Mavzu: Brokerlar va brokerlik idoralari reja. Brokerlik idorasini ta'sis etish
Download 104.79 Kb.
|
1 2
Bog'liqbirja
Mavzu: Brokerlar va brokerlik idoralari REJA 1. .Brokerlik idorasini ta'sis etish 2. Brokerlik firmasining birja savdosida ishtirok etishi, tovarga ariza berish va shartnoma tuzish jarayoni 3. .Shartnomada tovarni etkazib berishning bazis shartlarini muvofiqlashtirish jarayoni 1.Brokerlik idorasini ta'sis etish Birja savdosining o'ziga xosligi shundaki, u sotuvchi yoki xaridorlarning o'zi tomonidan emas, balki ularning vakillari – birja vositachilari tomonidan amalga oshiriladi. Birjaning ajralmas bir uzviy qismi deb brokerlik idorasini hisoblash mumkin. U birja strukturasiga kirmaydi. Biroq brokerlik firmalarisiz birja savdosini tashkil qilib bo'lmaydi. Brokerlik faoliyati birja vositachiligiga mansub bo'lib, birja bitimlarini mijoz nomidan va uning hisobidan, birja vositachisi nomidan va mijoz hisobidan, mijozning nomidan va birja vositachisi hisobidan amalga oshirishdar iborat. Brokerlik firmasi bu - xususiy, shirkat, aktsiyadorlik yoki boshqa korxona bo'lib, uning asosiy funktsiyasi birja va mijozlar (mahsulot ishlab chiqaruvchilar, xaridorlar, savdo vositachilari) o'rtasida aloqani ta'minlashdan iborat. Muayyan birjaning brokerlik firmasi birja aktsiyalar(pay)ini sotib olish asosida tashkil etilishi mumkin. Aktsiya egasi birjada o'z brokerlik firmasini tashkil qilish yoki birja savdolarida ishtirok etish huquqini boshqa tashkilotlarga ijaraga berish va ijara to'lovi shaklida mos keluvchi daromad olish huquqiga ega. Yuqorida aytib o'tilganidek, birjada brokerlik firmasi sifatida ro'yxatga olinadigan tashkilot amaldagi qonunchilikka muvofiq istalgan tashkiliy-huquqiy shaklga ega bo'lishi mumkin. Brokerlik firmasini tashkil qilishning eng tarqalgan va qulay turi – mas'uliyati cheklangan o'rtoqchilik (MTO') hisoblanadi. Brokerlik firmasi mustaqil yuridik maqomga ega bo'lmasdan, biron-bir korxona yoki tashkiotning tarkibiy qismi bo'lishi ham mumkin. Agar birja aktsiyalarining egasi vositachilik tashkiloti hisoblansa, u mazkur birjaning brokerlik firmasi sifatida ro'yxatga olinadi, xolos. Vositachilik firmasi birja uchun aktsiyador hisoblanmagan hollarda esa u o'zining brokerlik firmasisini tashkil qiladi. Brokerlik firmasi mijozlarning birja tovarlarini sotish va sotib olishga arizalarini to'playdi, ularni ro'yxatga oladi va tezkorlik bilan birjadagi brokerlariga etkazadi. Brokerlar olingan topshiriqlarni bajaradi va bu haqida xabar brokerdan kompaniyaga va undan mijozga yetkaziladi. Brokerlik firmlari butun mamlakat bo'ylab joylashishi mumkin va bu mijozlarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytiradi. Bunday firmalar chet elliklar tomonidan ham tashkil qilinishi mumkin. Brokerlik firmasi ta'sischilari va personali ular faoliyatida ishtirok etishni mo'ljalalyotgan muayyan birjaning huquq va majburiyatlarini, qonunchilik me'yorlarini bilishi zarur (nizom, brokerlik firmalari faoliyati haqidagi Qoidalar, Birja qo'mitasining qarorlari, shuningdek, birja savdosi Qoidalari va b.). Birjaning buyruq beruvchi va ijrochi boshqaruv organlari birja savdosi Qoidalari, talablar va boshqa birja me'yoriy hujjatlarini yaratuvchi hamda qonunchilik asosida faoliyat ko'rsatayotgan brokerlar va brokerlik firmalari faoliyatiga aralashish huquqiga ega emas. Brokerlik firmasini birjada ro'yxatga olishda ro'yxatga olish xizmati tomonidan unga birja bilan aloqa qilish uchun tijorat kodi va raqam beriladi. Brokerlik firmasini ro'yxatga olish uchun quyidagilarni taqdim etish zarur: brokerlik firmasini ta'sis qilgan aktsiyadorning arizasi; ta'sis hujjatlarining notarius tasdiqlagan nusxalari; mos keluvchi hukumat organlarining brokerlik firmasini yuridik shaxs sifatida ro'yxatga olish haqidagi qarorining tasdiqlangan nusxasi. Brokerlik firmalari brokerlik firmalari maxsus Reestrida ro'yxatga kiritiladi. Ro'yxatga olingandan so'nga brokerlik firmasi mos keluvchi guvohnoma oladi. Brokerlik idoralari birja boshqaruvini amalga oshirmaydi. Download 104.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling