Mavzu bo‘yicha qisqacha nazariy maʼlumotlar


Download 492.72 Kb.
Pdf ko'rish
Sana10.04.2023
Hajmi492.72 Kb.
#1349082
Bog'liq
1-Amaliy mashg`ulot



1-Amaliy mashg’ulot 
Mashgulot nomi: Birikmalarning ikki o‘lchamli tuzilish formulalarini 
ChemWindow va IsisDraw dasturlarida hosil qilish va birikmalarning foiz tarkibini 
topish 
Mavzu boyicha qisqacha nazariy maʼlumotlar: Bundan 25 yillar oldin 
kimyogarlar birikmalarning ikki o‘lchamli tuzilish formulalarini turli xil 
chizgichlar yordamida hosil qilishardi. ChemWindow va IsisDraw kabi 
dasturlarning yaratilishi kimyogarlar uchun katta yangilik bo‘ldi. Bugungi kunda 
ushbu dasturlar, kimyogarlar kundalik ish jarayonida juda ko‘p foydalanadigan 
dasturlarga aylangan. Birikmalarning tuzilish formulalarini va reaksiya 
tenglamalarini chiroyli ko‘rinishda hosil qilish mumkin. Bundan tashqari, 
birikmalarni nomlash (IsisDraw dasturida) mumkin, birikmalarning massa 
jihatidan foiz tarkibini topish mumkin. Shuningdek, dasturlarda murakkab 
tuzilishli birikmalar fazoviy tuzilishlari bazalari mavjud. Dasturlardagi ishchi oyna 
instrumentlar paneli har kim xohishiga ko‘ra boyitilishi mumkin.
Mashg‘ulotni bajarish tartibi:
А. ChemWin dasturida birikmalarning 2D tuzilish formulalarini chizish va foiz 
tarkibi hisobini bajarish tartibi: 
Selection tool (ko‘rsatgich) ni tanlab, Standard (single, double and triple) bond 
tool belgilanadi. Modda strukturasini bog‘larni bir-biriga bog‘lash orqali hosil 
qilinadi. Hosil qilingan 2D tuzilish formulani Selection tool (ko‘rsatgich) 
yordamida belgilab va Menyudagi Other qismidan Calculate Mass tanlanadi.


B. IsisDraw dasturida birikmalarning 2D tuzilish formulalarini chizish va foiz 
tarkibi hisobini bajarish tartibi: 
Select (ko‘rsatgich) tugmasi yordamida Single (double triple) bond tool tanlanib, 
modda strukturasi bog‘larni bir-biriga bog‘lash orqali hosil qilinadi. Birikmadagi 
elementlar foiz tarkibi menyu Chemistry qismidan Calculate Mol Values orqali 
aniqlanadi.
B. IsisDraw dasturida birikmalarning 2D tuzilish formulalarini chizish va IUPAC 
bo‘yicha nomlash. Reaksiya tenglamalarini chizish.


Bajarish tartibiSelect (ko‘rsatgich) tugmasi yordamida Single (double triple) 
bond tool tanlanib, modda strukturasi bog‘larni bir-biriga bog‘lash orqali hosil 
qilinadi. Select (ko‘rsatgich) tugmasi yordamida hosil qilingan birikma tanlanadi. 
Select (ko‘rsatgich) tugmasi bilan Generate Name with AutoNom tugmasi 
tanlanadi. Birikma nomi YuPАK nomenklaturasi bo‘yicha nomlanadi.
1-Аmaliy mashg‘ulot yuzasidan savol va topshiriqlar: 
1. “Templates” nima? 
2. ChemWindow dasturida instrumentlar paneli qanday qo‘yiladi yoki olib 
tashlanadi? Dasturda bajarib ko‘rsating.
3. ChemWindow dasturida hosil qilingan bir nechta strukturalar qanday qilib bir 
guruhga jamlanadi? 
4.
 Ushbu kimyoviy bog‘lar nima maqsadda ishlatiladi? 
5. Instrumentlar panelidagi tekst yozish uskunalari qismi “Status bar”da qanday 
nom bilan belgilangan? 
 
 

Download 492.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling