Mavzu. Budjet- soliq siyosati


Download 191.17 Kb.
bet1/7
Sana13.08.2023
Hajmi191.17 Kb.
#1666804
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu. Bujet-soliq siyosati. dars ishlanma - talaba uchun


9-Amaliy mashg’ulot
MAVZU. BUDJET- SOLIQ SIYOSATI
Reja:


    1. Budjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari.

    2. Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari.

    3. Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Budjet taqchilligi va ortiqchaligi.

    4. O`zbekiston Respublikasi budjet-soliq siyosatining xususiyatlari va uni takomillashtirish yo`nalishlar.



Nazariy qismni takrorlash.

Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal siyosat orqali ham erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, budjet-soliq siyosati deb ham aytiladi.


Budjet-soliq siyosati deganda noinflatsion YaIM ishlab chiqarish sharoitida iqtisodiyotda to`liq bandlilikni, to`lov balansining muvozanatini va iqtisodiy o`sishni ta‘minlashga qaratilgan davlat xarajatlari va soliqlarini o`zgartirishni o`z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi.
Iqtisodiyot turg`unlik yoki pasayish davrida bo`lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag`batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya‘ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o`zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo`lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o`sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko`tarilishiga olib kelishi mumkin.
Qisqa muddatli davrda budjet-soliq siyosati davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan budjet multiplikatorlari samarasi ta‘siri ostida bo`ladi.
ΔG ↑ → ΔE↑ (ΔEqΔC) → ↑ΔY(ΔY=ΔC x mg)
Davlat xarajatlarining ΔG miqdorga o`sishi rejalashtirgan xarajatlarining ΔE miqdorda o`sishiga va umumiy xarajatlarning egri chiziq bo`yicha yuqoriga surilishiga olib keladi. Bu vaziyatda yalpi ishlab chiqarish hajmi (ΔY) miqdorida o`sadi.
Davlatning fiskal siyosati iqtisodiy rivojlanish va aholi turmush darajasiga ta‘sirini muvofiqlashtirshi zarur. Chunki, budjet faqat mablag`larni markazlashtirish, ularni to`plash, jamg`arishgina emas, balki to`plangan moliyaviy resurslarni oqilona sarflashni ham o`zida ifodalaydi. Buning samaradorligi esa davlat budjetiing xarajalari tizimida o`zining ifodasini topadi.

Download 191.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling