3- mavzu: O`zbek adabiy tili me`yorlarstrrepla: 1
Download 9.41 Kb.
|
3- mavzu O`zbek adabiy tili me`yorlarstrrepla 1-fayllar.org
3- mavzu: O`zbek adabiy tili me`yorlarstrrepla: 1 3- mavzu: O`zbek adabiy tili me`yorlari R e j a: 1. Adabiy til haqida ma’lumot. 2.Xalq shevalari. 3. Adabiy tilning xalq shevalaridan farqi. II. Mustaqil o‘qib o‘rganish uchun adabiyotlar: «Nutq madaniyati va notiqlik san’ati». R.Rasulov, N.Husanov, Q.Mo‘ydinov. «Nutq madaniyati». R.Rasulov, Q.Mo‘ydinov. «Nutq madaniyati asoslari». T.Qudratov. 22-bet. «Til boyligi». A.Ahmedov. T., 1968y. III. Tayanch so‘z va iboralar: Faoliyat, Atama, Stil, Stilistika, Uslubiyat-ilmiy muammoni o‘rganish. Ta’riflash: Me’yorning shakllanishi. Aniq. Ravshan ifodali nutq tuza olish. To‘liq va teran fikrlash. Maqsadga muvofiq so‘zlash. Fikrlash madaniyati. Morfologik va sintaksistik me’yor. Punktuatsion me’yor. IV. Ma’ruzaning mazmuni: 1. Har qanday sohaning madaniyati bo‘lani singari nutqning ham o‘z madaniyati bor. Til va nutq bir-biriga bog‘liq hodisalardir, ularni bir-biridan ajratib qarash assosizdir. Til nutq uchun moddiy materialdir. SHu asosida nutq tashkil topadi. Tilning ruhiy hodisaligi uning ongda saqlanishi bo‘lsa, moddiy hodisaligi undagi tovushlardir. Nutq - bu til deb ataluvchi, o‘ta muhim vazifani bajaruvchi noyob quroldan foydalanuvchi jarayondir. Nutq xaraktdagi til bo‘lib, nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘ladi va so‘z birikmalari, erkin birikmalar, so‘z tartibi va gaplardan tashkil topgan. Demak, nutq madaniyati tushunchasi har bir xalq tili va millat ma’naviyatini belgilovchi yoki ko‘rsatuvchi odob va nafosat kategoriyasidir. YUqorida bayon etilgan mulohazalar nutq madaniyati tushunchasini tushunish va ta’riflash tilshunoslikda hozir quyidagi ko‘rinishlarga ega degan xulosaga kelishi imkonini beradi: Nutq madaniyati adabiy til rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri. Nutq madaniyati bu adabiy til me’yorlarining shakllanishi va silliqlanishiga yordamlashishidan iborat bo‘lgan faoliyat. Nutq madaniyati tilni, uning qonun qoidalarini ongli idrok qilish, aniq, ravshan, ifodali nutq tuza olish mahratdir. Nutq madaniyati, kishilarni o‘zaro to‘liq va teran fikrlashning, tilning barcha imkoniyat va vositalarini puxta egallashdan iboratdir. Nutq madaniyati faqat to‘g‘ri nutqgina emas, o‘qituvchilik hamda nutqiy chechanlik hamdir. Nutq madaniyati til vositalaridan o‘rinli foydalangan holda maqsadga muvofiq so‘zlash va yoza olish san’atidir. (A.N.Efimov). Nutq madaniyati, bu avvalo, fikrlash madaniyatidir. (D.E.Rozental). 2. Nutq madaniyati haqida gap borar ekan, nutqda qo‘llangan o‘rinli yoki o‘rinsiz so‘zlarning qo‘llanishi to‘g‘risida baxs boradi. Qo‘llangan til birligi to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri deyilganda, albatta, ma’lum bir o‘lchov (mezon)ga asoslanganligi tayin. Mana shu o‘lchov (mezon) tilshunoslikda adabiy til me’yori deb yuritiladi. Xususiy me’yorlar quyidagilar: Dialektik me’yor. So‘zlashuv nutqi me’yori. Argolar, Jargonlar me’yori. Adabiy til me’yori (adabiy me’yor). Me’yor – tilning yashash shaklidir. Adabiy me’yor adabiy til bilan birga tuziladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyati taraqqiyoti bilan rivojlanib o‘z qonun qoidalarini mustahkamlab boradi. Jamiyat a’zolarini uyushtirishda, katta vazifalarga otlantirishda adabiy til, uning me’yorlari jamiyat uchun nihoyatda zarur. O‘zbek adabiy tili me’yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi: Leksik-semantik me’yorlar. Talaffuz (arfoepik) me’yor. YOzuv (arfografik) me’yor. Fonetik me’yor. Aksentologik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish) me’yori. Grammatik (morfologik, sintaktik) me’yor. So‘z yasash me’yorlari. Imloviy me’yor. Uslubiy me’yor. Punktuatsion me’yor. Nutq madaniyati adabiy me’yorlarni ma’lum maqsad bilan, aniqrog‘i madaniy nutqning chegarasi va vositalarini aniqlash maqsadida o‘rganadi, me’yoriy tizimini baholaydi, nazorat qiladi, aralashadi va faol yondashadi. 3. Inson nutqiy faoliyatga adabiy til madaniyati qoidalarini mukammal bilgan holda mustaqil shug‘ullanishi, ayniqsa, badiiy adabiyotlarni, gazeta va jurnallarni o‘qishi, radio va televideniyani tinglashi orqali erishadi va tinimsiz shug‘ullanishi natijasida nutqiy malakaga ega bo‘ladi. Insonning nutqiy faoliyati uch ko‘rinishda bo‘ladi. Bular: so‘zlash, o‘qish, eshitish. Jamiyatda yashayotgan har bir shaxs alohida nutq egasi sanaladi. Lekin ularning hammasi uchun umumiy bo‘lgan nutqiy qurol – yagona shu jamiyatning tili hisoblanadi. V. Nazorat savollari: Nutq madaniyati deganda nimani tushunasiz? Adabiy me’yor nima? Nutqiy malakaga qanday erishish mumkin. 1-topshiriq. Har millatning taraqqiysi ilm ila, nodon xalqning ko‘z yoshi marjon emish. (A. Avloniy) Gapdagi so‘zlarni izohlab, adabiy til haqida fikr yuriting. Har kuni radio va televideniye orqali turli axborotlarni eshitganingizda, gazeta va jurnallar o‘qiganingizda, siz mansub bo‘lgan qishloq yoki shahar aholisi gaplashayotgan tilning radio, televideniye, matbuot tilidan ma’lum farq qiladigan tomonlarini payqaysiz. Bundan ko‘rinadiki, hozirgi o‘zbek tilimiz adabiy til va mahalliy xalq shevalarini o‘z ichiga oladi. Download 9.41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling