Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va


 О‘zbekistonda urchitib, kо‘paytirilayotgan qо‘y zotlari


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana05.05.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1427651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi (Автосохраненный)-1

2.2 О‘zbekistonda urchitib, kо‘paytirilayotgan qо‘y zotlari
Jaydari zotli qо‘ylar xalq seleksiyasida (о‘zimizda yaratilgan zot bо‘lib), 
О‘zbekistonning mahalliy dumbali qо‘ylari, deb ham nomlanadi. Respublikamizning 
tog‘li va tog‘oldi hududlarida urchitib, kо‘paytirishga moslashgan, bosh soni jihatidan 
yetakchi (10 mln ga yaqin) zotlardan biri bо‘lgan sof jaydari zotli hamda boshqa (hisor, 
saradji, edilbay) qо‘y zotlar bilan chatishtirilgan duragaylari keng tarqalgan.
Sovliqlarning о‘rtacha tirik vazni 55-60 kg, sermahsullari 70-80 kg, jun qirqimi 2,0-2,5 
kg, yetuk yoshdagi qо‘chqorlarniki 80-90 kg, mahsuldor qо‘chqorlar 100-130 kg, jun 
qirqimi esa 2,8-3,0 kg tashkil etadi. Qо‘chqorlarning yag‘ri balandligi о‘rtacha 76,3 sm, 
gavdasining qiya uzunligi 80,8 sm, kо‘krak aylanasi 96,2 sm ni tashkil etadi. Bu qо‘ylar 
yiriktanaga ega bо‘lib, ayniqsa oyog‘ining kaltaligi va gavdasining chо‘zinchoq, bо‘yni 
kalta kо‘tarilgan, gavdasi chuqur, yag‘rini va beli keng, dumbasi esa keng kо‘tarilganligi 
bilan tavsiflanadi. Jaydari zotli qо‘ylar gо‘sht mahsuldorligining yuqoriligi va 
qо‘zisining tez yetiluvchanligi bilan ajralib turadi. 
Bugungi kunda Chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutining Ohangaron 
bо‘limi boshlig‘i, qishloq xо‘jaligi fanlari doktori N.R. Rо‘ziboyev rahbarligida jaydari 
zotining genetik imkoniyatlaridan foydalanib, hisor zotli naslli qо‘chqorlar bilan 
chatishtirishdan olingan II bо‘g‘in duragaylarini “о‘z ichida” urchitish va olingan zot 
ichida yaxshilangan duragay avlodlarda uzoq yillar tanlash natijasida mazkur zotning 
mahsuldorlik meyor talablariga javob beradigan qо‘ylarning yangi “Aqchasoy” zavod 
tipi yaratilgan.Qorakо‘l zotli qо‘ylar kelib chiqishi tо‘g‘risida har xil farazlar mavjud. 
Ba’zilar ushbu zotli qо‘ylar Kichik Osiyo da yaratilgan (Adamets, Yeving, Turner, 
Nikerk va boshqalar) desa, boshqa olimlarning fikriga kо‘ra, uning vatani О‘zbekiston 
hududidir (Kuleshov, Manukyan, Stayanovskaya, Ojarov va boshqalar). P.S. Pallas, V.N. 


33 
Vasin, YE.V. Odinsova, I.N. Dyakov va boshqalarning fikricha, korakо‘l zotli qо‘ylar 
о‘tmishda tabiiy-tarixiy omillar ta’sirida paydo bо‘lgan. 
Bugungi kunda О‘rta Osiyo davlatlarida va Rossiya Federatsiyasida hamda Afg‘oniston, 
Namibiya, shuningdek, Janubiy Afrika davlatlarida, Eron, Mongoliyada va Angolada 
ham qorakо‘l zotli qо‘ylar urchitib kо‘paytirilmoqda. Yevropa (Avstriya, Germaniya, 
Ruminiya) davlatlarida va Argentinada ham qorakо‘l qо‘ylar urchitib kо‘paytiriladi. 
О‘zbekistonda qorakо‘l zotli qо‘ylarning rangiga kо‘ra qora, sur, kо‘k zot tiplari 
mavjud. Bularning ichida sur zot tiplari juda sifatli bо‘lib, yuqori qadrlanadi. Bu surlar 
Qoraqalpoq, Buxoro va Surxondaryo zot tiplaridir. Bundan tashqari qorakо‘l zotli 
qо‘ylarning morfologik, fiziologik, mahsuldorlik va boshqa naslchilik zavodi podasiga 
xos bо‘lgan va xо‘jalik foydali belgilari nasldan-naslga о‘zgarmay о‘tadigan 30 ga yaqin 
zavod tiplari yaratilgan. Qorakо‘l qо‘ylarning eksteryeri va konstitusiyasida chо‘l va 
chala chо‘llarning keskin sharoiti о‘z ta’sirini qoldirgan. Shu asosda yangi tug‘ilgan 
qorakо‘l qо‘zilarning konstitusiyasi asosiy uch tipga-mustahkam, nozik va dag‘al 
tiplarga ajratiladi. Qorakо‘l qо‘ylarning xо‘jalikda foydalanish muddati 6-7 yilgacha
ba’zan ular (yuqori darajada boqib, parvarishlansa) 12 yoshgacha yashaydi. Qо‘ylarda 
1,5-2 yoshda biologik yetuk lik davri boshlanadi, tabiiy serpushtligi о‘rtacha har 100 
boshdan о‘rtacha 110-120 qо‘zi olinadi, qorakо‘l qо‘ylar 3 yoshdan 6 yoshgacha eng 
yuqori darajada mahsuldor bо‘ladi. Katta yoshdagi qorakо‘l qо‘chqorlarning tirik vazni 
о‘rtacha 60-75 kg, ona qо‘ylarniki-42-50 kg, yangi tug‘ilgan urg‘ochi qо‘zilar 4,0-4,5 
kg, qо‘chqorchalar 4,5-5,0 kg yoki sovliqlarning qochmasdan oldingi vaznining 8-12% 
ni tashkil etadi. Qorakо‘l qо‘ylar rangining xilma-xilligi bilan boshqa qо‘y zotlaridan 
ajralib turadi. Qora rangli qо‘ylar 75-80%, kо‘k rangli 13-17%, sur rangli qо‘ylar 5-7%, 
boshqa rangli qо‘ylar 3% ni tashkil etadi. О‘zbekistonning gо‘shtdor-serjun (xalq tilida 
– “malish” qо‘ylar) zot guruhlarini yaratish ishlari о‘tgan asrning ikkinchi yarmida ya’ni 
1953-1954 yillardan boshlangan bо‘lib, Chorvachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari 
I.A. Tapilskiy, N.F. Kiyatkin, Y.R. Qurbonovlar tomonidan olib borilgan. Ishning amaliy 
qismida Toshkent viloyati Parkent tumanidan ilg‘or chо‘ponlardan A. Almatov, S. 
Ametov, M. Raximxо‘jayev, R. Mujdaboyev va SH. Usmonovlar, Ohangaron tumanidan 
M. Xoltо‘rayev, A. Axmedov, U.M. Umarov, A. Tojiboyevlar qatnashgan. 


34 
Maqsadga muvofiq yaratilgan duragaylar dastlabki 3 xil zotning belgilarini о‘zida aks 
ettirib, tusi oq, qalin yarim mayin junli, tumshuqlari yaltiroq, jun bilan qoplangan, 
boshida о‘sib chiqqan juni kо‘zigacha tushib turadi, quloqlari о‘rtacha kattalikda. Bо‘yni 
yо‘g‘on, nisbatan kalta, terisi burmalanib turmaydi. Kо‘kragi chuqur, keng va oldi 
tomonga bir oz chiqqan, qovurg‘alari dumaloqsimon, yag‘rini keng, kuraklari orqa 
umurtqa chizig‘i bilan bir tekis, sonlari seret, oyoqlari о‘rtacha uzunlikda, baquvvat, 
tuyoqlari qattiq yeyilmaydi, gavda suyaklari qо‘pol emas, mustahkam konstitutsiyaga 
ega. Shunday qilib, sharqning mahalliy dumbali (о‘zbek dumbali qо‘y zoti, deb ham 
nomlangan) jaydari qо‘ylari, quyi g‘arbning mayin junli (shimoliy Kavkaz), Angliyaning 
gо‘shtdor linkoln zotlari genotiplariga ega bir-biridan farq qiluvchi uchta irsiyatlilikni 
birlashtirish natijasida yuqori о‘suvchanlikka, birmuncha yirik tanaga va hayotiy kuchga 
ega yarim mayin junli qо‘ylarning Ohangaron va Parkent tiplari va keyinchalik 1976 
yilda esa gо‘shtdor-serjun qо‘ylarning zot guruhlari yaratildi. 
Bu zot guruhlarining о‘ziga xos muhim xо‘jalik foydali belgilari quyidagicha; tez 
yetiluvchanligi, gavdasining yirikligi, sovuqqa nihoyatda chidamliligi, ishtahasini 
yuqoriligi va katta hajmdagi ozuqani hazm qilish xususiyatiga ega ekanligi hamda 
ozuqani mahsulot bilan yuqori darajada qoplashidir.
Tug‘ilganda qо‘chqorchalarning tirik vazni 4,93 kg, tо‘qlilar 4,10 kg, 4-4,5 oyligida 
qо‘chqorchalar 30,5, tо‘qlilar 28,4 kg ni, yetuk yoshdagi qо‘chqorlar 96,0 kg, sovliqlar 
esa 60-65 kg ni tashkil etgan.
Bugungi kunda qishloq xо‘jaligi fanlari doktori N.R. Rо‘ziboyev rahbarligida bu 
qо‘ylarning genofondini saqlash va kо‘paytirish ishlari olib borilmoqda va respublikada 
yagona “genofond xо‘jaligi” tashkil etildi.
Hisor zotli qо‘ylar gо‘shtdor dumbali, dag‘al junli qо‘y zotlari bо‘lib, Tojikistonda 
yaratilgan zotdir. Hisor zotli qо‘ylar nafaqat gо‘shtdor dumbali zotlar ichida, balki butun 
dunyodagi qо‘y zotlari ichida eng yirigidir.
Qо‘ylarning juni asosan quruq va о‘lik junga ega, rangi qо‘ng‘ir, sariq va ba’zida qora 
tusdagilari ham uchraydi. Hisor zotli qо‘ylar tirik vazni va gavdasining yirikligi jihatidan 
dunyoda yetakchi zotlardan biri bо‘lib, ushbu zot qо‘ylarning suyaklari kuchli 
rivojlangan, mustahkam, orqa qismi baland, kallasi bukrisimon, asosan shoxsiz. 


35 
Qо‘chqorlarining tirik vazni о‘rtacha 130-140 kg, mahsuldor rekordchilari 170-188 kg, 
sovliqlar 80-85 kg, ayrimlari 90-95 kg qо‘ylarning dumbasidagi yog‘ning og‘irligi 18-
20 kg, sо‘qimga boqilganlari esa 30 kg tosh bosadi. 1,5 yashar qо‘chqorlar 96 kg, 1,5 
yashar tо‘qlilar esa 49 kg ni tosh bosadi. Jun mahsuldorligi juda past, qо‘chqorlarniki 
qirqilganda о‘rtacha 1,2-1,5 kg, sovliqlarniki 2,0 kg.
Qо‘chqorlarining yag‘rin balandligi о‘rtacha 87 sm, sovliqlarda 79 sm, tananing qiya 
uzunligi shunga mos ravishda 85 va 75 sm ni, gavda chuqurligi 35,5-34 sm ni tashkil 
etadi. Ular mustahkam tana tuzilishiga ega bо‘lib, suyaklari mustahkam va yaxshi 
rivojlangan, muskulaturasi ajoyib rivoj langan. Bu sifatlari uzoqdan-uzoq masofalarga, 
yaylovdan-yaylovga kо‘chib о‘simliklarni topishda qо‘l keladi. Yag‘rini, orqa va beli 
keng tо‘g‘ri va kо‘kragi chuqur qо‘ylardir. Dumbasi katta, eniga 30-40 sm, uzunligi 40-
50 sm ga yetadi.Hisor zotli qо‘ylar о‘tgan asr boshlaridan respublikamizning deyarli 
barcha hududlarida urchitib, kо‘paytirilmoqda. Edilbay zotli qо‘ylar gо‘shtdor-dumbali 
dag‘al junli qо‘y zotlari hisoblanib, XIX asrda Qozog‘istonda yaratilgan va bu 
qо‘ylarning kо‘p turlari О‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning janubiy chо‘l 
zonalarida ham urchitib, kо‘paytirilmoqda. Qо‘ylarning tusi qо‘ng‘ir va sariq, ba’zida 
qora rangdagilari ham uchraydi.
Edilbay zotli qо‘ylar mustahkam konstitusiyaga va yuqori darajada chidamlilikka ega. 
Shuning uchun ham yilning barcha fasllari, har xil yaylov sharoitlarda ham 500 km va 
undan uzoq masofani bosib о‘ta oladi. Qо‘ylar yuqori о‘suvchanligi, mustahkam 
suyakdorligi, uzunoyoqliligi, dag‘al juni va katta о‘suvchanlik energiyasiga ega 
bо‘lganligi bilan ajralib turadi. Qо‘ylarning asosiy ishlab chiqaradiga mahsuloti bu 
gо‘sht va dumba yog‘idir, murakkab ekologik sharoitlarda yilbо‘yi yaylovlarda boqishga 
moslashgan.
Bu zot qо‘ylari juda tez yetiluvchan, qо‘zilari tug‘ilganda 5,0 kg tirik vaznga ega bо‘ladi, 
sutdan ajratilgan 4 oylik yoshida ularning tirik vazni 35-40 kg ga yetadi va sо‘yilganda 
gо‘sht nimtasi 20 kg va dumba yog‘i 3 kg ni tashkil etadi. Qо‘chqorlarning о‘rtacha tirik 
vazni 100-110 kg, ayrimlarniki 144 kg, sovliqlar 65-75 kg, qirqilganda juni 
qо‘chqorlarda 3,0-5,0 kg, sovliqlarda 2,3-2,6 kg tosh bosadi.


36 
О‘zbekistonga edilbay zotli qо‘ylar о‘tgan asrning о‘rtalaridan boshlab olib kelingan, 
qо‘ylar sof holda urchitib kо‘paytirilgan va naslli qо‘chqorlardan mahalliy qо‘y zotlarini 
takomillashtirishda foydalanilgan. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling