MAVZU:Bosim datchiklari haqida umumiy ma’lumotlar Reja: 2. Bosimni o’lchash asboblari 4. Xulosa Bosim datchigi nima ? - BOSIM DATCHIGI — gaz yoki suyuqlik bosimini mexanik, elektr yoki pnevmatik signalga aylantirib beradigan o’lchov o’zgartirgichi. Yuqori va past bosimlarga mo’ljallangan xillari bo’ladi. Yuqori (10 mn/m2 dan ortiq) bosimga mo’ljallangan Bosim datchigi (masalan, magnitoelastik va pezoelektr Bosim datchigi) o’lchanadigan kattalik (qiymat)ni bevosita chiqish signaliga aylantirib beradi. Past bosimga mo’ljallangan Bosim datchigi oldin bosimni mexanik siljishga aylantirib, keyin uni chiqish signaliga aylantiradi. Bosim maydon bo‘ylab va ushbu maydonning normal kattaligiga tekis taqsimlangan kuchlar nisbati bilan tavsiflanadi. Bosimni o‘lchash asboblari ishlash prinsipi bo‘yicha suyuqlikli, deformatsion, yuk porshenli va elektrikli bo‘ladi.
BOSIMNI O'LCHASH ASBOBLARI - Bosimni o'lchash asboblari o'lchanayotgan kattalikning turiga va ishlash usuliga ko'ra tasniflanadi. O'lchanayotgan kattalikning turiga ko'ra bosimni va siyraklanishni o'lchaydigan asboblar quyidagilarga bo'linadi:
- Barometrlar - atmosfera bosimini o'lchash uchun mo'ljallangan;
- manometrlar - ortiqcha bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan;
- differensial manometrlar - bosimlar farqini o'lchash uchun mo'ljallangan;
- vakuummetrlar - siyraklangan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan;
- manovakuummetrlar - ortiqcha hamda siyraklashgan bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan.
- Ishlash usuliga ko'ra bosimni o'lchash uchun mo'ljallangan asboblar to'rt guruhga bo'linadi:
- 1. Suyuqlikli manometrlar, ularda o'lchanayotgan bosim suyuqlik ustuni hosil qilgan bosim bilan muvozanatlashib, uning balandligi bo'yicha bosim qiymati aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |