Mavzu: Boyitmalarni avtogen pechlarda eritish
Download 16.75 Kb.
|
Mavzu Boyitmalarni avtogen pechlarda eritish-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olmaliq mis eritish zavodidagi kislorodli-mash’alli eritish pechi majmuining umumiy ko‘rinishi
Xomashyoni quritish
KMEP jarayoni amalga oshirilishida qat’iy shartlardan biri – xomashyoning o‘ta quritilishidir. Quritilgandan keyin xomashyoning namligi 0,1–0,15 % dan ortmasligi kerak. Undan namroq shixta yirikroq bo‘lib, KMEPning talabiga javob bermaydi, chunki moddalarning kukuni pech ichida bir necha sekund davomida uchish holatida bo‘lishi shart. Ana shu uchish holatida zarraning butun sirti bo‘yicha oksidlanish reaksiyasi o‘tib, KMEP jarayoni amalga oshiriladi. Shixtani o‘ta quritish uchun aylana quvursimon shakldagi pech yoki vertikal joylashgan quritish quvurlar ishlatiladi. Olmaliq mis eritish zavodidagi kislorodli-mash’alli eritish pechi majmuining umumiy ko‘rinishi: 1–eritish pechi; 2–gaz sovutkich qozon; 3–yirik changni ushlab qoluvchi inersion maxsus qurilma; 4–elektrsuzgichlar; 5–xomashyoni quritishga mo‘ljallangan quvur-quritkich; 6–gaz yordamida isitkich o‘choq; 7–siklonlar; 8–havo purkagich-ventilator; 9–quritilmagan xomashyo saqlanadigan xampalar (bunker); 10–qirg‘ichli konveyerlar; 11–quritilgan xomashyo saqlanadigan pech xampalari. Olmaliq mis zavodida vertikal quritish quvurlari ishlatiladi, hammasi bo‘lib 2 quvur o‘rnatilgan. Quritish jarayonining ishlash talabi quyidagicha: quvurning past tomonidan katta tezlik bilan issiq gaz yuboriladi (30–40 m/s). Issiq gazning oqimiga nam (7–8 % H2O) bo‘lgan xomashyo yuklanadi. Xomashyo moddalari uchib turgan muallaq holatda quritiladi, namsizlangan kukun esa quvurning yuqori qismiga uchib, chang ushlash tizimlariga yuboriladi. Quritish quvurlari maxsus pechlarda yoqiladigan tabiiy gaz bilan isitiladi, haroratni boshqarish uchun maxsus pechga ikkilamchi sovuq havo beriladi. Moddalarning bir soatlik sarfi quyidagicha: tabiiy gaz 600–800 m3, (birlamchi gaz yoqish uchun) havo 6000–8000 m3. Birlamchi va ikkilamchi havolarning nisbati jarayonning borish sharoitlariga qarab 1:1 dan 1:1,3 gacha o‘zgaradi. Quvur bo‘yicha gazning harorati: quvurga kirish qismida 300–4500C. Moddaning quvurda bo‘lish davri 1–3 sekunddan oshmaydi. Jarayon qat’iyan ushbu ko‘rsatkichlar oralig‘ida boshqarilishi va tizim o‘zgarmasdan borishi kerak. Masalan, modda kamroq kelib qolsa, quvurning harorati oshib ketadi va sulfidlar alanga olishi mumkin. Agar xomashyo ko‘proq yuklansa, harorat pasayib ketadi va modda to‘la quritilmaydi. Doimiy nazoratda bo‘ladigan asosiy qismlar: nam xomashyoning sarfi, issiq gazning harorati, quvurdagi haroratlar, birlamchi va ikkilamchi havolarning nisbatligidir. Bunday nazorat avtomatik tizim tomonidan boshqarilishi kerak. Quritish quvurlarining afzalliklari, avvalo, yuqori ishlab chiqarish unumdorligi va ishonchliligi, o‘rta quritish imkoniyati borligidan iborat. Bir soatda 60–80 t xomashyoni quritish imkoniga ega. Quvurlarni oqilona ishlatish shartlaridan biri bir me’yorda moddalarni yuklashdir. Quvurning ishlashini takomillashtirish uchun gazni qaytadan, ikkilamchi havoni o‘rniga, pechga qaytarish kerak bo‘ladi. Bu jarayon yonilg‘ining sarfini kamaytirishga yordam beradi, gazlar 60–700C issiqlikka ega bo‘lib, ularning tarkibida 15–17 % sof kislorod bo‘lishi mumkin. Download 16.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling