Mavzu bo'yicha topshiriq. Milliy-ma’naviy tiklanish deganda nimani tushunasiz?


Download 35.44 Kb.
Sana13.10.2020
Hajmi35.44 Kb.
#133471
Bog'liq
Ma`naviyatshunoslik5


Mavzu bo'yicha topshiriq.

1.    Milliy-ma’naviy tiklanish deganda nimani tushunasiz?


2.    Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasini ishlab chiqqanligini nimalarda ko‘rsatib bera olasiz?
3.    Islom Karimov ishlab chiqqan milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasining qanday nazariy va amaliy ahamiyati bor?
4.    Mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy tiklanish jarayonida   Islom Karimovning xizmatlari nimalardan iborat?
5.    Nima uchun Islom Karimov ma’naviyatni rivojlantirishga  ustuvor vazifa sifatida qaramoqda?
6.    Islom Karimov tomonidan O‘zbekistonda XXI asrda ma’naviyatni  rivojlantirishning qanday vazifalari belgilab berildi?
Javoblar

1.    Milliy-ma’naviy tiklanish deganda nimani tushunasiz?


Mustaqillik tufayli mulkka egalik va uning huquqiy asoslari shakllantirildi va chuqur isloh qilindi. Mustaqillik xalqimizni mamlakatimiz hududidagi tabiiy resurs va boyliklarining haqiqiy egasiga aylantirdi. Xalqimizning azaliy hayot tarzidan chuqur о‘rin olgan urf-odatlari, an’analari, bayramlari mustaqillik tufayli qayta jonlandi. О‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Ma’naviy merosimizning durdonalari ona tilimizda nashr etila boshlandi. Xalqimizning tarixi qayta tiklanib, ulug‘ ajdodlarimiz qoldirgan boy va bebaho meros nafaqat xalqimiz, balki о‘zga xalqlar tomonidan ham keng о‘rganila boshlandi, о‘zligimizni anglash va jahon afkor ommasiga tanitish yо‘lida ulkan qadamlar qо‘yildi. Mustaqillik yillarida yurtimizda milliy va diniy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelindi. 1 sentabr yurtimiz, xalqimizning mustaqillik kuni bayrami deb e’lon qilinmoqda. Shuningdek – Navrо‘z, Ramazon hayiti, Iyd hayiti kabi milliy va diniy bayramlarimiz an’anaviy tarzda nishonlanib kelinmoqda.
2.    Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasini ishlab chiqqanligini nimalarda ko‘rsatib bera olasiz?
Mustаqillik tufаyli bizning mа’nаviy qаdriyatlаrimiz, o’tmish аjdоdlаrimiz qоldirgаn mеrоs, o’zining butun mukаmmаlligidа, qаychilаnmаsdаn, “prоgrеssiv-rеаksiоn” аtаlmish zo’rаki qоliplаrgа tiqishtirilmаsdаn tiklаnа bоshlаdi. Qur’оni kаrim, hаdisi shаriflаr birinchi mаrtа o’zbеk tiligа tаrjimа qilinib, nаshr etildi, Dаvlаt tili hаqidаgi qоnun qаbul qilindi. Tаsаvvuf pirlаri - Аhmаd YAssаviy, Nаjmiddin Kubrо, Bаhоvuddin Nаqshbаnd yubilеylаri millаtimizning ruhidа pоklаnish tuyg’ulаrini uyg’оtdi. Pоytахtimizning qоq mаrkаzidа sоhibqirоn bоbоmiz Аmir Tеmurning ulug’vоr mujаssаmаsi o’rnаtilishi o’zbеk хаlqining hаr bir fаrzаndi ruhidа hаqli iftiхоr hislаridаn o’chmаs yog’du pаydо qildi.
3.    Islom Karimov ishlab chiqqan milliy-ma’naviy tiklanish konsepsiyasining qanday nazariy va amaliy ahamiyati bor?
О‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimiz о‘z mustaqilligini qо‘lga kiritgandan keyin ona zaminimizda demokratik jamiyatni qurishning nazariy konsepsiyasini ishlab chiqar ekan, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurishni milliy-ma’naviy tiklanish bilan uyg‘un holatda bо‘lishi keraqligini ham ilmiy asoslab berdi. U о‘zining hajmi jihatdan kichik bо‘lsa ham, ammo mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning ilmiy-nazariy asoslarini aks ettirilishi jihatdan mukammal, fundamental dastur bо‘lgan “О‘zbekistonnnig о‘z istiqlol va taraqqiyot yо‘li” asarida mustaqillikdan keyin О‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy sohasidagi strategik vazifalarini ham belgilab berdi. Xalqimiz adolat, tinchliq ahil-qо‘shnichilik va insonparvarlikning nozik kurtaqlarini asrlar osha avaylab – asrab kelmoqda. О‘zbekistonni yangilashning oliy maqsadi ana shu an’analarni qayta tiklash, ularga yangi mazmun bag‘ishlash, zaminimizda tinchlik va demokratiya, farovonliq madaniyat, vijdon erkinligi va har bir kishini kamol toptirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratishdir”[2]. Mustaqil О‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A. Karimovning yana bir muhim konseptual g‘oyasi ma’naviyat shaxsning eng muhim mezoni va shuning bilan birga uni kamolotga eltuvchi, о‘z-о‘zini anglatuvchi va о‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqartiruvchi ulkan omil ekanligini ilmiy asoslaganligidir.
Islom Karimovning milliy-ma’naviy tiklanishga bag‘ishlangan konsepsiyasida vatanparvarlikning shaxs ma’naviyatining ajralmas qismi ekanligini asoslab berish alohida о‘rinni egallaydi. Haqiqatan ham о‘z Vatanini sevmagan, uning har qarich yeri uchun mas’ulligini his etmagan har bir inson ma’naviy jihatdan qashshoq hisoblanadi. Muallim talabalar diqqatini xuddi mana shu g‘oyaning mohiyatini tushunib yetishga qaratishi lozim.
4.    Mustaqillik yillarida milliy-ma’naviy tiklanish jarayonida   Islom Karimovning xizmatlari nimalardan iborat?
Mustaqillik sharofati bilan Yurtboshimiz rahbarligida О‘zbekistonning istiqlol va taraqqiyot yо‘li tanlandi, bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich о‘tilmoqda; istiqlol ma’naviyatini shakllantirish va sog‘lom avlodni voyaga yetkazish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mustaqillik davrida О‘zbekiston BMTga (1992 yil 2 mart), Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kabi о‘nlab xalqaro tashkilotlarga a’zo bо‘ldi, deyarli barcha nufuzli mintaqaviy uyushmalarga qabul qilindi, dunyodagi kо‘plab davlatlar (130 dan ortiq) bilan diplomatik aloqalar о‘rnatildi, о‘zaro hamkorlik munosabatlari yо‘lga qо‘yildi. Mustaqillik davrida mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, dunyo va mintaqa davlatlari о‘rtasida tinchlikparvar tashqi siyosat yuritilmoqda. Mustaqillik yillari ulkan qurilishlar va bunyodkorlik ishlari uchun keng va katta imkoniyatlar davri bо‘ldi. Mustaqillik davrida shahar va qishloqlarimizning qiyofasi, aholining ongi va tafakkuri, turmush tarzi tubdan о‘zgarmoqda. О‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek “Biz uchun mustaqillik – eng avvalo, о‘z taqdirimizni qо‘limizga olish, о‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni, urf – odatlarimizni tiklash, hammamiz uchun mо‘tabar shu zaminda har bir xonadonda tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir. Aziz Vatanimizda adolat, insof, dinu-diyonat, mehru-oqibatni qaror toptirishdir, biz uchun mustaqillik – Allohning о‘zi el-yurtimizga in’om etgan tabiiy boyliklarga egalik qilish, xalqimiz qudrati, salohiyati, aqlu zakovatlariga tayanib, О‘zbekistonda yashayotgan har bir inson, har bir oila uchun munosib hayot qurish, kelajak avlodlar uchun ozod va obod vatan qoldirishdir”. Mustaqilliq yilda bir marta, faqat mustaqillik bayramida emas, har kuni, har soat fikr yuritiladigan, har dam shukr qilinadigan, qadri, sharafi, bardavomligi kо‘z qorachig‘iday avaylab asraladigan bebaho ne’matdir. Uning miqyosi, kо‘lami, ahamiyatini anglash uchun mustaqillikda о‘tayotgan yigirma ikki yilimizni sovetlar hukmronligi ostida kechirilgan yetmish besh yillik davr bilan solishtirish, qiyoslash, ibratlanish, xulosa chiqarish kifoya qiladi. Buning uchun Yaratganga tinmay shukrona aytishimiz, bugungi dorilomon kunlarimizning, berilgan erkinliklarning qadriga yetishimiz lozim. Chunki mustaqillik Alloh bergan ne’matlarga shukr qilinsa, Parvardigor ularni yanada kо‘paytirib beradi. Noshukrlik esa zavolga olib keladi. Zero, Qur’oni Karimning Ibrohim surasi 7-oyatida  shunday ta’kidlangan, “...agar (bergan ne’matlarimga) shukr qilsangiz, albatta, (ularni yanada) ziyoda qilurman...
Mustaqillik bizga о‘zligimizni qaytardi. Mustaqillik bizga dinu diyonatimizni qaytardi. Mustaqillik - tilimizga Alloh lafzini qaytardi. Mustaqillik – erkin e’tiqod va ibodatlarimizni qaytardi. Kerak bо‘lsa, о‘z ota-onasi, qavm – qarindosh, kо‘ni – qо‘shni, yoru – birodarlari janozasiga qatnasha olmagan kishilarga, shunday kunida yoniga turishlikni qaytardi deb bemalol, qо‘rqmasdan ayta olamiz. Chunki, hali tarixga aylanib ulgurmagan haqiqatdan bilamizki, sobiq shо‘ro davrida janoza о‘qiganlar va unda ishtirok etganlar qanday tazyiqlarga uchraganlar.
5.    Nima uchun Islom Karimov ma’naviyatni rivojlantirishga  ustuvor vazifa sifatida qaramoqda?
1.Jamiyatda amalga oshiriladigan barcha vazifalarning taqdiri, unda yashaydigan odamlarning tafakkuri, ongi qay darajada о‘sishi bilan bog‘liqdir. Ularning ongi va tafakkurini amalga oshirmoqchi bо‘lgan vazifalar mohiyati va manfaati yо‘nalishidan kelib chiqqan holda о‘zgartirmasdan turib kо‘zlangan maqsadga erishib bо‘lmaydi.
2.Mustaqillikning dastlabki yillarida sobiq sovet mafkurasidan voz kechish bayrog‘i ostida umuman har qanday mafkuraga qarshi kurash boshlandi. Bu о‘z navbatida odamlarning ma’naviyatiga, shakllangan qadryatlariga ham о‘zining salbiy ta’sirini о‘tkaza boshladi.
3.Mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan iqtisodiy muammolar oldida odamlarning aksariyat qismi dovdirab qoldi, kо‘pchilik hollarda yoshlarning ta’lim olish, kasb о‘rganish, san’at va badiiy asarlarga qiziqishdan kо‘ra bozorga chiqish, pul topishga intilish xavfini yuzaga keltirdi.
4.Sobiq ittifoq sharoitida fan, texnika, maorif, oliy ta’lim, bir qator sanoat korxonalarini vujudga keltirish va rivojlantirishda kо‘pgina yutuqlar qо‘lga kiritilgan edi. Ammo, ular markaz manfaatlariga xizmat qilgan.
5.Ma’naviyatning davlat siyosatida ustuvor bо‘lishiga yana bir sabab, millat son jihatidan kattami yoki kichikmi bundan qat’iy nazar, ularning real subyekt, ma’lum moddiy va ma’naviy boyliklarini yaratuvchisi, iste’molchisi, boshqalarda uchramaydigan, о‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini va о‘zining mustaqil о‘rniga ega bо‘lishi kabi omillarni, ya’ni chinakam millat sifatidagi maqomini tiklash hayotiy ehtiyoj darajasiga kо‘tarilgan edi.
6.О‘zbeklar jahon sivlizatsiyasiga ulkan hissa qо‘shgan xalqdir. Uning ma’naviyat, fan, madaniyat sohasidagi erishgan yutuqlari jahon xalqlariga asrlar osha xizmat qilib kelmoqda.
7.Ma’naviyat millatni va butun mamlakat aholisini ma’lum maqsadlar sari davlat atrofiga uyushtiruvchi, ularni faollashtiruvchi, yorqin kelajakka ishontiruvchi, inson zotini ulug‘lovchi, uning qadrini anglatuvchi ulkan mexanizm hamdir. “Ma’naviyat va ma’rifat insonning ruhiy qanotlaridir. Ularning har biri kishi ichki dunyosini о‘stirib, parvozga yaroqlik qiladi”.
6.    Islom Karimov tomonidan O‘zbekistonda XXI asrda ma’naviyatni  rivojlantirishning qanday vazifalari belgilab berildi?
“Milliy mafkura vositasida el-yurt birlashadi о‘z oldiga buyuk maqsadlar qо‘yadi va ularni ado etishga qodir bо‘ladi” – deb ta’kidlagan edi.  Mamlakatimiz birinchi Prezidenti о‘z navbatida milliy g‘oyaning vazifalarini ham aniq belgilab bergan edi: “... milliy g‘oya birinchi navbatda yosh avlodimizni vatanparvarliq el-yurtga sadoqat ruhida tarbiyalash ularning qalbiga insonparvarlik va odamiylik fazilatlarini payvand qilishlik oliyjanob ishlarimizda madadkor bо‘lishi zarur” ligini belgilab beradi. Tabiiyki, bu vazifalarni amalga oshirish uchun ma’naviyatni ustuvor sohaga aylantirish zarur edi. Shunday qilindi ham. Mamlakatimiz bugungi kunda totalitar tuzum hukumronligidan ozod bо‘lib demakratik jamiyatni qurish sari dadil qadam tashlamoqda. Tabiiyki, jamiyat bir bosqichdan ikkinchisiga о‘tish, yana boz ustiga zо‘rovonlik asosida qurilgan jamiyatdan ma’rifatli inson manfatlari, shaxs erkinligi va kamolotiga xizmat qiluvchi demokratik jamiyatga о‘tish oson kechmaydi, chunki eski tuzum illatlari hali saqlanib turadi. О‘z umrini uzaytirish uchun jon jahdi bilan qarshilik kо‘rsatadi, yangi jamiyat esa qisqa muhlatda qurilmaydi, balki ma’lum vaqtni, unda yashayotgan barcha insonlarning fidoyilik bilan mehnat qilishlarini talab etadi. Xuddi mana shu jarayonda yuzaga kelgan muammolarni hal qilish uchun yuksak ma’naviy e’tiqod va sabr-toqat bilan odamlarni uyushtirish, ular dunyoqarashida yangi jamiyat taffakkurini shakllantirish muhim vazifa darajasiga kо‘tariladi.
Download 35.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling