Mavzu: Bozor vz uning tuzilishi


BOZOR INFRATUZILMASI. Maqsadi


Download 102.48 Kb.
bet4/9
Sana16.04.2023
Hajmi102.48 Kb.
#1359177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdumaxmudov M kurs ishi

BOZOR INFRATUZILMASI. Maqsadi. Vazifalari Bozor ishtirokchilariga xizmat ko‘rsatish, ular o'rtasidagi bozor aloqalarini tashkil etish va tartibga solish orqali manfaatlarining to'laroq ro'yobga chiqishi uchun shait-sharoit yaratish, xo'jalik yuritish samaradorligini oshirish Bozor subyektlari manfaatlarining ro‘yobga chiqishiga ko'maklashish Bozor ishtirokchilari xarajatlarini minimallashtirish Bozor talabi indikatori vazifasini bajarish Bozor aloqalarini tashkiliy jihatdan rasmiylashtirish Bozor subyektlari ishining tezkorligi va samaradorligini oshirish Tovarlarning ijtimoiy-zaruriy narxlarini belgilashga ko'maklashish Biznesni tartibga solish, huquqiy va iqtisodiy jihatdan nazorat qilish va hokazo Harakatchanlik Bozorning barcha ishtirokchilari uchun foydalanish imkoniyati Moslashuvchanl ik Ishonchlilik Baraarorlik Har bir bo(g‘inning ishida ixtisoslashuv va mehnat taqsimoti hisobiga erishiluvchi samaradorlik O‘zini-o‘zi tartiblash Ichki raqobatning mavjudligi. Bozor infratuzilmasi tushunchasi, uning maqsadi va vazifalarini yoritishga yana ko‘plab olimlar o'zlarining qarashlarini berishgan. Xususan, A.Bekmurodov boshchiligidagi mualliflar guruhi tomonidan tayyorlangan “Ommabop iqtisodiyot: mohiyati va asosiy tushunchalari” nomli o'quv qo'llanmasida infratuzilmaning turlarini va vazifalarini yoritishga quyidagicha yondashilgan. Bu yondashuvlar bozor infratuzilmasining ma’lum taraflarini yoritsada, ba’zi bir holatlami kengroq yoritish mumkinligini ko'rishimiz mumkin. Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va rivojlanishi darajasi turli mamlakatlarda turlicha bo'lishi mumkin. Bu esa: -iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi; -unda olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning xususiyatlari; -infratuzilma sohasining rivojlanishiga bo'lgan e’tibor; -davlat tomonidan qo'llab-quwatlashning mavjudligi kabi bir qator omillar ta’siri ostida shakllanadi. Shunga ko'ra, O'zbekistonda bozor infratuzilmasining rivojlanish xususiyatlarini o'rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ilmiy tadqiqotlarda bozor infratuzilmasini ta’riflashda, rivojlangan infratuzilmaga ega bo'lgan mamlakatlar tajribasini tahlil qilish va 0 ‘zbekistonning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga oigan holda quyidagi uslubiy yondashuvlar tavsiya etiladi: - funksional; - tarmoq; - bozorlarga xizmat qilish; -hududiy faoliyati; - mulk shakllari; - rivojlanganlik darajasi. 0 ‘zbekistonda bozor infratuzilmasining shakllanishi 0 ‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tgan ilk yillaridayoq namoyon bo‘la boshladi va uning samarali amal qilishini ta’minlash bo‘yicha Prezidentimiz asarlarida va ma’ruzalarida juda ko‘p marta alohida e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan muhim ustuvor vazifalar sirasiga kiritilgan. A.Bekmurodov va boshqa mualliflarning “Ommabop iqtisodiyot: mohiyati va asosiy tushunchalari” nomli o ‘quv qo‘llanmasida infratuzilmaning mazmuniga “Bozor infratuzilmasi - bu tovar va xizmatlar harakatini vositalovchi tashkiliy-huquqiy shakllar yig‘indisi” deb ta’rif berilgan. Shu bilan birga ushbu qo‘llanmada infratuzilma mazmuni bilan bog‘liq boigan, uning belgi va mezonlarini tavsiflovchi boshqa tushunchalarga ham ta’rif berilgan. Jumladan, “Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasi - bu alohida bozorlar doirasida harakatlanuvchi va ulaming me’yoriy tartibda amal qilishini ta’minlash bo‘yicha ma’lum vazifalami bajaruvchi o‘zaro bog‘liq ixtisoslashtirilgan institutlar yig‘indisi. Bozor infratuzilmasi institutlari - bozor munosabatlari amal qilishi, barcha bozor faoliyati turlarining muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlovchi korxonalar yig ‘ indisi”. Bu yerda bozor infratuzilmasini yoritishga asosan bozor iqtisodiyoti subyektlari nuqtayi nazaridan yondashilgan. R.Ioximsen infratuzilmani xo‘jalik faoliyati darajasini oshiruvchi, hududlarda xo‘jalik birligini tashkil etishga imkoniyat yaratuvchi, bir xilda sarf qilgan xarajatlariga oladigan daromadlarini tenglashtiruvchi moddiy, shaxsiy va institutsional faoliyat turlari va ular tashkilotlarining yig‘indisi sifatida talqin qiladi. Yana shunday nuqtayi nazar ham mavjudki, unga ko‘ra infratuzilma qulay faoliyat maydonini ta’minlashga qaratilgan sanoat korxonalarining muvaffaqiyatli amal qilishi uchun zarur moddiy-texnikaviy sharoitlami ta’minlovchi obyekt va inshootlaming yig‘indisi sifatidagi jam g‘arilgan moddiy boylikni tashkil etadi. Bugungi kunda 0 ‘zbekistonda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi juda ko‘plab omil va xususiyatlami, jumladan, respublikamizning geosiyosiy va geostrategik holati; mineralxomashyo resurslarining mavjudligi va tabiiy-iqlimiy sharoitlar; demografik ahvol; aholi an’analari, odatlari, hayot tarzi, mentaliteti; iqtisodiy tizimni bosqichma-bosqich isloh qilish; davlatning faol belgilovchi roli; islohotlarga qadar davrdagi iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishidagi nomuvofiqliklar; kuchli ijtimoiy siyosat zarurligi kabilami e’tiborga oigan holda amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga bozor mexanizmlarining samarali amal qilishi uchun zarur boMgan barcha shart-sharoitlarni, shu jumladan, bozor infratuzilmasining toMaqonli faoliyatini ta’minlash davlatning asosiy vazifalaridan biriga aylangan. Zero, Prezidentimiz ta’kidlaganidek, “Keng tarmoqli bozor infratuzilmasi - fond va ulgurji bozorlar, biijalar, kredit va moliya muassasalari, lizing va konsalting kompaniyalari, tadbirkorlarga xizmat qilishi lozim boMgan boshqa tuzilmalar tom ma’noda shakllantirilmas ekan, ular toMa kuch bilan ishlamas ekan, iqtisodiyotimizni ochiq, erkin, eng muhimi, samarali, qisqa qilib aytganda, haqiqiy bozor iqtisodiyotiga aylantira olmaymiz” Bozor infratuzilmasining rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Jumladan, bunday xususiyatlardan biri boMib bozor infratuzilmasining samarali amal qilishini ta’minlashda davlatning alohida rolining zarurligi hisoblanadi. Chunki, bunday zaruriyat quyidagi holatlar bilan izohlanadi: - infratuzilma sohasidagi talab va taklifni tartibga solib turuvchi bozor mexanizmining samarali amal qilmasligi; - infratuzilma obyektlari xizmatiga boMgan narxlar bo‘yicha talabning elastik emasligi; - infratuzilma xizmatlari bozorining notekis tarkibiy tuzilishi natijasida bozordagi muvozanatga erishishda davlat tomonidan aralashuvning zarurligi; - infratuzilma sohasi faoliyatining rivojlanishi asosiy tarmoqning rivojlanish darajasiga bogMiqligi va boshqalar. Shungako'ra, O'zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o'tishning birinchi bosqichidayoq iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlari, ya’ni mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish; narxni bosqichma-bosqich erkinlashtirish; moliya-kredit islohotini o‘tkazish; iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlami amalga oshirish aholini ijtimoiy himoyaqilish bilan bir qatorda bozor infratuzilmasini yaratish ham muhim yo‘nalish sifatida belgilab olindi. Bozor infratuzilmasini shakllantirish borasida davlat tomonidan quyidagi chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratish ko‘zda tutildi: - bozor subyektlari o‘rtasidagi bevosita xo‘jalik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish; - bozorning mavjud turlami rivojlantirib, yangilarini vujudga keltirish; - iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirishga ko‘maklashuvchi idoralami barpo etish; - bozor sharoitida ishlay oladigan malakali kadrlami tayyorlash. Mamlakatimizda bozor infratuzilmasi rivojlanishining xususiyatlaridan yana biri - bu uning alohida holda emas, balki iqtisodiyotda olib borilayotgan o‘zgarishlar bilan chambarchas bogliq holda olib borilishidir. Jumladan, mulkchilikning turli shakllarini vujudga keltirishda davlat mulkini baholash, uni sotishga tayyorlash va sotish, yangi mulk egasiga berish, mulk egalari o‘rtasidagi bitimlami ro‘yxatga olish, xususiylashtirish va davlat tasarrufidan chiqarishda salohiyatli mulk egalarini aniqlash, ulami moliyaviy jihatdan qollab-quvvatlash kabi vazifalami bajarish maqsadida ko‘plab infratuzilma unsurlari barpo etildi. Shuningdek, iqtisodiyotning barcha sohalari, ayniqsa bozor infratuzilmasi tarkibiga kiruvchi bank-kredit, sug‘urta tizimlari faoliyatining erkinlashtirilishi ham yangi tashkiliy tuzilmalaming shakllantirilishiga imkon yaratdi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal sur’atlar bilan rivojlantirish, o‘rta mulkdorlar sinfini qaror toptirishga bolgan e’tibor tadbirkorlik faoliyatini qoMlab-quvvatlashga, ulaming ish samarasini oshirishga ixtisoslashgan ko‘plab tuzilmalaming vujudga kelishiga olib keldi. Bozor infratuzilmasini yaratish uzoq davom etuvchi va murakkab jarayon hisoblanadi. Ayniqsa, uning tarkibidagi tuzilmalami barpo etish uchun ulaming iqtisodiy tabiatidan kelib chiqqan holda alohida yondashuv zarur bolib, bu boradagi tadbirlar bosqichma-bosqich va izchil ravishda amalga oshirib borilishi lozim. Shunga ko‘ra, birinchi yurtboshimiz I.A.Karimov, awalambor, bozor sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o ‘zaro munosabatlami ta’minlaydigan muhit yaratish zarurligini ta’kidlagan holda bozor infratuzilmasini yaratish birinchi darajali vazifalardan ekanligini ko'rsatib berdi. Ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan meros bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar mexanizmini bozor munosabatlari mexanizmi bilan almashtirish va shu asosda ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilar manfaatlari mushtarakligini ta’minlash, buning uchun «bevosita xo‘jalik aloqalarini har tomonlama rivojlantirish, tovarlar, sarmoya, ishchi kuchi va boshqa bozorlami shakllantirish borasidagi chora-tadbirlami amalga oshirish, bozor infrastrukturasini vujudga keltirish, bozor sharoitida ishlay oladigan malakali kadrlar tayyorlash». Bozor infratuzilmasining bu barcha unsurlari ishlab chiqaruvchilaming savdo-sotiq, moliya-kredit ishlariga, sherik topishiga, ishchi kuchini yollashiga ko'maklashadi, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi tadbirlarini amalga oshiradi. ishlab chiqaruvchilar o'rtasida aloqa o'matishga yordam beradi. Ularning bir qismi davlat mulkchiligida joylashsa. boshqalari mustaqil muassasa va uyushmalardan iborat bo'lib. ko'rsatgan xizmatlari uchun haq oladi. Bozor infratuzilmasida tovar (xizmat)lar muomalasiga xizmat ko'rsatuvchi muassasalar muhim o'rin tutishi sababli ularning asosiylarining qisqacha tavsifmi beramiz. Birja - namuna (yoki standart)lar asosida ommaviy tovarlarning muntazam savdo-sotiq ishlarini o'tkazuvchi tijorat muassasalaridir. Tovar birjalaridan farq qilib, fond birjasida qimmatbaho qog'ozlar va chet el valyutalarining oldi-sotdisi amalga oshsa, mehnat biijasi ishchi kuchi egasi bilan uni yollovchi korxona o'rtasida turib, unga bo'lgan talab va taklifni bir-biriga bog'laydi. Birjaning barcha shakllarida kelishuvning xarakterli belgisi tovar, aksiya va valyuta kurslariga, narxning tebranib turishiga chayqov yo'li bilan ta’sir qilishdir. Birjada uning qatnashchilari ayirboshlash to'g'risida bitim tuzadi, lekin tovarni etkazib berish va uning haqini to'lash biijadan tashqarida yuz beradi. Bunda tovar egasi va xaridorlar qatnashishi shart emas. Ular nomidan ishni brokerlar (dallollar) yuritadi. Broker (makler)lar - bu tovar, fond va valyuta birjalarida oldi-sotdi bitimlarini tuzishda vositachilik qiladigan shaxs yoki maxsus firma. Ular, odatda, mijozlar topshirig‘iga ko'ra va uning hisobiga ish yuritadi, kafolat beruvchi hisobiga o'z nomidan savdo bitimlari tuzishi ham mumkin. Biijaning yana bir xususiyati shundaki, bu erda hali ishlab chiqarilmagan, lekin tayyorlanishi aniq bo'lgan, oldin sotib olinib, egasi ixtiyoriga kelib tushmagan tovarlar ham sotiladi. Birjalar ixtisoslashgan yoki universal bo'lishi mumkin. Ixtisoslashgan birjalarda ayrim turdagi yoki bir guruh tovarlar, universal birjalarda har xil tovarlar sotiladi Auksionlar - alohida xususiyatlarga ega bo'lgan tovarlarni sotish uchun muayyan joylarda tashkil qilingan maxsus kim oshdi savdo muassasasi. Auksionda savdo tovarlarning nisbatan cheklangan ro'yxati bo'yicha, ommaviy sotuvga qo'yish yo'li bilan o'tkaziladi. Auksion e’lon qilingan vaqtda va ma’lum davrda o'tkaziladi. Bunda tovarlarning bozorga kelib tushish mavsumi va hajmi inobatga olinadi. ro'yxatda ko'rsatilgan tartibda savdoga qo'yiladi, xaridorlar orasida eng yuqori narxni taklif qilgan kishi tovarni sotib oladi. Auksionlarda san’at asarlari, noyob buyumlar, kolleksiyalar ham sotilishi mumkin. Savdo yarmarkalari ma’lum vaqtda o'tkazilib, bu yerda tovarlar ulguiji ravishda oldi-sotdi qilinadi. Tovar savdosi uning egasi bilan savdo firmasi o'rtasida yuz berib, unda bevosita iste'molchi qatnashmaydi. Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan yoki universal bo'lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va h.k.) universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o'rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporasiyalari tarkibida ish yuritib, ulguiji va chakana savdo bilan shug'ullanadigan turlarga bo'linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug'ullanadi. Ulgurji savdo firmalari tovarlarni o'z mulkiga sotib olib, keyin iste'molchilarga sotadi. Chakana savdo firmalari har xil shaklni olib, ular mustaqil do'konlar, maxsus do'konlar va supermarketlardan iborat bo'ladi. Supermarket - bu xaridorning o'z-o'ziga xizmat ko'rsatishiga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi. U tovarlarning deyarli hamma turlari bilan, jumladan, import tovarlar bilan savdo qiladi. Supermarket xaridorlarga bepul maslahatlar beradi, tovarlarni buyurtma bo'yicha xaridor uyiga yetkazadi, ularga madaniy-maishiy xizmat ko'rsatadi. Ko'p tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular o'z nomidan va ko'pincha o'zlari hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug'urta xizmati ko'rsatish bilan moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. Infratuzilma tizimida moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o'ringa ega. Ular moliya bozori. uning asosi bo'lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o'matadi. Moliyaviy muassasalardan ko'pchiligi o'ziga xos belgilarga ega bo'lsada, ularning barchasi bitta umumiy belgiga ega. Ular o'zlarining majburiyatlarini bildiradi, ya'ni mablag'lari ortiqcha bo'lgan sub’yektlardan pul qarz oladi va o'z nomidan mablag'lari yetishmagan sub’yektlaiga pul qarz beradi. Bozor infratuzilmasining banklar, sug'urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari moliya-kredit munosabatlarida alohida o'ziga xos o'ringa ega. Ulaming iqtisodiy faoliyati va moliyaviy munosabatlarda tutgan o'mi bilan keyingi boblarda batafsil tanishamiz. Bozor iqtisodiyoti subyektlarini moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan, auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar - korxona, firma, kompaniyalar moliyaviy xo'jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o'tkazuvchi idora. Ular odatda, aksioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat ko'rsatadi va to'liq mustaqillikka ega bo'ladi. Auditor firmalar o'z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan unsurlari barcha bozor turlarining faoliyat ko'rsatishi hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta'minlaydi.

Download 102.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling