Mavzu: Budjet tashkilotlari xarajatlar smetasini tuzish tartiblari reja
Markazlashtirilgan tadbirlar uchun smetalar –
Download 0.54 Mb.
|
Chorshambiyev Lochinbek Boyto’ra o’g’li62467
- Bu sahifa navigatsiya:
- Smetalarni tuzish.
- Xarajatlarni hisoblab chiqishda talab etiladigan omillar
Markazlashtirilgan tadbirlar uchun smetalar – vazirliklar, idoralar va hokimiyatlar boshqarmalari va bo’limlari tomonidan markazlashtirilgan holda amalga oshiriladigan xarajatlar bo’yicha tuziladi va har bir markazlashgan tadbir uchun alohida ishlab chiqiladi. Masalan, boshlang’ich sinf o’quvchilarini qishki kiyim-bosh bilan ta‘minlash, birinchi sinf o’quvchilariga o’quv qurollari va anjomlari komplekti taqdimqilish bilan bog’liq tadbirlar uchun tegishli vazirlik darajasidamarkazlashtirilgan tadbirlar uchun smetalar ishlab chiqiladi.O’zbekiston Respublikasida budjetdan mablag’ oluvchilarning aksariyat qismini tashkilqiluvchi budjet tashkilotlarida moliyaviy rejalashtirishning me‘yoriy-huquqiy asoslarini tashkil qiluvchi hujjatlar sharhini keltirgan edik. Ushbu hujjatlar qatorida nomi keltirilgan ‘’Budjet tashkilotlari va budjet mablag’lari oluvchilarningxarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va ro’yxatdan o’tkazish tartibi to’g’risidagi Nizom’’4 bugungi kunda budjet tashkilotlari xarajatlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tartibini belgilab beradi
Smetalarni tuzish. Budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasi davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo’yicha, xarajatlarning to’liq yoyilmasini va hisob-kitoblarni O’z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda tuziladi. Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo’lib, smetaning prognoz hisob-kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi. Xarajatlar smetasini tuzish bo’yicha ishlarni tashkil etish davomida O’zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog’iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo’limlari o’zlariga bo’ysunuvchi tashkilotlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyasining budjetnituzish tartibi va muddati to’g’risidagi qaroridan va moliya organining ushbu masala bo’yicha ko’rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi vamuddatlari to’g’risida ko’rsatmalar beradilar. Smeta bo’yicha xarajatlarni hisoblab chiqish mablag’largabo’lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishko’rsatkichlarini va iqtisodqilishning qat‘iy tartibini amalgaoshirishni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. 2.3-rasm. Xarajatlarni hisoblab chiqishda talab etiladigan omillar Yuqoridagi paragrafda ta‘kidlanganidek, yuridik shaxsmaqomiga ega bo’lmagan va yoki tegishli davlat boshqaruvorganlari (bosh bo’linma sifatidagi budjet tashkiloti)huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmatko’rsatilayotgan tashkilotlar bo’yicha jamlanma xarajatlarmetasi tuziladi. Bu tashkilotlarning rahbarlari va tegishli hudud hokimlari (ular vakolat bergan mansabdor shaxslar) jamlanma xarajatlar smetasi bo’yicha budjetdan ajratilgan mablag’larni taqsimlovshilar bo’lib hisoblanadilar. Jamlanma xarajatlar smetasi, budjet mablag’larini taqsimlovshilar bo’lgan tashkilot rahbarlaridan olingan buyurtmalar asosidahamda markazlashtirilgan buxgalteriyada mavjud hisob va hisobot, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko’rsatkichlariga muvofiq markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuziladi.Buning uchun vazirliklar va idoralar, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo’limlari o’zlariga qarashlitashkilotlarning rahbarlari hamda tegishli xodimlari kengashinichaqiradilar va xarajatlar smetasini tuzish tartibi va muddatlari to’g’risida yo’l-yo’riqlar ko’rsatadilar, xarajatlarsmetasini tuzish masalalari bo’yicha qonunchilik talablarinitushuntiradilar, budjet mablag’lari bo’yicha smeta hisobkitoblarini albatta qonunchilikka muvofiq kelishi, xarajatqilishda moliya intizomiga, iqtisod qilish tartibiga rioya qilishhaqida ko’rsatmalar beradilar, shuningdek, smetalarni tuzishhamda maxsus blankalarni to’ldirish texnikasi masalalaribo’yicha maslahatlar beradilar.Vazirliklar va idoralar, bir vaqtning o’zida o’zlariga qarashlitashkilotlarga ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy ko’rsatkichlariasosida (sinflar, o’quvchilar, bolalar, shifoxonalarda joy-kunlar,bola-kunlar soni va boshqalar) kelgusi yil uchun ishlabchiqarish ko’rsatkichlarini yozma ravishda xabar qiladilar. Jamlanma xarajatlar smetasini tuzish uchun buyurtmalar quyi budjet tashkilotlari tomonidan belgilangan shakllar yoki ko’rsatkichlar ro’yxati bo’yicha taqdim qilinadi, ularga xarajat guruhlari bo’yicha qilingan hisob-kitoblar ilova qilinadi. Buyurtmalarda quyidagi ma‘lumotlar ko’rsatiladi: isitish, yoritish, suv ta‘minoti xarajatlarini hisoblashuchun zarur naturalko’rsatkichlar; sotib olish uchun mo’ljallangan asbob-uskunalar vajihozlar ro’yxati; kapital va joriy ta‘mirlash bo’yicha asosiy ishlar ro’yxati; o’rmon xo’jaligi tashkilotlarining bajaradigan ishlari hajmi; qonunchilikka muvofiq belgilangan kadastr yuritishbo’yicha ishlar hajmi va boshqa ko’rsatkichlar hisobi; bino va inshootlarni kapital ta‘mirlash bo’yicha manzilliro’yxatga kiritish uchun hisob-kitoblarning asoslanganligi; budjetdan mablag’lar ajratishni asoslash uchun boshqakerakli hisob-kitoblar. Tashkilotlar tomonidan berilgan buyurtmalar markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan tegishlitashkilotlarning vakillari ishtirokida oldindan ko’rib chiqiladihamda jamlanma xarajatlar smetasini tuzishda hisobgaolinadi. Markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuzilganjamlanma xarajatlar smetasining loyihalari tegishli tashkilotlarrahbarlari ishtirokida ko’rib chiqiladi va tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti tasdiqlangandan so‘ng unga o‘zgartirishlar kiritilgan taqdirda, O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari o‘z tasarruflarida bo‘lgan tashkilotlar xarajatlar smetalariga kerakli tuzatishlar kiritadilar. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari ular tomonidan ilgari belgilangan tashkilotlar smetalari bo‘yicha yillik mablag‘lar miqdorlarini budjet bo‘yicha barcha smetalar xarajatlari umumiy summalariga mos keladigan qilib aniqlik kiritadilar. Xarajatlar smetasini tuzish bo’yicha ishlarni tashkil etish davomidaO‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarmalari va bo‘limlari belgilangan yillik budjetning choraklar (oylar) bo‘yicha taqsimotiga amal qilgan holda, hajmlari budjet bilan har bir chorakka (oyga) alohida belgilangan xarajatlarning umumiy summasi, shuningdek ish haqi, ish beruvchilarning ajratmalari, kapital qo‘yilmalar va boshqa turdagi xarajatlar summasi budjetning tasdiqlangan choraklar (oylar) bo‘yicha taqsimotiga to‘g‘ri kelishini hisobga olgan holda tashkilotlarning xarajatlar smetasi bo‘yicha qabul qilingan yillik xarajatlar summasini choraklar (oylar) bo‘yicha bo‘lishlari kerak. Smeta hujjatlarining bir qismi sifatida belgilangan smeta qiymati rejalashtirish uchun asosdir kapital qo'yilmalar, qurilishni moliyalashtirish, bajarilgan pudrat ishlari uchun hisob-kitoblar, asbob-uskunalarni sotib olish va uni qurilish ob'ektlariga etkazib berish xarajatlarini to'lash, shuningdek, yig'ma smetada nazarda tutilgan mablag'lar hisobidan boshqa xarajatlarni qoplash. Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha, Budjet tashkilotlarini rivojlantirish jamg‘armasi va Tibbiyot muassasalarini moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi bundan mustasno, smetalar tegishli moliya organlarida xarajatlar smetasi uchun belgilangan muddatlarda va tartibda ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha smetalarni tuzish, ko‘rib chiqish va tasdiqlash tashkilotlarning xarajatlar smetasi uchun yuqorida aytib o‘tilgan Nizomda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Xarajatlar smetasini tasdiqlash O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining yoki tegishli viloyatlar, shaharlar, tumanlar Xalq deputatlari kengashlari sessiyalarining budjet haqidagi qarori qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddat ichida (agar boshqa muddat belgilanmagan bo‘lsa) va tegishli budjetlarda turuvchi tashkilotlar uchun xarajatlar tasnifi moddalari bo‘yicha bo‘lingan holda amalga oshiriladi hamda smetalarni tasdiqlagan tashkilot rahbari (yoki rahbar o‘rinbosari) imzosi bilan, tasdiqlangan kuni ko‘rsatilgan holda, shuningdek ushbu tashkilotning muhri smetaning barcha nusxalariga bosilib, bir paytning o‘zida xarajatlar smetasi bo‘yicha umumiy summasini yuqori o‘ng burchagida shtatdagi xodimlarning mehnatga haq to‘lash jamg‘armasining umumiy summasini ajratib ko‘rsatgan holda rasmiylashtiriladi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling