neyronlarda kirish parametrlarining ko‘rsatkichlari berilgan, buning asosida ba’zi
qarorlarni qabul qilish, vaziyatning rivojlanishini prognoz qilish va hokazolar keltiriladi. Bu
ko‘rsatkichlar son ko‘rsatikchlari (hajmi)dan kelib chiqib zaiflashib yoki kuchayib,
neyronlararo aloqalarga qo‘shilib keyingi qatlamga uzatiladigan signal sifatida
qaraladi. Natijada eng yuqori qatlamda neyron chiqishi uchun ayrim ko‘rsatkichlar
ishlab chiqiladi va kirish parametrlarining kiritilgan ko‘rsatkichlariga barcha
tarmoqlarning reaksiyasi javob sifatida qaraladi. Tarmoqni keyinchalik ham qo‘llash mumkin bo‘lishi uchun, uni avvalo, oldin
olingan ma’lumotlarda ma’lum bo‘lgan va kirish parametrlarining ko‘rsatkichlari
hamda ularga to‘g‘ri javob berish uchun “pishitmoq” kerak. (3.3.7-rasm). Mashqlar
ma’lum to‘g‘ri javoblarga ko‘proq yaqin bo‘lgan tarmoqlarning javobi bilan
ta’minlaydigan neyronlararo aloqa hajmini tanlashdan iborat. Neyrotarmoqli
tizimlarga misollar — BrainMaker (CSS), NeuroShell (Ward Systems Group), OWL
(HyperLogic).
Ekspert tizimi — mutaxassislar bilimini konkret fan sohalarida to‘playdigan va
ulardan tavsiyalar ishlab chiqish va muammolarni bartaraf etish maqsadida
foydalanadigan murakkab dasturiy kompleksdir. Ba’zi holatlarda ekspert tizimi odatda
ekspertchining tajribasini jalb etishni talab qiluvchi funksiyalarni bajarishni to‘liq
o‘ziga olishi yoki qaror qabul qiluvchi kishi uchun yordamchi rolini o‘ynashi mumkin.
Ekspert tizimi boshqa amaliy dasturlardan quyidagi belgilar mavjudligi bilan
ajralib turadi [http://256bit. ru/Expert/].
• Muayyan muammolar sohasining nafaqat jismoniy (yoki boshqa) tabiatini,
balki ushbu muammo sohasida vazifani hal etishga muvofiq insoniy fikrlash
Do'stlaringiz bilan baham: |