Mavzu. Budjet- soliq siyosati


Mustaqil ishlash uchun masalalar


Download 191.17 Kb.
bet7/7
Sana30.04.2023
Hajmi191.17 Kb.
#1416172
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu. Bujet-soliq siyosati. dars ishlanma - talaba uchun

Mustaqil ishlash uchun masalalar.

1. Iqtisodiyot quyidagi ko’rsatkichlar bilan ifodadangan
S = 20 + 0,8 (Y – T + F) (iste’mol)
I = 60 (investisiyalar)
T = 40 (soliqlvr)
TR = 10 (transfertlar)
G = 30 (davlat xarajatlari)
a) Daromadning muvozanatli darajasini hisoblab toping.
b) Hukumat iqtisodiyotni rag’batlantirish uchun xarajatlarni 40 birlikka oshirdi.:
– rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig’ida qanday o’zgarish ro’y beradi?
– daromadning muvozanatli darajasi qanday o’zgaradi?
– davlat xarajatlari multiplikatori nimaga teng?
– davlat byudjeti qoldig’i qanday o’zgaradi?

2. Aytaylik, davlat xaridi 500ga teng bo’lsin, soliq funksiyasi T=0,4Y, transfertlar funksiyasi TR=0,2Y, baholar darajasi P=1. Foiz stavkasi R=0,1 bo’lganda davlat qarzi D=1000. Real ishlab chiqarish hajmi 2000. Potensial ishlab chiqarish hajmi 2500. Davlat byudjeti qoldig’ini toping.

Testlar

1.Davlat xarajatlarining o’sishi real YaIMni ko’payishiga olib keladi, qachonki:
a) davlat xarajatlari va pul taklifi bir vaqtda o’ssa;
b) davlat xarajatlarining ortishi nodavlat setorining shunga teng miqdordagi xarajatlari kamayishiga olib kelmasa;
v) bu xarajatlari davlat xizmatchilari ish haqi oshirilishiga emas, balki tovarlar va xizmatlar sotib olishga sarflansa;
g) bu xarajatlari davlat obligasiyalari chiqarilishi hisobiga moliyalashtirilsa.

2. Majburiy zahiralash normasi 12%, ortiqcha rezervlar depozitlar summasining 3 %ini tashkil etadi. Agar jami rezervlar 45 mlrd so’mni, naqd pullar esa 150 mlrd. so’mni tashkil etsa, depozitlar hajmi teng bo’ladi:
a) 300 mlrd. so’mga; b) 375 mlrd. so’mga;
v) 363,75 mlrd. so’mga; g) 225 mlrd. so’mga.

3. Depozitlarni majburiy zahiralash normasining oshirilishi:
a) pul multiplikartorining o’sishi hisobiga pul taklifini ko’paytiradi;
b) pul multiplikartorining pasayishi hisobiga pul taklifini kamaytiradi;
v hisob stavkasining pasayishi hisobiga pul taklifini ko’paytiradi;
g) tijorat banklarining kredit berish imkoniyatini kengaytiradi.

4.Depozitlarni majburiy zahiralash normasi 0,25 ga teng. Ochiq bozordagi operasiyalar orqali Markaziy Bank pul taklifini maksimal 440 mlrd. so’mga oshirishi mumkin. Bu uchun esa Markaziy Bank:
a) 110 mlrd. so’mlik obligasiyalarni sotishi lozim;
b) 440 mlrd. so’mlik obligasiyalarni sotishi kerak;
v)1760 mlrd. so’mlik obligasiyalarni sotib olishi lozim;
g) 110 mlrd. so’mlik obligasiyalarni sotib olishi kerak.

Download 191.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling