Mavzu: Bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilarning hatti-harakatlari va tanlovi. Mundarija


Markaziy bank valyuta siyosatining mohiyati va uni amalga oshirish asoslari


Download 6.54 Mb.
bet9/14
Sana02.11.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1739765
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Микро. Макро. Курс иши намуна

4. Markaziy bank valyuta siyosatining mohiyati va uni amalga oshirish asoslari.
Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o‘zgarishlari
k uzatilgan rivojlanayotgan va o‘tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy rivojlanishning dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng ko‘llanilgan. Bunda inflyatsiya bo‘yicha tegishli ko‘rsatkichlarni
belgilashda iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.1994 yildan boshlab1 O‘zbekistonda amalga oshirilgan pul-kredit siyosati ham pul massasining keskin o‘sib ketishini oldini olish orqali milliy valyuta barqarorligini ta’minlash maqsadlariga qaratildi. Bunda rezerv pullar va pul massasining o‘zgarishi operatsion hamda oraliq mo‘ljallar sifatida qo‘llanildi.
Mazkur rejim rasman monetar targetlash deb tasniflansa-da, amaliyotda milliy valyutaning almashuv kursini dollarga bog‘lash orqali bosqichma-bosqich devalvatsiya qilib borilganligi tufayli ba’zi xalqaro institutlar va mutaxassislar tomonidan ushbu rejim aralash turga kiritilgan.
Bir vaqtning o‘zida ikki maqsadga yo‘naltirilgan almashuv kursi siyosati tashqi shoklar vujudga kelgan sharoitlarda samarasiz ekanligini ko‘rsatdi. Bunda bir tomondan oltin-valyuta zahiralarini oshirish vazifasi qo‘yilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan so‘mning almashuv kursini ma’lum bir darajada ushlab turish maqsadi ko‘zlangan.
O‘z navbatida, mazkur almashuv kursi to‘lov balansi holati va tashqi iqtisodiy sharoitlarni o‘zida aks ettirmagan.
Bunday siyosat, o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida muammolarni yuzaga keltirib, samarali pul-kredit siyosatini yuritish imkoniyatlarini pasaytirdi. Bundan tashqari, pul-kredit instrumentlaridan foydalanishning passiv rejimi monetar targetlashni samarali qo‘llashda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirdi.
Pul massasi o‘zgarishini omillar asosida tahlili, pul massasi o‘sishi turli davrlarda oltin-valyuta zaxiralarining oshishi hamda iqtisodiyotni kreditlash hajmlarining kengaytirish hisobiga ta’minlanganligini ko‘rsatmoqda.
O‘z navbatida, Davlat byudjetining muvozanatli ijrosi va hukumat hisobraqamlarida mablag‘lar yig‘ilishi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobraqamlarida mablag‘larning jamlanib borilishi pul massasi o‘sishini maqbullashtiruv chi omillardan bo‘lgan.
Ayni paytda iqtisodiyotni kreditlashning asosiy manbalari markazlashgan mablag‘lar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan moliyalashtirilganligi hamda ushbu mablag‘lar asosan ishlab chiqarish texnologiyalari va xomashyo materiallarini import qilish maqsadida foydalanilganligi tufayli iqtisodiyotda pul massasi o‘sishiga va mos ravishda inflyatsiya darajasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatmagan.
Umuman olganda, ushbu omillar ta’sirida pul massasi tez sur’atlarda oshishining oldi olingan.
Umuman olganda, pul massasining YaIM nominal hajmiga nisbatan mo‘tadil darajada o‘sishi inflyatsiya bosimining sezilarli kuchayishini oldini olishga xizmat qildi. Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkichlar o‘rtasida aniq bog‘liqlikning mavjud emasligi rezerv pullar va pul massasi aniq darajasini hisoblash imkoniyatini bermaydi. 11-rasm.

Masalaning yana bir muhim jihati, Markaziy bankning pul agregatlarini samarali boshqara olishi qobiliyati bilan bog‘liq.
Odatda, markaziy banklar rezerv pullar darajasini samarali boshqara oladilar, ammo pul massasini nazorat qilishda qiyinchiliklarga duch keladilar.
Ushbu jarayon asosan dollarizatsiya darajasi yuqori bo‘lgan hamda moliya bozorlari rivojlanish bosqichida turgan mamlakatlarda ko‘p kuzatiladi, binobarin, bunday mamlakatlarda kredit va depozitlarga bo‘lgan talab keskin o‘zgarib turishi mumkin.
Pulga bo‘lgan talabning o‘zgaruvchanligi, keng ma’nodagi pul massasining tarkibi, dollarizatsiya darajasining yuqoriligi kabi omillar pulga bo‘lgan talabni aniqlash imkoniyatini pasaytiradi.
Bunday holatda, pulga bo‘lgan talab va foiz stavkalari o‘rtasidagi bog‘liqlik sust bo‘lganligi sababli Markaziy bank uchun pul massasining maqsadli darajasini saqlab turish vazifasi murakkablashadi.
Yuqorida qayd etilgan muammolar natijasida keng ma’nodagi pullar hajmining oraliq mo‘ljallardan chetlashishi Markaziy bankning pul-kredit siyosatiga bo‘lgan ishonchni pasaytiradi.
Valyuta kursini targetlash rejimi milliy valyuta ayirboshlash kursini past va barqaror inflyatsiya darajasiga ega rivojlangan davlatlar valyutasiga bog‘lashni nazarda tutadi.
Shuningdek, valyuta kursini targetlashning milliy valyuta ayirboshlash kursi tebranishi mumkin bo‘lgan gorizontal va shartli koridorlarni o‘rnatish hamda real ayirboshlash kursini asosiy savdo hamkor davlatlar valyutalari savatchasiga nisbatan targetlash kabi turlari ham mavjud.
Valyuta kursini targetlash rejimi iqtisodiyoti eksport, ayniqsa, xom-ashyo tovarlari eksportiga bog‘liq bo‘lgan, shuningdek, iste’mol savatida import tovarlari yuqori ulushni tashkil qilgan mamlakatlarda faol qo‘llaniladi.
Mazkur rejim iqtisodiy inqiroz kuzatilgan davrlarda inflyatsiya darajasini tez va samarali pasaytirish imkonini beradi. Bunda pul-kredit siyosati faqatgina ayirboshlash kursining maqsadli darajasini ta’minlashga yo‘naltiriladi. Jumladan, valyuta kursi qadrsizlanganda qat’iy pul-kredit siyosati, valyutaning qadri maqsadli darajadan ko‘proq oshganda yumshoq pul-kredit siyosati yuritiladi.
Valyuta kursini targetlash rejimi aniqligi va oddiyligi sababli aholi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari va bozorning boshqa ishtirokchilari tomonidan oson tushuniladi.
Mazkur rejimning yana bir ijobiy tomoni moliyaviy institutlar yaxshi rivojlanmagan sharoitlarda ham u o‘zining samaradorligini saqlab qoladi. Bunday vaziyatda valyuta kursiga pul-kredit siyosati choralari va valyuta intervensiyalari orqali ta’sir ko‘rsatiladi.
Shu bilan birga, kapital oqimlari kuchli bo‘lgan davrlarda ushbu rejimni samarali qo‘llash imkoniyati cheklanadi va iqtisodiy inqiroz davrida markaziy bankning valyuta kursini barqarorlashtirish borasidagi vazifasini qiyinlashtiradi.
12-rasm. Valyuta kursini targetlash rejimini qo‘llanishi quyidagi shart sharoitlar bilan chambarchas bog‘liq:

  • valyuta kursining maqsadli ko‘rsatkich doirasida bo‘lishini ta’minlashda markaziy banklarning imkoniyati oltin-valyuta zaxiralarining hajmiga bog‘liq bo‘ladi.

  • Zaxiralarning yetarlicha bo‘lmasligi valyuta kursining kadrsizlanishiga olib keladi, bu esa keyingi davrlarda ham devalvatsion va inflyatsion kutilmalarni oshiradi. Bu, o‘z navbatida, import narxlarining oshishiga hamda ichki valyuta bozorida cheklovlarning o‘rnatilishi natijasida iqtisodiyotda xufyona valyuta bozori va turli ayirboshlash kurslarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi;

  • milliy valyuta ayirboshlash kursining bir necha marta rejali devalvatsiyasi amalga oshirilganda, devalvatsion va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi oqibatida inflyatsiya darajasi oshishi xatari yuzaga keladi;

  • nominal ayirboshlash kursi qat’iy belgilanadigan sharoitda real ayirboshlash kursining oshishi to‘lov balansining yomonlashishiga va iqtisodiyotda devalvatsion xatarlarning ortishiga olib keladi;

  • narxlar darajasi va ayirboshlash kursiga bo‘lgan bosimning kuchayishi markaziy banklarning moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdagi imkoniyatiga nisbatan ishonchsizlikni keltirib chiqaradi. Mazkur sharoitda barqarorlikni ta’minlashga foiz stavkalarining oshirilishi orqali erishiladi. Bu esa o‘z navbatida, iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatadi.

Xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, mustaqil davlatlar hamdo‘stligi davlatlari tajribasi ayirboshlash kursini targetlash oltin-valyuta zaxiralarining sezilarli darajada kamayishi, kursning sun’iy ravishda ushlab turish oqibatida mahalliy ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligining pasayishi, eksport sektori rivojlanishining sekinlashishi va iqtisodiyotning tashqi omillarga ta’sirchanligining oshishi kabi qator salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.
Bugungi kunda aholining inflyatsion kutilmalari ko‘p jihatdan valyuta bozoridagi almashuv kursining dinamikasi bilan bog‘liqligini inobatga olgan holda, qisqa muddatli davrda milliy valyuta kursining barqarorligini ta’minlash pul-kredit siyosatining muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Bunda, almashuv kursi barqarorligini ta’minlash vazifasi bevosita markaziy bankning to‘g‘ridan-to‘g‘ri intervensiyalari hisobiga emas, balki quyidagi choralarni bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish orqali ta’minlanadi:

  • qisqa muddatli davrda valyuta kursi o‘zgarishi tebranishlari kengligini bosqichma-bosqich oshirish yo‘li bilan valyuta bozoridagi talab va taklif muvozanatiga erishish hamda valyuta bozorini ta’minlanganlik darajasini oshirish;

  • pul-kredit siyosatining foiz va boshqa instrumentlarini ustuvor ravishda qo‘llash hamda bank tizimida tegishli hajmdagi likvidlikni saqlab turish orqali valyutaga bo‘lgan talabga ta’sir ko‘rsatish.

Ushbu maqsadlarga erishish uchun Markaziy bank “xalqaro valyuta zaxiralarining neytralligi” tamoyiliga amal qiladi, ya’ni ishlab chiqaruvchilardan qimmatbaho metallarni xarid qilish natijasida bank tizimiga tushgan milliy valyutadagi mablag‘larning sterilizatsiyasini amalga oshiradi.
Shu bilan birga, iqtisodiyotda mavjud yuqori inflyatsion bosimning milliy valyuta kursi barqarorligiga salbiy ta’sirini inobatga olib, kelajakda valyuta kursining barqarorligini ta’minlash ko‘p jihatdan inflyatsiya darajasini pasaytirishga bog‘liq bo‘ladi.
Real almashuv kursining muvozanatli darajasini ta’minlash uchun valyuta kursining dinamikasi ichki bozordagi hamda asosiy savdo hamkor mamlakatlardagi narxlar darajasining o‘zgarishini o‘zida aks ettirishi kerak.
Ushbu jihatlar hamda valyuta bozorining joriy rivojlanganlik darajasini inobatga olgan holda, Markaziy bank intervensiya siyosatida dastlabki bosqichlarda asosiy e’tibor fundamental omillar emas, balki qisqa muddatli davrda valyuta bozorida talab va taklifning nomuvofiqligi natijasida yuzaga keladigan valyuta kursidagi keskin tebranishlarning oldini olishga qaratiladi.
O‘rta muddatli istiqbolda ichki valyuta bozorini rivojlantirish vazifasiga valyutani tartibga solish va valyuta kursi shakllanishini liberallashtirish, jumladan, almashuv kursi tebranishi chegaralarini oshirish vositasida erishiladi.
Bu, o‘z navbatida, valyuta bozorining rivojlanish va ta’minlanganlik darajasini oshirishga hamda valyutaga bo‘lgan talab va taklifning muvozanatiga erishish uchun bozor mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qiladi.
Valyuta svopi, valyuta opsionlari, fyucherslar va shu kabi instrumentlarni amaliyotga joriy qilinishi valyuta bozorini rivojlantirish va valyuta almashuv kursi barqarorligini ta’minlash uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratadi.
Inflyatsion targetlash rejimiga o‘tish jarayonida samarali pul-kredit siyosatini amalga oshirish, o‘z navbatida, pul-kredit siyosati instrumentlari ta’sirini cheklovchi omillarni aniqlash va bartaraf qilishni talab etadi.
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosati instrumentlari samaradorligiga hamda uning transmission mexanizmini
ko‘rilayotgan choralarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga o‘z vaqtida va to‘liq o‘tkazish imkoniyatiga bog‘liq.
Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pulkredit instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning ta’sir mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni bartaraf etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ravishda e’tibor qaratiladi.
Yangi iqtisodiy voqelikda pul-kredit instrumentlaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari kompleksida majburiy zaxira talablarini takomillashtirish ham ko‘zda tutilgan.
Bunda, amaldagi majburiy zaxiralash tartibi banklarning likvidligiga qo‘yilgan prudensial talablarni hisobga olgan holda zaxiralash me’yorlari, valyutasi va hisoblash bazalarini optimallashtirish orqali takomillashtiriladi.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling