Mavzu: Bozor vz uning tuzilishi


Download 102.48 Kb.
bet2/9
Sana16.04.2023
Hajmi102.48 Kb.
#1359177
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdumaxmudov M kurs ishi

1.Bozorning zarurligi

Vazirlar Mahkamasining 253-sonli qarori bilan O‘zbekistonda bozorlar va savdo majmualari faoliyatini tashkil etish qoidalari tasdiqlangan.
Belgilangan qoidalarga binoan, dehqon bozori, chorva, parranda va boshqa hayvonlar bilan savdo qiluvchi bozor, shuningdek buyumlar bozori alohida bo‘lishi va yozuvlar bilan ko‘rsatib qo‘yilishi aytilmoqda.
Qarorda ko‘rsatilishicha, bundan buyon respublikadagi bozorlar hududi elektr bilan yoritilganligi, atrofi to‘silganligi, bozorga kirish va chiqish joylari bo‘lishi kerakligi, savdo rastalari raqamlanganligiga e‘tibor qaratiladi.
Bozor hududidagi e‘lonlar davlat tilida yozib qo‘yilishi ham ta‘kidlangan.
Savdo majmualari va bozorlarda belgilangandan tashqari qo‘shimcha savdo joylarini tashkil etish, shuningdek konteynerlar, avtomashinalardan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish mumkin emas.
Shuningdek, alkogol ichimliklarni, qimmatbaho taqinchoqlar va buyumlarni, audio-video yozuvlar, kompyuter dasturlari, dori vositalarini bozor savdo nuqtalaridan tashqarida sotishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Bozorda 1,2 metrdan ortiq joyni egallagan kishi qo‘shimcha haq to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, o‘ziga tegishli joyni boshqa kishiga savdo qilish uchun berib turishi qonunga zidligi ta‘kidlangan.
Qoidaga binoan, tadbirkorlardan ijara to‘lovlari va boshqa xizmatlar uchun to‘lovlar faqat bank tizimi orqali avtomatlashtirilgan hisob yo‘li bilan olinadi.
Bunda yig‘imning to‘liqligi davlat soliq xizmati organlarining xodimlari tomonidan har kuni tekshirib borilishi aytilgan.
Shunisi e‘tiborliki, qarorga asosan bundan buyon bozor hududida pul ayirboshlash shahobchalaridan tashqari horij valyutasini sotish taqiqlanadi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar esa, keltirgan import tovarlari va o‘zi tayyorlagan mahsulotlarni sotish huquqiga egaligi saqlanib qoladi.

Bozor iqtisodiyoti — tovar-pul munosabatlariga asoslangan, turli mulkchilikka hamda iqtisodiy erkinlikka tayangan va raqobat vositasida boshqarilib turuvchi demokratik iqtisodiyot. Bozor iqtisodiyoti insoniyat taraqqiyotida mavjud boʻlgan eng progressiv va istiqbolli tizimdir. Bozor iqtisodiyoti ning asosini tovar ishlab chiqarish tashkil etadi, chunki bu yerda natural xoʻjalik emas, balki tovar xoʻjaligi hukmron boʻladi. Yaratilgan mahsulotlar va xizmatlar tovar shakliga ega boʻladi, yaʼni ular bozorda oldisotdi qilish uchun yaratiladi. Bozor iqtisodiyoti ga barter emas, balki tovar ayirboshlash, yaʼni oldisotdi yuritish xos. Shu bois natural isteʼmol oʻrniga tovar isteʼmoli ustuvorlik qiladi. Bozor iqtisodiyoti iqtisodiy liberalizm, yaʼni erkinlik, mulkiy erkinlik va xoʻjalik yuritish erkinligiga asoslanadi. Xususiy mulk asosiy boʻlgan holda boshqa mulk shakllari ham mavjud boʻladi. Xilmaxil mulkchilik yoki barcha mulk shakllarining , chunonchi xususiyindividual, xususiy korporativ, jamoa mulklari hamda davlat mulkining erkin rivojlanishi natijasida mulkiy muvozanat hosil boʻlib, hech bir mulk shaklining monopoliyasiga yoʻl berilmaydi. Bozor iqtisodiyoti da yakka tartibda, oʻz mulki va mablagʻiga tayangan holda, korporativ, sherikchilik asosida yer, bino, inshootlar, mashinalarni ijaraga olish, pulni qarzga koʻtarib ish yuritish usullari mavjud boʻladi. Bozor iqtisodiyoti ning tayanchi tadbirkorlik boʻlib, u tovar va xizmatlarni bozorga yetkazib berish asosida foyda topishga qaratiladi. Tadbirkorlar maxsus toifani tashkil etadi va odatda, iqtisodiy faol aholining 7—10% ni tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti da har bir kishi oʻz manfaatidan kelib chiqqan holda, qoʻlidan kelgan ishni qilib, ishlab topganini oʻzi oladi. Nimani, qancha ishlab chiqarish, uni qayerda va necha puldan sotilishini bozorda talab belgilaydi. Bozordagi narx talabdan kelib chiqqan holda talab — taklif nisbati asosida shakllanadi. Bozor iqtisodiyoti iqgisodiy subʼyektlar alohidalashganidan ular manfaati toʻqnashadi va shunday sharoitda raqobat paydo boʻladi. Raqobat Bozor iqtisodiyoti ni harakatga soluvchi kuch, uning rivojlanishini taʼminlovchi mexanizm hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti boshqarishning iktisodiy usullariga tayanadi. Bozor mexanizmi iqtisodiy ragʻbatlantirish mexanizmi boʻlib, uning asosiy vositasi puldir. Pul topishga intilish tovar va xizmatlarni koʻplab hamda sifatli qilib ishlab chiqarishni taʼminlaydi. Bozor iqtisodiyoti da pul boylikning umumiy va eng qulay shakliga — hammabop iqtisodiy aloqalar vositasiga aylanadi. Bozor iqtisodiyoti da boy boʻlish man etilmaydi, aksincha, unga yoʻl ochib beriladi, daromadning yuqori chegarasi boʻlmaydi, ammo uning quyi chegarasini davlat belgilaydi va ishlovchilar mehnatiga beriladigan haq belgilangan eng kam ish haqilan past boʻlishi mumkin emas. Bozor iqtisodiyoti tovar taqchilligi boʻlmagan, tovarlar moʻlkoʻlligi taʼminlanadigan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyoti ga xos yana bir belgi — bu daromadlarda adolatli tengsizlikning boʻlishidir
Bozor — 1) sotuvchilar bilan haridorlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash munosabatlari; ishlab chiqarish bilan isteʼmolni oʻzaro bogʻlovchi mexanizm. Bozor. obʼyekti nafligi bor tovar va xizmatlar, subʼyekti esa B. ishtirokchilari (sotuvchi va haridorlar) boʻlib, ular firmalar, uy xoʻjaliklari, davlatning tashkilot, idoralari va boshqalardan iborat. B. ishtirokchilari tovar va xizmatlarni pul vositasida ayirboshlash yuzasidan munosabatlarga kirishadilar. Bozorda tovarlar bilan oldisotdi munosabatlari tovar ishlab chiqarish, tovar ayirboshlash va pul muomalasi qonunlariga binoan amalga oshiriladi. Bozorda. ishtirokchilari sotuvchi hamda haridor maqomiga ega boʻladilar. Bozorda 2 jarayon amalga oshadi: biri — tovarlarni sotish, bunda tovar pulga almashadi, yaʼni T—P; ikkinchisi — tovarni harid etish, pulni tovarga ayirboshlash, yaʼni P—T. Ayirboshlash ixtiyoriy va erkin shakllangan narxlarda olib boriladi. Bozor iqtisodiyotda ishlab chiqarishni isteʼmol bilan bogʻlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar Bozorga chikariladi, u yerda sotilgach, isteʼmolga kelib tushadi); kiymatning tovar shaklidan pul shakliga aylantirish; ishlab chiqarishning uzluksizligini taʼminlash (yaratilgan tovarlar va xizmatlar Bozordada sotilgach, tushgan pulga ishlab chiqarish uchun zarur iqtisodiy resurelar, chunonchi asbobuskunalar, mashinalar, yokilgʻi, ish kuchi sotib olinib, ishlab chiqarishni davom ettirish imkoniyati yaratiladi.); iqtisodiyotni tartiblash (nimani, qanday ishlab chiqarish, kim uchun ishlab chiqarish); mamlakatlar oʻrtasida iqtisodiy hamkorlik oʻrnatish singari vazifalarni bajaradi. Bunda talab va taklif, shunga muvofiknarliing oʻzgarishiga qarab ishlab chiqarish yuritiladi. Talab oshib narx oʻssa, ishlab chiqarish koʻpayadi, aksincha, taklif oshib talab kamaysa, ishlab chiqarish qisqaradi.
Bozor — iqtisodiyotda shaxslarning maqsadli-nafsiy xohish-istaklari ila naf va manfaatlari sari yetaklovchi imkoniyatlari doirasida tartiblashtirilgan refleksiv harakatlari evaziga turli(ijobiy yoki salbiy) samara darajasida ob’yektiv sodir boʻluvchi bozor tovarlari boʻyicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlari muhiti boʻlib, unda taraflarning nafsiy manfaatlari talab va taklif asosida shakllanadigan ob’yektiv narxlarda qondiriladi
Oʻrta Osiyo hududidagi Buxoro, Samarqand, Poykend, Urganch, Xiva, Marv, Numijkat, Isfijob, Ushturkat, Chagʻoniyon kabi shaharlarda savdo-sotiq qadimdan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarga kelib nafaqat shaharlarda, balki juda koʻp yirik qishloqlarda ham tim, toki, chorsu deb nomlangan gavjum bozorlar boʻlgan (Qarnob choʻl yoqasidagi, Narpay tumanidagi katta qishloq Tim deb ataladi. 10-asrda bu manzil katta savdo markazi boʻlgan, uning timi saqpanmagan). Gumbazli timlar eng gavjum chorrahachorsularda joylashgani uchun ham shaharning meʼmoriy qiyofasini belgilagan. Yengil yogʻoch tomli, ustunayvonli timlar ham koʻp boʻlgan. Chorrahalarda qurilgan tim, chorsu namunalarini Samarqand va Shahrisabz (17-asr), Xiva (Olloqulixon timi), Buxoro (Abdullaxon tilsh)dagi timlar misolida kuzatish mumkin. Samarqand chorsu B.i atrofida miskarlik, kulolchilik, sangtaroshlik, mahsidoʻzlik, najjorlik, sahhoflik, zargarlik kabi doʻkonlar joylashgan. Chorsu B.i gumbazli qilib qurilgan. Savdo doʻkonlarida matolar, ulardan tikilgan kiyim-kechaklar sotilgan. Rastalarda esa hoʻl mevalar va anvoyi shirinliklar koʻp boʻlgan. Shahrisabzdagi ulkan gumbazli Chorsu B.i (1598—1602)ning toʻrt tomonida qoʻsh tabaqali darvozasi bor edi. Gumbaz ostidagi savdo rastalari boʻylab toʻrt burchakli xonalar joylashgan. B.larda savdo rastalari muayyan mollar yoki hunarmandchilik mahsulotlariga moʻljallangan. Baʼzan mahsulot shu yerning oʻzida ishlab chiqarilib haridorlarga sotilgan. Maye, Buxoro zargarlar rastasi (Toqi Zargaron), Sarroflar rastasi (Toki Sarrofon), Miskarlar rastasi (Toqi Miskaron) va boshqa Oʻrta asrda Toshkentning markaziy B.ida 3 mingdan ortiq doʻkon maxsus rastalarga joylashgan. Xorazm vohasidagi Xiva B.ida 260 doʻkon, Urganchda 300, Qoʻngʻirotda 315, Xoʻjaylida 150 ga yaqin doʻkon boʻlgan. Shahar va qishloqlarda muayyan kunga belgilangan (seshanba, chorshanba, juma kabi) katta B.lar boʻlib, ularga butun Markaziy Osiyo va chet ellardan savdogarlar kelgan. B.da savdogar, doʻkondor, kosib, dehqon va mayda bozorchilar savdo qilishgan.
Bozorning zarurligi.Har birimiz bozor haqida koʻp marta eshitganmiz. Bolaligimizdan bozorning bevosita ishtirokchisiga aylanganmiz va bizning xohish-istaklarimizdan qatʼiy nazar butun umrimiz davomida bozorning bir boʻlagi boʻlib qolamiz. Bozor nima ekanligini yaxshi bilishimizga qaramay, unga aniq taʼrif berishga qiynalishimiz mumkin. Bu haqda fikr-mulohazalar yuritishdan avval, iqtisodchi-olimlar tomonidan bozorga berilgan taʼriflarga eʼtiboringizni qaratmoqchimiz. Bozorning eng soda va nazarimizda eng tushunarli taʼrifi:
Tovar bozorda sotiladi. Ishlab chiqaruvchi foyda koʻradi. Foydani bir qismiga ishlab chiqarishni kengaytiradi, ikkinchi qismi evaziga esa, oʻz ehtiyojini qondiradi. Bir xil tovarlar sotiladigan bozorda topilgan pul, boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorda sarflanishi mumkin. Demak, bozor oʻzini oʻzi quvvatlab turadi. Bir turdagi bozorning inqirozi, jahon bozoriga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Dunyoda roʻy berayotgan inqiroz, moliyaviy inqiroz sifatida boshlangan, lekin hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida kuztilmoqda. Bunga sabab, moliya sektorida yoʻqotilgan pullar boshqa turdagi tovarlar sotiladigan bozorga kelib tushmadi. Natijada iqtisodiyotning barcha tarmoqlari ziyon koʻrdi. Aksincha, iqtisodiyot katta sektorining rivojlanishi, boshqa sektorlarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi. Umuman olganda, bozorda tovar ayirboshlashning uch afzalligi bor. • Bozor orqali ehtiyoj qondirilganda tovarlarni oʻzi ishlab chiqarib isteʼmol etgandan koʻra sotib olish arzonga tushadi • Isteʼmol uchun kerakli mahsulot va xizmatlarni bozordan osongina topish mumkin, bu bilan isteʼmolni qondirish sarflari tejaladi. Agar bozor boʻlmay mahsulotlar bir-biriga toʻgʻridan toʻgʻri ayirboshlansa, kerakli mahsulotga yetishish uchun juda koʻp ayirboshlash operatsiyalarini oʻtkazish kerak. • Bozorda tovarlarni tanlab olish imkoni bor. Hamma ishlab chiqaruvchilar bir xil yoki oʻrinbosar tovarlarni bozorda koʻplab taqdim etganidan bular xoh resurs, xoh isteʼmol tovarlari boʻlsin, ulardan maʼqulini tanlab olish mumkin boʻladi. Oʻzi ishlab chiqarganda tanlash imkoni boʻlmas edi.

2.Bozorning infratuzilmasi



Infratuzilma — bu har qanday yaxlit iqtisodiy tizim va tuzilmalaming mavjud bo‘lish sharti hisoblangan tarkibiy qismidir. So‘zma-so‘z ifodalaganda, infratuzilma - bu iqtisodiy tizimning asosi, poydevori, ichki tuzilmasi demakdir. «Infratuzilma» atamasi lotincha«infra»-quyi, osti; «structure» - tuzilma, joylashuv so‘zlaridan paydo boMgan. «Infratuzilma» atamasining keng qo‘llanilishiga qaramay, bu tushunchani turlicha talqin qilish hollari uchrab turadi. Bir guruh olimlar infratuzilmaning funksiyasini ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatishda deb qarab, uni xizmat ko'rsatishning yaxlit tizimi sifatida belgilaydilar. Bu fan bozor infratuzilmasining rivojlanish bosqichlari, hozirgi zamon bozor infratuzilmasining aralash iqtisodiyot tizimi sifatida, mamlakatlar va xalqlaming madaniylashgan, ijtimoiyadolatli jamiyat sari harakat bosqichi sifatida tushuntirilib, uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida chuqur bilimlar beruvchi fan hisoblanadi. Bozor infratuzilmasining amal qilishi masalalariga, 0 ‘zbekiston bozor infratuzilmasini o‘rganishga, milliy iqtisodiyotdagi infratuzilmaning jahon xo‘jaligiga qo‘shiIish masalalariga katta ahamiyat beriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda infratuzilma sohasi tarkibiga kiruvchi tuzilmalardan foydalanish amalda ancha ilgari boshlanganligiga qaramay, unga mukammal tizimga ega boMgan mustaqil soha sifatida e’tibor qaratish nisbatan kech ro‘y berdi. Zero, “infratuzilma” atamasi fanga kiritilishining aniq sanasi ma’lum bo‘lmay, ko‘pchilik tadqiqotlarda ushbu tushuncha XX asr 40-yillarining oxirida paydo bo‘lgan deyilsa, ba’zilarida esa amerikalik iqtisodchi P.Rozenshteyn-Rodan tomonidan 1955-yilda ilmiy atama sifatida qo‘llanilganligi qayd etilgan3. Ma’lumotlarga ko‘ra, XX asr boshlarida “infratuzilma” atamasi iqtisodiy tahlilda qurolli kuchlaming hayotga layoqatliligini ta’minlovchi obyekt va inshootlami ifodalash uchun qo‘llanilgan. 40-yillarda G‘arbda infratuzilma tushunchasi orqali moddiy ishlab chiqarishning yetarli darajada amal qilishi uchun xizmat qiluvchi tarmoqlar majmui tushunila boshlandi. Ba’zilar infratuzilmani “insonning hayoti va ijtimoiy ishlab

Download 102.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling