Mavzu: Bug'doyda nav almashtirish va nav yangilanishining ilmiy asoslangan muddatlari. Reja: Kirish
Download 1.16 Mb.
|
NAV ALMASHTIRISH
Xulosa
Tezpishar navlar O‘zbekiston sharoiti uchun juda qulay bo‘lib, qurg‘oqchilik va garmsel boshlanguncha kerakli hosilni to‘plab ulguradi va bir yilda yerdan 2-3 marta hosil olish imkoniyatini beradi. 1.Tezpishar nav namunalari sifatida kuydagilar tanlab olindi.RUKL 59601(Tunis), K23014(Suriya). K52103 (Ekvador).Ushbu nav namunalaridan tezpishar navlar yaratishda boshlangich material sifatida foydalanishni tavsiya etamiz. 2.Maxsuldor tuplanish bir usimlikdan olinadigan don soniga ijobiy ta‘sir kursatadi va sugoriladigan yerlarda sezilarli ravishda xosil kutarilishiga ta‘sir etadi. Yukori kursatgich kuydagi nav namunalarida kuzatildi RUKL59601(Tunis), KON(Meksika), DUVR(Jazoir), K52103(Ekvador) va F364(Ruminiya) namunalari st.Xosildor (O‘zbekiston)naviga nisbatan 0,7 -1.3 kup bulganligi aniklandi. 3.Boshoqdagi don soni yukori bulgan kuydagi namunalar RUKL 59601 (Tunis), KON(Meksika), K20314(Yugoslaviya) boshka namunalarga nisbatan ushbu kursatgich buyicha ustunligi aniklandi. 4. 1000 ta don vazni usimlik ustiriladigan sharoitga karab oshishi yoki kamayishi mumkin, gullash davrida xaroratning yuqori bulishi don vazniga salbiy ta‘sir etadi. DUVR(Bolgoriya), KON(Meksika), RUKL 59601(Tunis) nav namunalarining 1000 ta don vazni yukori ekanliga aniklandi. 5. Yuqori hosil DUVR (Jazoir), KON(Meksika) va K20314 (Yugoslaviya) laridan olinib, nazorat Xosildor naviga nisbatan 22 s\ga kup xosil olingan. Bu nav namunalaridan yangi serhosil navlarni yaratish va dastlabki material sifatida foydalanishni tavsiya etamiz. Xulosa Nav yangilash muddatini belgilashda har doim nav qancha vaqt ichida qanday tezlik bilan o’zining hosildorlik sifatini pasaytirib yomonlashib ketadi degan savol tug’iladi. Navning yomonlashishi o’simlikning irsiyatiga bog’liq. Irsiyat barqaror bo’lsa, urug’ ko’payishi jarayonida nav bir qancha bo’g’inlar davomida o’zining belgi va xususiyatlarini mustahkam saqlab qoladi. Buni donli va boshqa ekinlarning eski mahalliy navlaridan yakka tanlash yo’li bilan yaratilgan va keng tarqalgan seleksion navlar misolida ko’rish mumkin. Arpaning Viner, so’lining Pobeda, Javdarning Vyatka navlari 40-50 yildan ortiq davr davomida katta maydonlarda ekilmoqda va ularda hyech qanday buzilish alomatlari sezilmaydi. Kartoshkaning keng tarqalgan Rannyaya Roza navi bundan 115 yil ilgari (1887 yil) yaratilgan. G’o’zaning 108-F navi ham katta maydonlarda 50 yildan ortiq davr ichida ekilmoqda. Bunday misollarni kuplab keltirish mumkin. Navlar to’g’ri agrotexnika sharoitida hosil sifatini ifodalovchi bialogik xususiyatlarini va morfologik belgilarini uzoq vaqt davomida mustaxkam saqlab qoladi. Ilmiy-tadqiqot muassasalarida nav ichida o’zgaruvchanlikdan foydalanib qayta yakka tanlash o’tkazish bilan donli ekinlarining keng tarqalgan navlarini yaxshilash ishlari hyech qanday natija bermaganligi bu navlar, ayniqsa liniyali navlar juda barqaror irsiyatga ega ekanligini ko’rsatdi. Demak, ichidagi o’zgaruvchanlikdan foydalanib yangi nav yaratish yoki yaxshilangan elita urug’larini yetishtirish samara bermaydi. Urug’larni yuqori agrotexnika sharoitlarida yetishtirganda ularning hosildorlik sifati mustahkam saqlanib qolar ekan. Majburiy nav yangilash yangi navning urug’i ilmiy-tadqiqot muassasalarida yaxshilangan urug’ga nisbatan ancha serhosil bo’lgan taqdirda o’tkazilishi mumkin. Agar yaxshilangan elita urug’lar bo’lmasa, nav yangilash aprobasiyadan olingan ma’lumotlarga asoslanib o’tkaziladi.
Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling