Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va


Qо‘ylarni yaylovlarda oziqlantirish


Download 310.83 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi310.83 Kb.
#1535509
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi kesta

 
1.3. Qо‘ylarni yaylovlarda oziqlantirish 
Qо‘ylarni yaylovlarda boqishga tayyorlash uchun quyidagilarga e’tibor bering: 
о‘tloq yaylovlarga borishdan avval qо‘ylar kо‘rikdan о‘tkaziladi, о‘sgan tuyoqlar
tirnoqlar kesiladi. Kasallangan, zaif bо‘lgan qо‘ylar sog‘lom qо‘ylardan ajratiladi. Ular 
katta qо‘ylar (4 yoshdan katta qо‘ylar), tо‘qli (1 yoshdagi qо‘zilar) va qо‘zichoqlarga 
ajratiladi va vaziyatga qarab bir muddat yozgi og‘ilxonalarda saqlanadi; 
7- rasm. Erta bahorda qо‘ylarni yaylovlarda oziqlantirish 
boqish mavsumidan avval itlarga dori berish kerak, chunki ular kо‘plab parazit 
tashuvchilar hisoblanadi. Qurtlar tushirilib, yо‘q qilinadi; mavsumiy о‘zgarishlar, (qish 
davridan bahor-yoz davrlariga) oziqlantirish va boqish ishlarida, og‘ilxonadan yaylovga 
yoki yaylovdan og‘ilxonaga о‘tish birdaniga bо‘lmasligi kerak; 
bahor oylarida ertalab qirovlarning erib ketishini hisobga olib, kun bо‘yi о‘tlatish 
mumkin; qо‘ylarni erta tongda shudringlar erib ketmasdan oldin yaylovga qо‘yib 
yubormang, aks holda qо‘ylarda turli og‘riqlar sodir bо‘lishi mumkin; qо‘ylarni 
yaylovda boqishdan avval ularni sug‘oring. Aks holda ular yaylovdagi kо‘lmak suvni 
yoki yо‘lda duch kelgan suvni ichishlari va shu sababli kasal bо‘lib qolishlari mumkin. 
Qо‘ylarni boqishda chо‘ponlarning о‘rni 


20 
Qо‘ylarni boqishda chо‘ponlarning mehnati alohida ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda 
chо‘ponlardan talab qilinadigan narsa qо‘ylarni talab jarajasida boqish va ularning 
sog‘lig‘iga e’tibor berishdir. Suruvni boshqarish va yaylovda о‘tlatishda quyidagilarni 
nazarda tuting: 

bitta chо‘ponga tо‘g‘ri keladigan qо‘ylar soni 200-300 boshdan oshmasligi kerak; 

qо‘zilatish mavsumida qо‘shimcha ishchi kuchi talab qilinadi

suruvni yaylovda 150-200 metr kenglikda va taxminan 10-15 sotix maydonda bir 
tekis yoyilishini taminlash kerak. Shu tariqa siyrak shaklda yoyilgan qо‘ylar bir-birini 
bezovta qilmasdan о‘tlaydi. Agarda suruvdagi qо‘ylar soni juda kо‘p bо‘lib, bir joyga 
tо‘planib qolishsa, suruvning oldida о‘tlayotgan qо‘ylar suruvning orqasida о‘tlayotgan 
qо‘ylarga ozuqa qoldirmaydi, natijada qо‘ylar boshqa tomonga tarqab ketadi; 
-suruvning old tomonida chо‘pon, orqasida esa yordamchi chо‘pon bо‘lishi hamda har 
bir daqiqada 4-5 metr (250-300 metr tezlikda) odimlashi kerak. Yaylovda о‘t miqdori 
kam bо‘lsa, bu tezlikni oshirish mumkin, aks holda qо‘ylarga yaylov ozuqasi 
yetishmaydi va och qolishadi; itlar suruvni himoya qilish uchun ishlatiladi va 100-120 
qо‘yga 1 it tо‘g‘ri kelishi kerak katta yaylovlarda о‘tlatishda yaylovning bir tomondan 
boshlab, kengligi 150-200 metr bо‘lgan hududni oxirigacha bir chetdan о‘tlatish kerak; 
8- rasm. Qо‘ylarni kech kuz va qish oylarida yaylovlarda oziqlantirish 
issiq bо‘lgan davrlarda, quyosh tik kо‘tarilmagan vaqtda podani sharqqa, quyosh tik 
kо‘tarilib, harorat yanada oshganda shimolga va kechqurun g‘arbga tomon о‘tlatish 


21 
kerak; bahor va kuz oylarida qо‘ylarni kun bо‘yi о‘tlatish mumkin. Qо‘ylar yoz oylarida 
peshin vaqtida issiq payti о‘tlashni yoqtirmaydi, shu bois ularni soya joyda biroz dam 
oldirish kerak; 
qо‘ylar qirov erib ketgandan sо‘ng ertalab soat 6 larda qо‘ylarni yaylovlarga olib borish 
va soat 10 da dam oldirish kerak. Bahorda ertalabki qirovdan ehtiyot bо‘lish kerak, erta 
tongdan qо‘ylarni yaylovga qо‘yib yubormaslik kerak, peshindan keyin ularni avval 
sug‘orib, keyin soat 16-17 lar atrofida yaylovga qaytarish mumkin
о‘tlatish kun bо‘yi (bir necha soatlik dam olish bilan birgalikda) qо‘ylar tо‘yguncha 
davom ettirilishi kerak yaxshi yaylovlar qо‘ylarning oziqlanishi uchun yetarlidir. Lekin 
qochirish mavsumida va tuqqandan keyin sovliqlar albatta qо‘shimcha oziqlantirilishi 
shart. 
Qо‘ylarni urchitib kо‘paytirishda muhim bо‘lgan mavsumiy davrlar mavjud, ular 
quyidagilardir: qо‘ylarni qochirish davri, qishlov davri, tо‘l olish (tug‘dirish) davri. 
Ushbu davrlarda qо‘ylarni yaylovlarda о‘tlatishdan tashqari, qо‘shimcha sifatli ozuqalar 
bilan oziqlantirish qо‘ylarning mahsuldorligiga ijobiy ta’sir etadi. 
Qо‘ylarni urug‘lantirish davrida oziqlantirish. Sovliqlarni natijali urug‘lantirish hamda 
bо‘g‘ozlik davrini yuqori darajaga kо‘tarish, qochirish muddatlarini qisqartirish 
maqsadida (urug‘lantirish mavsumidan oldin va mavsum davomida) oziqlantirish, 
urug‘lantirish mavsumidagi oziqlantirish, deb ataladi. 

Download 310.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling