Davlat xaridlari asosida tuziladigan shartnomalarni tekshirishda me'yoriy xujjatlar talablariga mos holda hisobga olinishini tekshirish quyidagi tartibda amalga o'tkazilishini tavsiya etiladi: 1. Davlat xaridlarini amalga oshirishda elektron do'konlar, tovar xom-ashyo birjasi va auktsion orqali amalga oshiriladigan shartnomalar turlarini aniqlash va turkumlash. 2. Davlat xaridlarini amalga oshirish bo'yicha e'lonlarni institut saytiga joylashtirish. 3. Tenderda tanlangan tashkilot bilan tuzilgan shartnomalarni o'rganib chiqish, bayonnoma tuzish va rasmiylashtirish. 4. Tenderda ishtirok etmay to'g'ridan to'g'ri tuziladigan shartnomalarni o'rganib, ularni nazoratini amalga oshirish. 5. Tuzilgan shartnomalardagi shartlar to'liq bajarilayotganligini kuzatib borish va ular bo'yicha to'lovlarni o'z vaktida amalga oshirilishi, debitor va kreditor qarzdorliklarni muddati o'tib ketmasligini nazorat kilib borish. 7. Tender asosida tuziladigan shartnomalar bo'yicha saytga berilgan e'lonlar uchun to'langan komission to'lovlar hamda rad etilgan shartnomalarni komission to'lovlarini qaytarilishi yuzasidan hisoblashuvlarni yuritilishini tekshirish. Tender asosida tuziladigan shartnomalarni yuritishda yuzaga keladigan odatiy xato va kamchiliklar:
Davlat xaridlarini amalga oshirishda tezkor ravishda amalga oshiriladigan xaridlar yuzasidan vaqtni hisobga olinmaganligi;
Valyuta munosabatlari o'zgaruvchanligi sababli narxlarni oshishi natijasida tenderda g'olib bo'lgan tadbirkor tashkilotga shartnoma yuzasidan rad javobini berishi natijasida qaytadan tender tanlovlariga qatnashish;
Tenderda qatnashish uchun to'langan komission to'lovlarni qaytarilmaslik holatlari;
Tenderda g'olib bo'lgan korxona rad javobini berganida shartnomaga bog'langan byudjet tasnifidagi band qilingan xarajatlar smetasidagi mablag'ni UzAsbo dasturida byudjet tasnifi orqali rad qilinmasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |