Mavzu: boshqaruvning iqtisodiy usullari


Boshqaruv usullari to'g'risida tushuncha


Download 24.09 Kb.
bet2/5
Sana23.04.2023
Hajmi24.09 Kb.
#1386905
1   2   3   4   5
Bog'liq
boshqaruv usullari jizzax

1.Boshqaruv usullari to'g'risida tushuncha.
Usul — bu tadqiqot qilish yoki ta‘sir ko'rsatish usuli(vositasi)dir. Tadqiqot qilish nuqtai nazaridan uslub deganda boshqaruv ob’ektini o'rganish jarayonida qo'llaniladigan usullar, ya’ni:
• sistema (tizim)li yondoshuv;
• kompleks yondoshuv;
tarkibiy yondoshuv;
• integratsion yondoshuv;
modellashtirish;
• iqtisodiy-matematik yondoshuv;
kuzatish;
•eksperiment;
•sotsiologik kuzatuv kabi tahlilning ilmiy usullari tushuniladi.
Ta'sir ko'rsatish nuqtai nazardan esa usul deganda, boshqarish funksiyalarini amalga oshirish uchun boshqaruv ob’ektiga ta’sir o'tkazish usul(vosita)lari tushuniladi. Bunday usullarga quyidagilar kiradi:
• funksional tizimosti ob’ektlarini boshqarish usuli;
• boshqarish funksiyalarini bajarish usullari;
• boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullari.
Har xil yondashuvlar, yo'llar yordamida amalga oshiriladigan turli-tuman boshqaruv ishlarining majmui —boshqaruvning aniq va o'ziga xos usullari deb yuritiladi. Shunday qilib:
Boshqaruv usullari — bu xodimlarga va umuman ta‘lim muassasalari jamoalariga ta’sir ko'rsatish usullari bo'lib, bu usullar qo'yilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg'unlashtirishni nazarda tutadi.
Boshqarish usullari ta‘lim(ishlab chiqarish) jarayonidagi mavjud munosabatlardan ob’ektiv tarzda kelib chiqadi. Funksional tizimosti ob’ektlarini boshqarish usuli boshqariladigan ob’ektning tuzilishi bilan bog'liq bo'lib, uning tarkibidagi bo'limlarni boshqarishda qo'llaniladigan o'ziga xos usullarni o'z ichiga oladi. Ularni quyidaga tizimosti bo'limlar misolida ko'rish mumkin.
Bu usullar boshqarish funksiyalarini(bajarish usullari), ya’ni:
• rejalashtirish;
tashkil qilish;
• nazorat qilish;
muvofiqlashtirish;
• motivatsiya (vajlar, isbotlar keltirish) kabilarni bajarish uchun qo'llaniladigan usullar.
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish quyidagi uslublarga asoslangan holda amalga oshiriladi:
• muammoni qo'yish;
• muammoni hal qilish;
qarorni tanlash;
• qabul qilingan qarorlarning bajarilishini ta’minlash.


Download 24.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling