Mavzu: Bug'doyda nav almashtirish va nav yangilanishining ilmiy asoslangan muddatlari. Reja: Kirish


Respublikaning sug‘oriladigan yerlarida ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlarining tavsifi


Download 1,16 Mb.
bet7/11
Sana05.01.2022
Hajmi1,16 Mb.
#217930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
NAV ALMASHTIRISH

Respublikaning sug‘oriladigan yerlarida ekishga tavsiya etilgan bug‘doy navlarining tavsifi

Navlarning nomi

O‘suv davrining davomiy

ligi


Sovuqqa chidimli-gi

Issiqqa chidamligi

Kasalliklarga chidamligi

Don sifati

sariq zang

qo‘ng‘ir zang

Andijon-1

o‘rta

kech pishar



o‘rta

o‘rta

Ch

DShCh

qimmatli

Andijon-2

o‘rta pishar

o‘rta

o‘rta

O‘Ch

DShCh

qimmatli

Andijon-4

o‘ta tez pishar

o‘rta

o‘rta

O‘Ch

O‘Ch

qimmatli

Bobur

o‘ta tez pishar

o‘rta

o‘rta

B

Ch

qimmatli

Bo‘zqa‘la

o‘rta pishar

o‘rta

o‘rta

O‘Ch

Ch

qimmatli

Vostorg

o‘rta tez pishar

o‘rta

o‘rta

ChCh

Ch

qimmatli

Denov-1

o‘rta pishar

o‘rta

chidamli

O‘Ch

O‘Ch

qimmatli

Do‘stlik

Erta pishar

o‘rta

o‘rta

Ch

O‘Ch

qimmatli

Durdona

o‘rta pishar

o‘rta

chidamli

O‘Ch

O‘Ch

qimmatli

Yesaul

Erta pishar

o‘rta

o‘rta

Ch

O‘Ch

qimmatli

Jayxun

Erta pishar

o‘rta

chidamli

O‘Ch

O‘Ch

qimmatli

Intensiv

Erta pishar

o‘rtacha

chidamli

Ch

Ch

kuchli

Krasnodar

o‘rta pishar

yuqori

o‘rta

Ch

B

qimmatli

Kupava

o‘rta pishar

o‘rtacha

o‘rta

O‘B

B

qimmatli

Kroshka

o‘rta pishar

yuqori

o‘rta

DShCh

DShCh

qimmatli

Mars -1

Erta pishar

o‘rta

o‘rta

O‘Ch

Ch

qimmatli

Matonat

Erta pishar

o‘rta

chidamli

DShCh

DShCh

qimmatli

Moskvich

o‘rta pishar

yuqori

o‘rta

Ch

Ch

kuchli


Izoh: Ch – chidamli, O‘Ch – o‘rtacha chidamli, B – beriluvchan, O‘B – o‘rtacha beriluvchan, DShCh – dala sharoitida chidamli.
Gʻozgʻon navi erta muddat 10-oktabrda ekilganda don hosildorligi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 68,9-71,5s/ga, gʻoʻza qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 61,5-64,6 s/gani tashkil qildi.

Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida SZU-3,6 seyalkasida ekilganda ochiq maydonda 71,5 s/ga, gʻoʻza qator orasida 64,6 s/ga ni tashkil etdi. 220 Oʻrta muddat 1-noyabrda ekilganda don hosildorligi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 64-66,6s/ga, gʻoʻza qator oralariga ekilganda esa 57-61,9 s/ga kuzatildi.

Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida ekilganda ochiq maydonda 66,4 s/ga, gʻoʻza qator orasida 61.9 s/ga ni tashkil etdi.

Kechki muddat 20-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish meʼyorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 54,2-59,7s/ga, gʻoʻza qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 39,7-41,7 s/ga oshib borishi kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida ekilganda ochiq maydonda 59,7 s/ga gʻoʻza qator oralariga ekilganda esa 41,7 s/ga ni tashkil etdi.



Gʻozgʻon navidan erta va kech muddatlarda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida 6 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida ekilganda, oʻrta muddatda esa 5,5 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida ekilganda eng yuqori hosil olish mumkinligi aniqlandi.

Bunyodkor navi erta muddat 10-oktabrda ekilganda don hosildorligi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 71,8-74s/ga, gʻoʻza qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 62,9-67,2 s/gani tashkil qildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida SZU-3,6 seyalkasida ekilganda ochiq maydonda 74 s/ga, gʻoʻza qator orasida 66,9 s/ga ni tashkil etdi.

Oʻrta muddat 1-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish meʼyorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 66,6-69,1s/ga, gʻoʻza qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 59-64,1 s/ga kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida ekilganda ochiq maydonda 69,1 s/ga, gʻoʻza qator orasida 64,1 s/ga ni tashkil etdi.

Kechki muddat 20-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish meʼyorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 57-60,4s/ga, gʻoʻza qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 40,1-43,9 s/ga oshib borishi kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida ekilganda ochiq maydonda 60,4 s/ga, gʻoʻza qator orasida 43,9 s/ga ni tashkil etdi.

Bunyodkor navidan erta oʻrta va kech muddatlarda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida 6 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida ekilganda eng yuqori hosil olish mumkinligi aniqlandi.



Yaksart navi erta muddat 10-oktyabrda ekilganda don hosildorligi ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 68,1-74,6s/ga, gʻoʻza qator oralariga ekilganda esa 64,6-66,1 s/gani tashkil qildi. Eng yuqori hosildorlik 5,5 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida SZU-3,6 seyalkasida ekilganda ochiq maydonda 74,9 s/ga, gʻoʻza qator orasida 6 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida ekilganda esa 66,1 s/ga kuzatildi.

Oʻrta muddat 1-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish meʼyorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 65,1-71s/ga, gʻoʻza qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 58,3-63,8 s/ga kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida SZU-3,6 seyalkasida ekilganda ochiq maydonda 71 s/ga, gʻoʻza qator orasida 63,8 s/ga ni tashkil etdi.

Kechki muddat 20-noyabrda ekilganda don hosildorligi ekish meʼyorlarining ortib borishiga mos ravishda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda 53,2-61,1s/ga, gʻoʻza qator oralariga SZU-3,6 seyalkasida ekilganda esa 42-44,9 s/ga oshib borishi kuzatildi. Eng yuqori hosildorlik 6 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida 61, s/ga, gʻoʻza qator orasida esa 44,9 s/ga ni tashkil etdi.

Yaksart navidan erta muddatda ochiq maydonga SZU-3,6 seyalkasida 5,5 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida ekilganda, oʻrta va kech muddatlarda 6 mln. dona unuvchan urugʻ hisobida ekilganda eng yuqori hosil olish mumkinligi aniqlandi.

Bug’doy (Triticum) avlodiga 27 tur kirib, ular g’alladoshlar Sgamineae yoki Qo’ng’irboshlar - Roaseaye oilasiga mansub. Ular madaniy va yovvoyi turlardan iborat bo’lib, har birida ma’lum miqdorda xromosomalar bor.

Ayrim bug’doy navlari jinsiy hujayralarda gaploid yoki oddiy yettita xromosomalar to’plangan, somatik hujayralarda ular soni ikki barobar oshib 14 bo’ladi.

Xromosomalar soni (2n) somatik hujayralarda 14 : 28 :42 : 56 bo’lishi mumkin. Bug’doyning hamma turlari hujayralaridagi xromosomalar soniga qarab to’rtta genetik guruhga bo’linadi; 1) diploid (2n) guruhga beotiy, bir donli bug’doy, urartu yovvoyi bug’doyi, madaniy bir donli, bug’doy turlari kiradi. 2) Tetraploid (2n -28) guruhiga yovvoyi turlardan ararat bug’doyi, ikki donli bug’doy, madaniy po’stli turlarga Timofeyev bug’doyi, ikki donli polba, Kolxida polbasi, madaniy yalong’och donli turlardan - qattiq bug’doy, persikum bug’doy, turgidum bug’doy, polonikum (polsha) bug’doyi, Efiopiya bug’doyi, Milyutin bug’doyi turlari kiradi: 3) geksaploid (2n-42) turlarga - maxa bug’doyi, spelta bug’doyi, Vavilov yoki van bug’doyi, yumshoq bug’doy. pakana bug’doy, sharsimon bug’doy, Jukovskiy bug’doyi, Petrapovlovka bug’doyi turlari kiradi; 4) oqtoploid (2n-56) tur guruhiga zamuburug’ qirra bug’doyi, timonovum bug’doyi turlari kiradi. Keyingi ikki tur eksperimentlar natijasida yaratilgan bo’lib, zamburug’ kasalliklariga juda chidamli.

Dunyoda eng katta ekin maydonlarini yumshoq va qattiq bug’doy turlari egallaydi. Yumshoq yoki oddiy bug’doy (T. aestivum) eng katta ekin maydonlarini egallaydi. Uning kuzgi, duvarak, bahogri shakllari keng tarqalgan. Boshog’i ancha siyrak, boshog’ining yuza tomoni yoy tomonidan enli. Boshoqcha qipiqlari keng, gul qipiqlarini to’la yopib turmaydi. Boshoqcha qipiqlaridagi qiltiyuga qirra (qil) tor, kuchsiz rivojlangan, dondagi popukchalari yaqqol ifodalangan. Doni kesib qaralganda yumaloqroq, konsistensiyasi shishasimon, yarim shishasimon yoki unsimon bo’ladi. Qiltiqli va qiltiqsiz shakllari bor.

Qiltiqli shakllarda qiltiqlari boshoqdan kaltaroq va yelpg’ichsimon taraltan bo’ladi. poxolining ichi g’ovak. Donining 1000 tasini ogirligi 20 - 70 g, ko’p xollarda 30 - 40 g.

Qattiq bug’doy (T. durum Dusf), maydoni jihatdan yumshoq bug’doydan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Asosan bahorgi shakllari keng tarqalgan. Duvarak, kuzgi shakllari keyingi yillarda yaratilmoqda va ularni ekiladigan maydonlari unchalik katta emas. Uning boshog’i yirik, boshoqda boshoqchalar zich joylashgan, kesimi kvadrat, yonlari siqiq bo’ladi.

Boshoqning yon tomoni yuza tomonidan kengroq, boshoqlari qiltiqli, qiltiqlari boshoqdan uzunroq hamda parallel joylashgan. Boshoqcha va gul qobiqlarining uzunligi bir xil. Boshoq qobiqlarida yaqqol ifodalanib turadigan va qirra tubidan boshlanib shishlar holida tugalanuvchi qil bor. Don to’liq gul qobiqlari bilan o’ralgan. Shuning uchun uni yanchilishi qiyin, to’kilib ketishga chidamli. Doni cho’ziq, yon tomonlaridan siqilgan, popukchasi yaqqol ifodalanmagan yoki bo’lmaydi. Sindirib ko’rilganda doni shishasimon. Donining ko’ndalang kesimi burchaksimon. Poxolpoyasining oxirgi oralig’idagi boshoqqa taqalib turadigan joyi to’lgan bo’ladi. Doni oq (sariqroq) yoki jigarrang qizil rangda bo’lib yirik. O’rtacha 1000 ta donning vazni 35 - 55 g [10].

O’zbekistonning havosi quruq va issiq. Ayniqsa, respublikaning issiq janubiy mintakalari sifatli qattiq bug’doy doni yetishtirishga juda qulay.




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling