Mavzu: bozor konyunkturasini tadbiq etish
Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublari
Download 147 Kb.
|
BOZOR KONYUNKTURASINI TADBIQ ETISH
Bozor konyunkturasini bashorat qilish uslublariBozor istiqboli eksport yoki import mahsulotlari, bozordagi baholar va boshqalar shaklida ishlab chiqilishi mumkin. Ular 3-5 yilgacha va uzoq muddatlarga aniqlanishi mumkin. Istiqbolni aniqlash usuli uning maqsadiga, istiqbolni ko‘rish darajasini o‘rganishga, axborot ta’minotiga va boshqa shartlarga bog‘liq. Istiqbolni aniqlash uchun statistik ma’lumotlar bilan ta’minlanadi. Istiqbolni belgilash usullari turli mezonlar bo‘yicha tavsiflanadi. Natijalarni berish shakliga qarab istiqbol ko‘rsatkichlari miqdoriy va sifat ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Muddatiga qarab qisqa muddatli, o‘rta muddatli, uzoq muddatli istiqbol ko‘rsatkichlari bo‘ladi. Istiqboli belgilanayotgan obyekt hajmiga qarab umumiy (respublika iqtisodiyotining asosiy ko‘rsatkichlari) va xususiy (alohida bir tarmoq, infrastruktura, yirik kompaniya uchun). Istiqbolni belgilash usullari qo‘llanilishining amaldagi samara- dorligi - bozor hajmini aniqlash, tashqi omillarning turli ko‘rsatkichlarga ta’sirini belgilash, bu omillarning bozor holatiga va dinamikasiga, konyunkturaga ta’sirini o‘rganish istiqbol ko‘rsatkichlarini alternativ tahlil qilishga imkon beradi. Iqtisodiy bashoratlashda ko‘pincha, ekspert baholash usuli masalan, Delfi usuli qo‘llaniladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, ekspertlar guruhi o‘z kuzatishlari, tahlillari asosida u yoki bu muammo bo‘yicha istiqbol ko‘rsatkichlarini isbot - dalil (argumentli fakt) larga asoslanib baholaydilar. Umumiy fikrlar- bozor, uning holati, rivojlanishi, raqobatning kuchayishi, yangi bozor segmentlarining paydo bo‘lishi kabilar haqida ekspert xulosalari qilinadi. So‘ngra ekspertlar xulosalari natijalari yana maxsus standart dastur (kompyuter dasturi) yordamida tahlil qilinadi. Natijalar qaror qabul qiluvchi mas’ul shaxsga topshiriladi. Bozor holatining kelajagini bashoratlashda ekspert usuli qo‘llanilib, unda quyidagi vazifalar hal qilinishi mumkin. Talabning o‘rta va uzoq muddatga mo‘ljallangan hajmini aniqlash. Keng assortimentdagi mahsulotlar uchun qisqa muddatga mo‘ljal- langan talab hajmi. Yangi tovarlarga talabning shakllanishini baholash. Iste’molchilarning yangi tovarlarga bo‘lgan munosabatining bo‘lishi mumkin bo‘lgan talab hajmini aniqlash. Bozordagi raqobatni baholash. Firmaning bozordagi holatini aniqlash va boshqalar. Ekspert usuli nisbatan sodda va to‘liq axborot bazasi bo‘lmaganda ham undan foydalanish mumkin. Bu usulning yana bir yaxshi tomoni u orqali bozorga tegishli sifat ko‘rsatkichlari ham aniqlanishi mumkin, masalan, bozorda ijtimoiy –siyosiy holatning o‘zgarishi, ekologiyaning ishlab chiqarishga va mahsulotlarni iste’mol qilishga ta’siri kabilarni aniqlash mumkin. Bu usulning afzalliklari bilan birga kamchiliklari ham mavjud, ya’ni ekspertlar fikrining subyektivligi, ular fikr–mulohazalari- ning cheklanganligi. Delfi usulida ekspertlar xulosasi yozma ravishda har bir ekspertdan bir necha bosqichda olinib, keyin bir xulosaga kelinadi. 1-3 yil va uzoq muddatga mo‘ljallangan prognozlarda bu usul bilan qilingan natijalar o‘zini oqlagan. Bu tadqiqotda 10 dan 150 tagacha ekspert qatnashishi mumkin. Bu albatta, masalaning qo‘yilishiga, muammoning katta–kichikligiga bog‘liq. Ekspert baholash usulida keng qo‘llaniladigan uslubiyot bu-«aqliy hujum» hisoblanadi. Buning mohiyati shundaki, muammo ekspertlarning bahs–munozarasi, muhokamasi asosida olib borilib, muammoning u yoki bu yechimi ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinadi. Diskussiya oldindan tuzilgan ssenariy asosida olib boriladi. Ekspertlash orqali istiqbolni baholashni tashkil etishning yangicha sxemasi «sinektika» usulini 1960-yilda U.Gordon taklif etdi. Uning «aqliy hujumdan» farqi shundan iboratki, ma’lum tarkibdagi ekspertlar guruhi (miqdor jihatdan stabil) «hujumdan» «hujumgacha» ma’lum tajriba to‘plab boradilar. Konyunktura prognozi bozordagi holatni ma’lum davr ichida oldindan ko‘rish va uning asosiy parametrlarini aniqlashni o‘z ichiga oladi. Bunda konyunkturaga ta’sir o‘tkazuvchi omillarning yaqin kelajakdagi xususiyatlarini aniqlashga e’tibor qaratiladi. Tovarlar va ehtiyojlar raqobatining tahlili asosan konyunktura prognozida amalga oshiriladi hamda raqobatchi tovarlar, o‘rnini bosuvchi tovarlar va to‘ldiruvchi tovarlarning o‘zaro muvozanatini aniqlashga qaratiladi. Bunday raqobatni baholash uchun marketingning bozorni o‘rganish usullaridan keng foydalaniladi. Bozor konyunkturasini o‘rganishning sotuvchi va ishlab chiqaruv- chilar uchun zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi yo‘nalishda rivojlantirish va qanday sotish siyosatini qo‘llash bo‘yicha aniq va ishonchli axborotga ega bo‘lishda namoyon bo‘ladi. Konyunkturani shuning uchun o‘rganish va bashoratlash kerakki, uni bilish mahsulotlarini eng foydali narxlarda sotish va sotib olish, mavjud resurslarni oqilona joylashtirish (manevrlashtirish), bozorda kutilayotgan holat bilan mos holda tovar ishlab chiqarishni kengaytirish yoki qisqartirish imkonini beradi. Tovar bozori konyunkturasining tahlili quyidagi jihatlar bo‘yicha o‘tkaziladi. Birinchi navbatda, mamlakat iqtisodiyoti siklining qanday bosqichdaligini aniqlash va unga kompleks tavsif berish zarur. Keyin ishlab chiqarish tahlil qilinadi. Aniq bir tovarni yaxlitligicha jahon bozori asosiy ishlab chiqaruvchi mamlakatlar bo‘yicha ishlab chiqarish dinamikasi ko‘rib chiqiladi, bu tovarni chiqarishdagi o‘zgarishning asosiy sababi o‘rganiladi. Asosiy e’tibor ilmiy-texnika taraqqiyotining tarmoq va tadqiq etilayotgan tovar bozoridagi ta’siriga qaratiladi. Talab va iste’mol dinamikasining tahlili yaxlit holda va iste’molchi mamlakatlar bo‘yicha bo‘laklangan holda o‘tkaziladi. Shuningdek, bozor sig‘imiga ta’sir etuvchi asosiy omillar ham o‘rganiladi, bu tovar iste’moli sohasidagi ahvol tadqiq etiladi va bozorning monopollashtirish darajasi, savdoning shakli va metodlari ularning dinamikasi aniqlanadi. Ilmiy-texnika taraqqiyotini tovarning iste’moli darajasiga ta’siri albatta o‘rganiladi. Zaxiralarni tahlil qilish ishlab chiqaruvchilar va savdoda ham, iste’molchilarda ham zaxiralar sohasi siyosatini tadqiq etishni, ularning harakatlarini o‘rganishni ko‘zda tutadi. Tovarlarning yaxlit va alohida mamlakatlar bo‘yicha jahon eksporti va importini tahlil qilishda savdoning yangi shakllari, bojxona tarif va valuta tizimi masalalari ko‘rib chiqiladi. Tovarlar eksporti va importining rivojlanish bashorati tuziladi. Narxlar – konyunkturaviy tahlilning eng muhim elementi hisobla- nadi. Narx dinamikasi ko‘rib chiqiladi. Narxlar o‘zgarishining asosiy sabablari, ularning yangi texnologiyalar paydo bo‘lishi, xomashyolar va yarim fabrikatlar narxining o‘zgarishiga, mehnat unumdorligining oshishi, inqirozning oldini olish, valuta kursining o‘zgarishi, savdo metodlari va shakliga ta’siri hamda aloqalari tahlil qilinadi. Raqobat- chilarning narx sohasidagi, davlatning narxni shakllantirishidagi siyosatlari ta’minlanadi. Bozor sig‘imi – bozorni tadqiq etishning asosiy tomonlaridan biridir. Bu ko‘rsatkich prinsipial ravishda tovar savdosining imkoni bo‘lgan hajmini namoyish qiladi va bir yil yoki qandaydir vaqt davomida unda realizatsiya qilinadigan (jismoniy birliklarda yoki qiymat ifodasida) hajmi bilan belgilanadi. Bozorning sig‘imi turli xil usullar bilan baholanadi. Birinchi holatda quyidagi formuladan foydalanish mumkin: Download 147 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling