Mavzu: Bosim datchiklari haqida umumiy ma’lumotlar Reja: Bosim datchiklari


Download 1.3 Mb.
bet1/3
Sana14.12.2022
Hajmi1.3 Mb.
#1001483
  1   2   3
Bog'liq
fFIZIK KATTALIKLAR DATCHIKLAR

MAVZU:Bosim datchiklari haqida umumiy ma’lumotlar

Reja:

1. Bosim datchiklari

2. Bosimni o’lchash asboblari

3. Ishlash prinsipi

4. Xulosa

Bosim datchigi nima ?

  • BOSIM DATCHIGI — gaz yoki suyuqlik bosimini mexanik, elektr yoki pnevmatik signalga aylantirib beradigan o’lchov o’zgartirgichi. Yuqori va past bosimlarga mo’ljallangan xillari bo’ladi. Yuqori (10 mn/m2 dan ortiq) bosimga mo’ljallangan Bosim datchigi (masalan, magnitoelastik va pezoelektr Bosim datchigi) o’lchanadigan kattalik (qiymat)ni bevosita chiqish signaliga aylantirib beradi. Past bosimga mo’ljallangan Bosim datchigi oldin bosimni mexanik siljishga aylantirib, keyin uni chiqish signaliga aylantiradi. Bosim maydon bo‘ylab va ushbu maydonning normal kattaligiga tekis taqsimlangan kuchlar nisbati bilan tavsiflanadi. Bosimni o‘lchash asboblari ishlash prinsipi bo‘yicha suyuqlikli, deformatsion, yuk porshenli va elektrikli bo‘ladi.

Bosim datchiklarining korinishi

BOSIMNI O'LCHASH ASBOBLARI

  • Bosimni o'lchash asboblari o'lchanayotgan kattalikning turiga va ishlash usuliga ko'ra tasniflanadi. O'lchanayotgan kattalikning turiga ko'ra bosimni va siyraklanishni o'lchaydigan asboblar quyidagilarga bo'linadi:
  • Barometrlar - atmosfera bosimini o'lchash uchun mo'ljallangan;
  • manometrlar - ortiqcha bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan;
  • differensial manometrlar - bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan;
  • vakuummetrlar - siyraklangan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan;
  • manovakuummetrlar - ortiqcha hamda siyraklashgan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan.
  • Ishlash usuliga ko'ra bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar to'rt guruhga bo'linadi:
  • 1. Suyuqlikli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim bilan muvozanatlashib, uning balandligi bo'yicha bosim qiymati aniqlanadi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling