilotni qanday iqtisodiy rivojlanishga olib kelishni maksimal holda bilishi lozim bo’ladi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy boshqaruv usuli yanada rivojlanadi. Boshqaruvda erkin harakat qilish kengayadi. Xo’jalik hisobidagi ba’zi hisob-kitoblar jarayonidagi cheklovlar barham topadi, iqtisodiy rag’batlantirish natijasida korxonaning har bir xodimi korxona iqtisodiyoti ko’tarilishi natijalariga o’z hissasini qo’shish yo’nalishiga o’tadi.
Iqtisodiy boshqaruv usulida rejalashtirish, tahlil, xo’jalik hisobi, bahoni
belgilash, moliyalashtirish, rag’bat- lantirish tizimi mukammallashtiriladi. Korxonada iqtisodiy –matematik usullarni qo’llash amalga oshiriladi. Bu usullarda ishlash olinadigan natijalarning aniqligiga asoslanish boshqaruvini ta’minlaydi.
3. Boshqaruvning ijtimoiy–psixologik usullari qo’lla- nilganda korxonada mehnat unumdorligini oshirish albatta xodimlarning ruhiyati holatlariga bog’liq bo’ladi. Boshqaruvda har bir xodimga individual (shaxsan) yondashish korxona oldiga qo’ygan maqsadni bajarishda yagona jamoani shakllantirishda juda qo’l keladi. Tadqiqotlardan ma’lumki, rahbarning xo’jalikni boshqarish faoliyatidagi yutuqlarining 15% malakali bilimga ega ekanligi, 85 % odamlar bilan muvaffaqiyatli ishlash qobiliyatiga bog’liq ekan. Yaponiyalik olimlarning tadqiqotlari bo’yicha korxonadagi psixologik muhitning ijobiy yoki salbiyligi jamoaning mehnat unumdorligini 1,5 % ga yoki oshiradi yoki pasaytirib yuboradi.
Ijtimoiy–psixologik boshqaruv usullarining oddiy jihatlariga e’tibor bermaslik jamoada xodimlar o’rtasida nosog’lom muhitning asta-sekinlik bilan kuchayib borishiga sabab bo’ladi, jamoada boshqaruvdan norozi bo’lgan guruhlar shakllanadi, boshqaruv rahbariyati bilan bu guruhlar o’rtasida tortishish, to’qnashish hodisalari yuz bera boshlaydi, xodimlarning bir-biriga o’zaro yordam berishi munosabatlari yo’qola boradi. Natijada boshqaruvning korxona oldiga qo’ygan maqsadlari mehnat unumdorligining pasayishi sababli barbod bo’ladi.
Ijtimoiy-psixologik boshqaruv usullarida rahbarning asosiy faoliyati xodimlarning tabiiy xulq-atvorlariga, jamoada ishlashda o’zaro munosabatlariga, shaxsiy manfaatdorlik tushunchalariga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Ijtimoiy- psixologik boshqaruv usulida shaxsning tarbiyalanganlik (oilada) belgilari, muomala darajalari, jamoa bilan hamfikrlik holatlari chuqur o’rganilishni talab etadi. Albatta bu boshqaruv usulida rahbarning bilimli, malakali printsipial xodimlarni rahbarlik lavozimlariga asta-sekinlik bilan ko’tarib borishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 45.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling