Mavzu: Boyitmalarni avtogen pechlarda eritish


Kislorodli-mash’alli eritish pechidagi fizik-kimyoviy jarayonlar


Download 16.75 Kb.
bet3/3
Sana30.01.2024
Hajmi16.75 Kb.
#1809048
1   2   3
Bog'liq
Mavzu Boyitmalarni avtogen pechlarda eritish-fayllar.org

Kislorodli-mash’alli eritish pechidagi fizik-kimyoviy jarayonlar

KME pechidagi jarayon yallig‘ qaytaruvchi pechiga nisbatan ancha murakkabdir. Agar yallig‘ qaytaruvchi pechda deyarli neytral atmo­sfe­rada sulfidlar oksidlantirilsa, KME pechida sulfidlar intensiv holatda oksid­lanadi. Shuning uchun ham muallaq holatda barcha kimyo­viy o‘zgarishlar yuqori harorat va kislorod ta’sirida faollashib, tez suratda barqaror boradi.
Boyitmada mis oddiy va murakkab sulfidlar turida uchraydi: bor­nit, xalkopirit, xalkozin va kovellinlar. Aylanuvchi changda esa oddiy oksid, sulfat va ferrit holatlarda bo‘ladi. Umuman olganda, eritish pechi­da asosiy kimyoviy jarayonlar kechadi:
Bornit Cu5FeS4 qizish natijasida parchalanadi:
2Su5FeS4 = 5Cu2S + 2FeS + 0,5S2 (3.1)
Ushbu jarayon havo atmosferasida 800—8400C oralig‘ida ajra­ladi. Mis sulfidi (CuS) qizish mobaynida oson parchalanadi:
4CuS=2Su2S +S2 (3.2)
Pirit qizish natijasida quyidagicha parchalanadi:
FeS2 = FeS + 0,5S2 (3.3)
Agar haroratning qizishi ortib borsa, u holda oksidlantiruvchi at­mo­sferada jarayon temir sulfidi gematit Fe2O3 va magnetit Fe3O4 holiga o‘tishi bilan kechadi.
Rux mis boyitmasida sulfid holatida (ZnS) uchraydi, aylanuvchi changda esa ZnO, ZnSO birikmalari holida uchraydi. Eritish davrida rux qisman gaz holatiga o‘tadi, chunki unda kislorod va oltingugurt birik­malari 1300–4000C haroratlarda uchish xususiyatiga ega bo‘ladi. Rux jarayon mahsulotlari bo‘yicha taxminan quyidagicha taqsimlanadi: shteynga 3–15%, changga 15–25 %; toshqolga 62–72% o‘tishi hisoblab chiqilgan.
Ko‘p hollarda mis boyitmasida qo‘rg‘oshin va boshqa noyob metallar ham uchrab turadi. Agar mis boyitmasida qo‘rg‘oshin bo‘lsa, u holda jara­yon mahsulotlari bo‘yicha noyob metallar quyidagicha taqsimlanadi, % :
http://fayllar.org
Download 16.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling