Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va


Download 0.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/11
Sana05.05.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1427651
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Bug`oz qoylarda ratsion kurs ishi (Автосохраненный)-1





 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 



Mavzu: Bug`oz qo`ylarga norma asosida ratsion tuzish va
ratsionni taxlil qilish
 
MUNDARIJA  
 
Kirish
………………………………………………………………………………..…....3
 
1§ Qо‘ychilikda seleksiya-naslchilik ishlari. 
………..…………………….…......5
 
1.1. “Aqchasoy” tipiga mansub naslli qо‘chqor va qoylar ratsion tuzish…….……....5
1.2. Sovliqlarning bо‘g‘ozlik davri va qо‘zilatish tadbirlari……………….…....….10
1.3. Qо‘ylarni yaylovlarda oziqlantirish……………………………………………..…19 
 2§. Qо‘ylarda uchraydigan bakterial kasalliklar ….….…..…….….…....26   
 2.1. О‘zbekistonda urchitib, kо‘paytirilayotgan qо‘y zotlari ……..……………….26 
 2.2. Xorijdan olib kelish uchun tavsiya etiladigan qо‘y zotlari ….………………..…32
 2.3. Oddiy qo‘ylar uchun ratsion tuzish ………………………………………………36 
 Xulosa
…………………………………………………………………………...............39
 Foydanilgan adabiyotlar ………………………………………………........
40
 
 
 
 
 
 

 
 
 
 
 
 
 



Kirish 
Chorvachilik sohasida qо‘ychilik asosiy о‘rin tutadi va mamlakatimizda ishlab 
chiqarilayotgan gо‘shtning asosiy qismi shu tarmoqqa tо‘g‘ri keladi, shu bois bu 
qо‘ychilikni ilmiy asosda rivojlantirish, mahaliy sharoitga mos zotdor qо‘ylarni tanlash, 
meyor darajasida parvarishlash, tо‘la qiymatli oziqlantirish hamda naslchilik ishlarini 
yanada yaxshilash muhim va dolzarb vazifalardan biri bо‘lib hisoblanadi. 
Qо‘ylarning kelib chiqish tarixiga nazar tashlasak, chorva hayvonlari ichida eng birinchi 
qо‘lga о‘rgatilgan jonzotlardan biridir. Qо‘ylar ibtidoiy jamoa davridagi qо‘lga 
о‘rgatilgan eng qadimiy hayvonlar bо‘lib, bu eramizdan avvalgi 6-8 ming yillarga tо‘g‘ri 
keladi. 
Yer yuzining barcha xalqlari ayniqsa – О‘rta va Markaziy Osiyo, Janubiy Yevropa va 
Shimoliy Afrikada birinchilardan bо‘lib qо‘ylardan uy hayvoni sifatida foydalanishgan. 
Buni О‘zbekistondagi Sarmishsoy, Qozog‘istondagi Qizil-Qara, Oltoy о‘lkasidagi 
Yalang‘och va boshqa hududlardagi qadimgi toshlarga о‘yilgan qо‘ylar timsolida misol 
qilib keltirish mumkin. 
Dunyoda qо‘ylarning 600 ga yaqin zotlari mavjud. Osiyo davlatlarida (Rossiyadan 
tashqari) kо‘proq dag‘al junli zotlar keng tarqalgan, Afrika qit’asida asosan junsiz va 
dag‘al junli qо‘ylar, Yevropada yarim mayin junli va dag‘al junli, Amerikada mayin junli 
va yarim mayin junli qо‘ylar, Avstraliya qit’asida mayin va yarim mayin junli qо‘ylar 
urchitib, kо‘paytirilmoqda. 
Ma‘lumki chorvachilikda qaysiki (sut, go‘sht, tuxum va boshqa mahsulotlarni 
yetishtirish uchun ketadigan barcha harajatlarni hisoblaganda ularning 60% ga yaqin 
qismini ozuqa harajati tashkil etishi o‘tkazilgan ilmiy tajribalarda isbotlangan. 
Xalqimiz tomonidan donishmandlarcha aytilgan bir maqolda shunday bitiklar mavjud. 
“Sigirning suti tilida” deydi dono xalqimiz, bu maqol bejizga aytilmagan bo‘lsa kerak 
albatta. Chorvachilik sohasida o‘tkazilgan ilmiy tajribalarning natijalari shuni 
ko‘rsatadiki bir loktatsiya davrida (300-305) kun davomida 4000-6000 kg gacha sut 
beradigan sog`in sigir o‘zining suti bilan 144-220 kg gacha oqsil, 150-300 kg yog‘, 200-



300 kg gacha laktoza (sut qanti), 6-9 kg kalsiy, 5-7 kg fosfor ajratar ekan yoki bir yilda 
7000 kg sut beradigan sog‘in sigirning suti tarkibidagi to‘yimli moddalar go‘shtni qayta 
ishlash korxonalarida nimtalarga ajratilgan har birining tirik vazni 544 kg bo‘lgan 8 dona 
buqaning go‘shtiga yoki tirik vazni 90 kg bo‘lgan 28 dona cho‘chqaning go‘shtiga teng 
kelar ekan. Ushbu sut tarkibidagi to‘yimli oqsillar voyaga yetgan bir insonning oqsilga 
bolgan talabini 10 yilga, kalsiyga bo‘lgan talabini 30 yilga, fosforga bo‘lgan talabini 25 
yilga riboflavinga bo‘lgan talabini 18 yilga, energiyaga bo‘lgan talabini 5 yilga 
qanoatlantirar ekan. 
O‘zingiz tassovur qilib ko‘ring xalqimiz tomonidan donolarcha aytilgan ushbu 
maqolning mazmuni naqadar teran va chuqur ma’noga ega ekanligiga o‘zingiz guvoh 
bo‘lasiz albatta. Sigir organizimidan ajratilgan ushbu to‘yimli moddalar faqatgina ularni 
to‘liq qiymatli ratsion asosida oziqlantirilgandagina sigir organizimiga qaytariladi. 
Uning sog‘ligi va fiziologik holatini me’yor talablari darajasida ushlab turishga va siz va 
biz iste’mol qiladigan eng to‘yimli oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish imkoniyatini 
beradi. Shuning uchun chorva hayvonlarini oziqlantirishda foydalaniladigan ozuqalar, 
ularning klasifikatsiyasi to‘yimliligini baholash, hazmlanishi, tayyorlash texnologiyasini 
o‘rganish muhum ahamiyatga ega. Uslubiy ko‘rsatmada chorva hayvonlarini to‘la 
qiymatli oziqlantirish ularga me’yor talablari darajasiga to‘liq javob beradigan ratsion 
tuzish, analiz qilish va oziqlantirishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. 
qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalarning to‘yimli moddalarga bo‘lgan talabini 
to‘liq qondiradigan ularning fiziologik holatiga zarar yetkazmaydigan ovqat hazm qilish 
organlariga (OXQO) mos keladigan turli xil yo‘llar bilan kimyoviy hamda mikrobiologik 
usulda olinadigan mahsulot sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan o‘simliklar va 
hayvonot dunyosidan kelib chiqqan mahsulotlarga aytiladi. Chorvachilik mahsulotlariga 
bo‘lgan talabni to‘laroq qondirishda mustahkam yem-xashak zaxirasini yaratish 
chorvador fermerlar uchun nihoyatda muhim vazifa sanaladi. Bundan tashqari hozirgi 
kunda qishloq xo‘jalik hayvonlarini oziqlantirishda kimyo, biokimyo va farmosevtika 
sanoatlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan har xil ozuqaviy qo‘shimchalar, sintetik 
priparatlar, vitaminlar, fermentlar, gormonlardan ham chorva hayvonlarining sog‘ligini 



saqlash oziqlantirish, mahsuldorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarishda keng 
qo‘llanilmoqda. 

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling