Mavzu: Budjet tashkilotlarida davlat xaridlari va tender asosida tuzilgan shartnomalar bo’yicha audit tekshiruvlarini o’tkazish Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetasi mavjud bo’lib, har bir nomoliyaviy aktivlar shu smetada belgilangan va reja qilingan ko'rsatkichlar orqali harakatlanishi nazorat qilinadi. Tuzilgan smeta orqali asosiy vositalarni sotib olish, tovar-moddiy zahiralarni sotib olish va boshqa xaridlar amalga oshiriladi. Ularni nazoratini olib borish esa byudjet tashkilotlarini byudjetdan kelib tushgan mablag’larini samarali ishlatilishini, tejab ishlatilishi va har xil moliyaviy yo’qotishlarga yo’l qo’ymaslik holatlari o’rganiladi. Nomoliyaviy aktivlarni nazorat qilishdan oldin ularni xarid qilish jarayoniga ham e’tibor qaratish lozim. O’zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to’g’risida”gi qonunga asosan byudjet tashkilotlarida xarid jarayonlarini to’g’ri tashkil qilinishi va to’g’ri amalga oshirilishini joriy nazorati olib borilishi lozim. Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari elektron do’kon, elektron auksion, tanlov va tender orqali amalga oshiriladi. Nomoliyaviy aktivlarni nazorat qilishdan oldin ularni xarid qilish jarayoniga ham e’tibor qaratish lozim. O’zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to’g’risida”gi qonunga asosan byudjet tashkilotlarida xarid jarayonlarini to’g’ri tashkil qilinishi va to’g’ri amalga oshirilishini joriy nazorati olib borilishi lozim. Byudjet tashkilotlarida davlat xaridlari elektron do’kon, elektron auksion, tanlov va tender orqali amalga oshiriladi. Ichki audit ularni qonunda ko’rsatilgan tartibda amalga oshirilishini o’rganadi, nomuvofiqliklar yuzaga kelgan bo’lsa ularni tuzatishga xarakat qiladi, xarid jarayonlarini to’g’ri tashkil qilish bo’yicha o’z maslahat va tavsiyalarini beradi. Quyida davlat xaridlari bo’yicha ularni tashkil qilish bo’yicha ko’rsatmalar keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |