1-Amaliy mashg’ulot
Mashg‘
ulot nomi: Birikmalarning ikki o‘lchamli
tuzilish formulalarini
ChemWindow va IsisDraw dasturlarida hosil qilish va birikmalarning foiz tarkibini
topish
Mavzu bo‘
yicha qisqacha nazariy maʼlumotlar: Bundan 25 yillar oldin
kimyogarlar birikmalarning ikki o‘lchamli tuzilish formulalarini turli xil
chizgichlar yordamida hosil qilishardi.
ChemWindow va IsisDraw kabi
dasturlarning yaratilishi kimyogarlar uchun katta yangilik bo‘ldi. Bugungi kunda
ushbu dasturlar, kimyogarlar kundalik ish jarayonida juda ko‘p
foydalanadigan
dasturlarga aylangan. Birikmalarning tuzilish formulalarini va reaksiya
tenglamalarini chiroyli ko‘rinishda hosil qilish mumkin. Bundan tashqari,
birikmalarni nomlash (IsisDraw dasturida) mumkin,
birikmalarning massa
jihatidan foiz tarkibini topish mumkin. Shuningdek, dasturlarda murakkab
tuzilishli birikmalar fazoviy tuzilishlari bazalari mavjud. Dasturlardagi ishchi oyna
instrumentlar paneli har kim xohishiga ko‘ra boyitilishi mumkin.
Mashg‘ulotni bajarish tartibi:
А. ChemWin dasturida birikmalarning 2D tuzilish formulalarini chizish va foiz
tarkibi hisobini bajarish tartibi:
Selection tool (ko‘rsatgich) ni tanlab,
Standard (single, double and triple) bond
tool belgilanadi. Modda strukturasini bog‘larni bir-biriga bog‘lash
orqali hosil
qilinadi. Hosil qilingan 2D tuzilish formulani
Selection tool (ko‘rsatgich)
yordamida belgilab va Menyudagi
Other qismidan
Calculate Mass tanlanadi.
B. IsisDraw dasturida birikmalarning 2D tuzilish formulalarini
chizish va foiz
tarkibi hisobini bajarish tartibi:
Select (ko‘rsatgich)
tugmasi yordamida Single (double triple) bond tool tanlanib,
modda strukturasi bog‘larni bir-biriga bog‘lash orqali hosil qilinadi. Birikmadagi
elementlar foiz tarkibi menyu
Chemistry qismidan
Calculate Mol Values orqali
aniqlanadi.
B. IsisDraw dasturida birikmalarning 2D tuzilish formulalarini chizish va IUPAC
bo‘yicha nomlash. Reaksiya tenglamalarini chizish.