Mavzu: bozor sharoitlarida moliyaviy resurslarni shakllantirish va ulardan foydalanish
Download 308.95 Kb. Pdf ko'rish
|
\'Korxona moliyasi
Nmf: X
mrx Bu yerda: S mr - Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; Nmf - ma’lum davr (o‘tgan yoki rejali) uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatining moliyaviy natijasi; X mrx - shu moliyaviy natijani qo‘lga kiritish uchun xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qilingan (yoki rejalashtirilgan) moliyaviy resurslar xarajatlari. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini aniqlashda shu narsani inobatga olish kerakki, moliyaviy natija faqat moliyaviy emas, balki moddiy va mehnat resurslari xarajatlarining natijasi hamdir. Shuning uchun ham, masalan, mahsulotni realizatsiya qilishdan olingan foydani taqqoslab turib, buning natijasida faqat faoliyatning sof moliyaviy tomonini xarakterlovchi ko‘rsatkichga ega bo‘lamiz, deb hisoblash maqsadga muvofiq emas. Moliyaviy samaradorlikni aniqlash formulasi quyidagi ko‘rinishni oladi: S mr = (P* - P) : P Bu yerda: S mr - xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligi; P*-P - bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan olingan daromad. Bevosita moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish natijasida xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan olingan daromad tarkibiga quyidagilar kiradi: xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning tomonidan aksiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni emissiya qilish asosida bozorda joylashtirishdan olingan dividentlar; boshqa emitentlar qimmatli qog‘ozlarini sotib olishdan olingan dividentlar; banklardagi pul omonatlaridan olingan foiz daromadlari; xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning foydasidagi valyutalar kurslari bo‘yicha farqlar va boshqalar. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning iqtisodiy rentabelligi (biznesning rentabelligi) ko‘rsatkichi: R i = F : (K ayk + K ak + A nom ) Bu yerda: R i - Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy rentabelligi, biznesning rentabelligi; F - yillik foyda; K ayk - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt aylanma kapitalining miqdori (qiymatiy baholarda); K ak - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt asosiy kapitalining miqdori (qiymatiy baholarda); A nom -xo‘jalik yurituvchi sub’ekt nomoddiy aktivlarining miqdori (qiymatiy baholarda). Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moliyaviy resurslaridan foydalanish samaradorligini tahlil qilishda uning moliyaviy barqarorligi, to‘lovga layoqatligi va likvidligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlardan chetda qolmaslik kerak. Bu yerda ham o‘zining mazmuniga ko‘ra sof moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Sof moliyaviy ko‘rsatkichlar qatoriga absolyut va muddatli likvidlik koeffitsientlarini kiritish mumkinki, ular yordamida xo‘jalik yurituvchi sub’ektning potensial to‘lov qobiliyati baholanadi: K al = (P + QQ) : M qm K mud = (P + QQ + DQ) : M qm Bu yerda: K al - absolyut likvidlik koeffitsienti; K mud - muddatli likvidlik koeffitsienti; P - hisob varaqlardagi va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt kassasidagi pullar; QQ - likvidli qimmatli qog‘ozlar; DQ - mobilizatsiya qilingan debitorlik qarzlari; M qm - xo‘jalik yurituvchi sub’ektning qisqa muddatli majburiyatlari. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektning pul mablag‘lari va moddiy resurslarining pulli (qiymatiy) bahosi aralashadigan ko‘rsatkich joriy likvidlik koeffitsientidir (qoplash koeffitsienti). U quyidagicha hisoblanadi: K jl = (PM + MAM) : Mqm Bu yerda: K jl — joriy liklidlik koeffitsienti; PM-pullar va ularga tenglashtirilgan mablag‘lar (likvidli qimmatli qog‘ozlar va jalb qilingan debitorlik qarzlari); MAM - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt moddiy aylanma mablag‘larining qiymatiy bahosi; M qm - xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ning qisqa muddatli majburiyatlari. Download 308.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling