Mavzu: Bozor munosabatlari sharoitida iste’molchining o’rni


Iste'molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta'sir qiluvchi omillar


Download 45.95 Kb.
bet6/6
Sana03.12.2023
Hajmi45.95 Kb.
#1798132
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzu Bozor munosabatlari sharoitida iste’molchining o’rni-fayllar.org (1)

Iste'molchilarning guruhlanishi va ularning xulq-atvoriga ta'sir qiluvchi omillar.
Iste'molchilarni o’rganishdan asosiy maqsad ularning ehtiyojini to’laroq qondirish maqsadida talabini aniqlashdan iboratdir. Iste'molchildarning talabini to’laroq qondirish uchun avvalo, mavjud ehtiyojlarni chuqur tahlil qilish, o’sish qonuniyatlarini o’rganish va yangi ehtiyojlarning shakllanishi borasida ma'lumotlarga ega bo’lish talab etiladi. Iste'molchilarning ehtiyojini o’rganish natijasida quyidagi vazifalarni bajarish mumkin bo’ladi:
1) ehtiyojning ierarxik strukturasini tuzish;
2) ayrim ehtiyojlarning miqdoriy ko’rsatkichini va dinamikasini aniqlash;
3) iste'molchilarning birinchi navbatda qaysi ehtiyojini qondirishga moyilligini bilish;
4) tovarlar va xizmatlarning iste'mol xususiyatlarini o’lchash va guruhlash;
5) qondirilgan va qondirilmagan talab strukturasini aniqlash va boshqalar.
Umuman aytganda, firma yoki korxona boshqaruvchilari ular tomonidan qo’llanilayotgan ta'sir etuvchi marketing uslublariga nisbatan iste'molchilar qanday munosabat bildirayotganligini yaqqol tasavvur qila bilishlari kerak. Bozorda iste'molchilarning xulq-atvoriga, xarid qilingan tovarning qandayligiga xaridorning shaxs, madaniyati, iqtisodiy ahvoli va psixologik omillar katta ta'sir ko’rsatadi.
Shaxsiy omillar. Iste'molchilarning bozordagi xulq-atvori shaxsiy tartibdagi omillar asosida ham shakllanadi. Shaxsiy omillarga xaridorning yoshi, oilaviy hayot tarzi, nima ish bilan shug’ullanishi, iqtisodiy ahvoli (oila daromadi yoki bir oila a'zosiga to’g’ri keladigan daromad miqdori), hayot tarzi, shaxs turi kabi sifatlar kiradi. Masalan, shaxsning oilaviy hayot tarzi deganda uning uylanganligi yoki uylanmaganligi, uylangan bo’lsa oilasida necha nafar farzandi borligi, ota-onasi bilan yashaydimi yoki alohida yashaydimi, ota-onalarining yoshi va hokazo kabi ko’rsatkichlar tushuniladi. Bu ko’rsatkichlarning har biri esa o’z navbatida xarid qilinayotgan tovar va talab qilinayotgan xizmatga ma'lum darajada ta'sir ko’rsatadi
Hozirgi davrdagi bozor murakkab tuzilishga egadir. Bozorning ichki tuzilishi murakkab bo’lganligi sababli uni turkumlashga har xil me’zonlar asos qilib olinadi. Bular bozorning yetuklik darajasi, sotiladigan va sotib olinadigan mahsulot turi, bozor subyektlari xususiyatlari, bozor miqyosi, iqtisodiy aloqalar tavsifi va boshqalar. Bozorning yetuklik darajasiga qarab rivojlanmagan bozor, klassik (erkin) bozor, hozirgi zamon rivojlangan bozorlariga bo’linadi. Rivojlanmagan, shakllanmagan bozor ko’proq, tasodifiy tavsifga ega bo’lib, unda tovarni tovarga ayirboshlash usuli (barter) ko’proq qo’llaniladi. Bozorning bu turi tarixan hali haqiqiy pul kelib chiqmagan davrga to’g’ri keladi. Lekin hozirgi davrda ham ayrim mamlakatlarda pul inqirozga uchrab, ijtimoiy ishonchni yo’qotgan, bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan davrlarda ham bu bozor amal qilishi mumkin.

Ijtimoiy omillar. Ijtimoiy omillarga kichik guruhlar, nazorat guruhlari, oila va yakka shaxsning jamiyatdagi o’rni kiradi.


Iste'molchilarning ahloqi va hulq-atvoriga oilaning ta'siri kuchli va turg’un hisoblanadi. Oila yakka shaxsda eng kichik yoshdan boshlab uning dunyoqarashining shakllanishida muhim rol o’ynaydi. Yakka shaxs ota-onalar va boshqa oila a'zolaridan din, siyosat, iqtisod, o’zgalarni va o’zini-o’zi hurmat qilish, shuhratparastlik, muhabbat va boshqa xislatlar to’g’risida atroflicha ma'lumotlarni oladi. Ming afsuski, keyingi paytlarda ota-onalar va katta yoshdagi oila a'zolarining nihoyatda ish bilan band bo’layotganligi sababli, ular o’z bolalari ta'lim tarbiyasida faol ishtirok eta olmayotirlar. Bu esa bolalarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirishni oila tashqarisidan izlashni keltirib chiqarmoqda. Xuddi shuningdek, bu borada shaxsning jamiyatdagi o’rni ham muhim hisoblanai. Masalan, shaxs direktor lavozimida ishlayotgan bo’lsa yoki oilada ota bo’lsa, uning xaridorlik xulq-atvoriga ana shu status ham katta ta'sir ko’rsatadi. Psixologik omillar. Psixologik omillar tarkibiga tovar sotib olishni asoslash, qabul qilish, o’zlashtirish, ishontirish va munosabat kiradi. Bu omillar iste'molchining xulq atvoriga katta ta'sir ko’rsatadi. Asoslash - shunday zaruriyatki, natijada inson zaruriyatni qondirish yo’llarini va uslublarini izlaydi. Insonlar turli ehtiyoj va xohishga ega. Agar xohish etarli darajada kuchli bo’lsa, inson ma'lum harakatni amalga oshiradi, ya'ni xarid qiladi. Inson o’z xohishini asoslagandan so’ngra, u harakatni amalga oshirishi mumkin. Lekin, uning harakatining xarakteri mazkur holatni qanday qabul qilishiga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi. Masalan, ikki xil xaridor mavjud ob'ektiv holatni ikki xil baholashi natijasida bir-biriga o’xshamagan ikki xil harakatni amalga oshirishi mumkin.
O’zlashtirish - bu shaxsning ko’p vaqtlar davomida yig’ilgan tajribalari asosida xulq-atvorida bo’ladigan o’zgarishlardir.
Iste'molchilarning xulq-atvoriga ishonganlik, ya'ni ma'lum darajada tovar haqida tasavvurga ega bo’lish ham ta'sir ko’satadi. Ishonchlilik aniq bilimga, fikrga, e'tiqodga asoslanadi. Shu sababli marketologlarning iste'molchilarning sotilayotgan tovar haqida qanday tasavvurga ega ekanligini bilishlari ham foydadan xoli emas. Ma'lumki, ishonmaslik ma'lum tovarni xarid qilishda to’sqinlikni vujudga keltiradi. Insonlarning kiyim-kechakka, oziq-ovqat mahsulotlariga, musiqaga, siyosatga, dinga va boshqa ko’pgina narsalarga ma'lum bir munosabati shakllanadi.
Munosabat - bu ma'lum bir predmet va g’oyalarga nisbatan turg’un holdagi yaxshi va yomon baho, fikr, his-tuyg’ularning shakllanishi bo’lib, u xaridorlarning xulq atvoriga kuchli ta'sir ko’rsatadi. Munosabatni o’zgartirish qiyin, lekin marketing siyosatini shakllantirishda bu munosabatni ma'lum bir munosabatga maksimal darajada moslashtirib hisobga olish talab etiladi.
Iste'molchilarning xulq-atvori deganda tovar xarid qiluvchilarning tovarni tanlash va sotib olish jarayonida tushinib etgan xatti-harakatlarining majmui tushuniladi. Korxonaning yoki firmaning bozorda samarali faoliyat ko’rsatishida ham ko’p hollarda iste'molchilarning xulq-atvorini o’rganish muhim hisoblanadi. Aynan, iste'molchilarning tovarning har xil xususiyatlariga, baho o’zgarishiga, reklamaga bo’lgan munosabatini yaxshi tushunib etgan firma raqobatchi firmaga qaranganda bir muncha qulayliklarga ega bo’ladi. Shu sababli ham firma va uning ilmiy xodimlari marketingning qo’zg’atuvchi omillari va xaridorlarning javob reaktsiyalari o’rtasidagi bog’liqlikni tadqiq qilishga ko’p vaqtlarini sarf qiladilar. Bu harakatlarning tayanch nuqtasi bo’lib esa xaridorlar xulq-atvorining oddiy modeli hisoblanadi.
XULOSA

Hozirgi kunda har bir davlatning boy yoki kambag’alligini bilish uchun avvalambor ana o’sha davlatning iqtisodiyotini o’rganib chiqish, tahlil qilish kerak bo’ladi. Albatta, har bir davlat o’z oldiga strategik yo’l qo’yib oladi. Dunyodagi eng boy davlatlarning boyligi shundaki, ular, allaqachon iqtisodiyotni barqarorlashtirib bo’lgan. Bozor munosabatlariga o’tish har bir davlat aholisining yashash tarzi, hayot kechirishi, xo’jalik yuritishi keskin o’zgartirib yuboradi. Hozirgi kunda har qanday davlatda bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga hos usullari mavjud. Bu usullarga tayanib davlat bozor iqtisodiyotini tartibga soladi. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, bu mavzuni o’rganishda, avvalambor, bozor tushunchasiga katta e’tibor berish zarur.


Bozor iqtisodiyotiga o’tishda O’zbekistonimiz ham o’zgacha yo’l bilan bormoqda. Bunga sabab muhtaram yurtboshimizning kuchli iqtisodchi va kuchli siyosatchi bo’lganligi. Yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev1 bozor munosabatlariga asoslab bir necha asarlar ham yozgan. Biz yoshlar ham bozor munosabatlariga keskin yondashib, O’zbekistonimiz taraqqiyotini yuksak marralarga ko’tarishimiz darkor.
Marketingda bozor deganda ma'lum tarmoq tovarlariga ehtiyoj sezuvchi va uni qondirish imkoniyatiga ega bo’lgan potentsial iste'molchilarning majmui tushuniladi.
Konyunktura deganda ma'lum omillarning ta'siri natijasida vujudga keladigan qisqa muddatli shart-sharoitlar tushuniladi. Omillarning o’zgarishi konьyunkturaning o’zgarishiga olib keladi. Konyunkturani o’rganishning birinchi bosqichi iqtisodiyotning holatini tahlil qilishdan boshlanadi. Bozor konyunkturasining hozirgi holati iqtisodiy siyosatning bir-ikki yil oldin bajarilgan harakatlarning mahsuli bo’lganligi sababli, makroiqtisodiy tahlil kamida ikki yillik muddatni qamrab olishi maqsadga muvofiq.
Bozor konyukturasini o’rganishning sotuvchi va ishlab chiqaruvchilar uchun zarurligi kelajakda ishlab chiqarish quvvatlarini qaysi yo’nalishda rivojlantirish va qanday sotish siyosatini qo’llash bo’yicha aniq va ishonchli axborotga ega bo’lishda namoyon bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1.Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Toshkent. O’zbekiston. 2014.-40b. O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi. 2014 y. 16-son. (o’zgartirish va qo’shimchalar bilan).
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 21 avgustdagi «Ta’lim va tibbiyot muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini xamda davlat moliyaviy nazorati tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida»gi 3231-son Qarori.
3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasi 2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlari va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida”gi 2699-son Qarori.
4. О‘zbekistоn Respublikаsi Prezidentining 2017-yil 29-dekаbrdаgi “О‘zbekistоn Respublikаsining 2018-yilgi аsоsiy mаkrоiqtisоdiy kо‘rsаtkichlаri prоgnоzlаri vа dаvlаt byudjeti pаrаmetrlаri tо‘g‘risidа”gi PQ-3454-sоnli Qаrоri.
5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 fevraldagi “Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni to’lash mexanizmini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 2753-son Qarori.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi 4947-son Farmoni.O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari teplami. 2017 y. 6-son.
2. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari
7. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning mamlakatimizni 2015 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2016 yil.
8. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Konstituttsiyasining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2016 yil. 8 dekabr.
9. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish-ning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. \\ Xalq so’zi. 2016 yil.
10. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O’zbekiston” NMIU, 2017. -56 b.
11 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi. 2017 yil. 22 dekabr.
3. Darslik va o’quv adabiyotlari
15. Allayorov Sh.A., Toshmuxamedova D.A. Davlat pensiya ta’minoti. O’quv qo’llanma. . – T.: IQTISOD-MOLIYA. 2015. – 248 b.
16. Azizova I. A. Natijaga yo’naltirilgan byudjetlashtirish. O’quv qo’llanma. - T.: info COM. UZ nashriyoti. 2010. -152 b.
17. Зарипова И.Р.. Хафизова В.Р. История развития и современное состояние межбюджетних отношений в России. УФА. ГП Принт. 2016. 287 с.
18. Kasimova G.A., Shaakramov K. Mahalliy byudjetlar. O’quv qo’llanma. – T.:Moliya. 2012. -260 b.
19. Kasimova G.A. G’aznachilik. O’quv qo’llanma. – T.:Moliya. 2013. -487 b.
20. Kasimova G.A. G’aznachilik. O’quv qo’llanma. -T.: «IQTISODMOLIYA», 2015. -472 b.
21. Public budgeting systems / Robert Lee, Ronald Johnson, and Philip Joyce. Ninth Edition Copyright© 2013. by Jones & Bartlett Learning, LLC, an Ascend Learning Company.-587 b.
22. Pardaev U.U. Davlat byudjetini prognozlashtirish. Monografiya. – T.:«IQTISOD-MOLIYA». 2017. 240 b.
4. Davriy nashrlar (gazeta va jurnallar)
23. Alimov I. Byudjet tizimi o’ziga xos xususiyatlar. \\ Biznes-Ekspert. 2017 yil. №.7. –B.40-43.
24. Ahmadjonov Sh.A., Allaqulov A.A. O’zbekistonda natijaviylikka yo’naltirilgan byudjetlashtirish masalalari va xorij tajribasi.//Moliya.– Toshkent. 2015. №3. –B.7-12
25. Karimova Z.X. Davlat byudjetining Yagona g’azna hisobvarag’idagi mablag’larni boshqarish masalalari. www.interfinance.uz. “Xalqaro moliya va hisob” elektron jurnali. -Toshkent. 2017. -№1. fevral.
5.Internet-saytma’lumotlari
www.lex.uz(O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy bazasi).
www.treasury.uz(O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligi).
www.mf.uz(O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi).

1 O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Oliy majlis Senati va Qonunchilik palatasiga Murojaatnomasi. 2017 yil. 22 dekabr.





http://fayllar.org
Download 45.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling