Mavzu: Botanika darsligi tahlili. Reja
Download 255.04 Kb.
|
Презентация Microsoft PowerPoint (2) (2)
.MAVZU: Botanika darsligi tahlili.Reja1. Maktablarda o‘qitiladigan botanikaning asosiy maqsadi2. 5-sinf botanika darsligining mazmuni va tuzilishi.3. 6-sinf botanika darsligi4.O‘simlik guruhlari, bakteriyalar boshqalarMaktablarda o‘qitiladigan botanikaning asosiy maqsadi o‘simliklar dunyosining xilma-xil vakillari, ularning tashqi, ichki tuzilishi, hayot faoliyati, tabiat va inson hayotida tutgan o‘rni bilan o‘quvchilarni tanishtirishdan iborat.
. Darslik faqat o‘quvchilarga bilim berish bilan cheklanmay, ularning o‘quv ko‘nikma, malakalarini rivojlantirishni ham ko‘zda tutish kerak. Bu masala 5- sinf botanika darsligida etarlicha o‘z ifodasini topmagan. Laboratoriya mashg‘ulotlarining alohida ajratilmaganligi, ularni o‘tkazishiga oid metodik tavsiyalarini etarlicha yoritilmaganligi, o‘quvchilarning o‘quv ko‘nikma va malakalarining rivojlanishiga salbiy ta’sir etadi deb o‘ylaymiz. Darslikda ayrim hollarda tushunchalarni izchillik bilan rivojlantirishga e’tibor berilmagan. Unda bir vaqtning o‘zida suv va suvda erigan mineral moddalarni hamda organik moddalarning harakatlanishi to‘g‘risida ma’lumot keltirgan. Vaholanki organik moddalarni sintezlanishi barg mavzusi bilan uzviy aloqador. “Barg” esa “poya” mavzusidan so‘ng o‘tiladi. Xuddi shuningdek darslikning boshida berilgan “Kuz faslida o‘simliklar hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlar” mavzusini 30 paragrafidan “Hazonrezgilik” mavzusi bilan birlashtirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.6-sinf botanika darsligi 142 ta sahifadan iborat. Unda muqaddima va 52 paragraf, 85 ta rangli rasmlar mavjud. Darslik yuqori sifatli oq qog‘ozga chop etilgan va chiroyli rasmlar bilan bezatilgan. Har bir paragrafda botanika atamalar, o‘simliklarning nomlari, rangli harflar bilan ajratib berilgan. Matnlar o‘quvchilarga mos tushunarli qilib bayon etilgan Agar 5-sinf botanika darsligi o‘zida sitologik, anatomik, morfologik, fiziologik, ekologik bilimlarni mujassamlashtirgan bo‘lsa, 6-sinf botanika darsligida ko‘proq sistematik tushunchalarni rivojlantirishga e’tibor qilingan. Darslikning 4- bobida bu haqdagi bilimlar izchil bayon etiladi. O‘simlik guruhlari, bakteriyalar, zamburug‘lar, lishayniklar, suv o‘tlar, yo‘sinlar, qirqbo‘g‘imlar, qirqquloqlar, ochiq urug‘lilar, yopiq urug‘lilar shu boblarda berilgan. Darslikda gulli o‘simliklarning oilalari, turkumlari, tur vakillari haqidagi bilimlar va har bir oilaning o‘ziga xos gul tuzilishi yoritilgan.Darslikning beshinchi bobi “O‘zbekistonning o‘simliklar boyligi”, oltinchi bobi “O‘simlik va atrof muhit”, ettinchi bobi “Erda o‘simliklar dunyosining rivojlanishi” deb atalgan. Darslikda “O‘zbekistonda botanika fanining rivojlanishi”, hamda “Manzarali o‘simliklar” deb nomlangan paragraflar ham mavjud. Paragraflarda tayanch atamalar, savollar keltirilgan. 30 paragraf so‘ngida o‘quvchilar bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlar, 19 paragraf so‘ngida amaliy ishlar, 2 paragrafda qo‘shimcha ma’lumotlar, test savollari, chaynvord, krossvordlar keltirilgan. Bularning hammasi o‘quvchilarning botanik bilimlarni o‘zlashtirishiga ko‘mak beradi, bilim olishga qiziqish uyg‘otadi, hamda nazariyani amaliyot bilan bog‘laydi.Darslik strukturasi xususida haqida gapirib III bobdagi “O‘simlik yaxlit organizm” mavzusi bilan oltinchi bobdagi “O‘simlik va atrof-muhit” degan mavzularni bir-biriga qo‘shish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi, shuningdek “O‘zbekistonda botanika fanining rivojlanish tarixi” deb atalgan bobni 5-sinfdagi muqaddima mavzusiga qo‘shish o‘rinli bo‘ladi deb hisoblaymiz. “Manzarali o‘simliklar” degan bobni “Erda o‘simliklar dunyosining rivojlanishi” bobidan oldin berilishi zarur bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Darslikning ilmiyligi haqida to‘xtab “Bakteriyalar, zamburug‘lar, lishayniklar” bo‘limini botanika darsligiga kiritilishi organik olamning hozirgi zamon sistemasi to‘g‘risidagi bilimlarga to‘g‘ri kelmaydi deb aytish kerak. CHunki ular tuzilishi va hayot kechirishi tarzi bilan yashil o‘simliklardan tubdan farq qiladi.Botanika darsligida “tip” sistematik birlikni o‘rniga “bo‘lim” tushunchasini “avlod” sistematik birligi o‘rniga “turkum” sistematik birlikni qo‘llanilishi keyinchalik 7-sinfda zoologiyani o‘qish mobaynida sistematik birliklar to‘g‘risidagi o‘quvchilarning tushunchalarini chalkashtirib yuboradi, bu o‘z navbatida o‘quvchilar tomonidan sistematik tushunchalarni sayoz o‘zlashtirishga olib keladi deb hisoblaymiz. Maktab darsligiga barcha olimlar tomonidan e’tirof qilingan bilimlar majmuasi kiritilishi kerak. Munozarali masalalar undan o‘rin olmasligi joiz.Download 255.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling