Mavzu: Bulutli texnologiyalar. Reja


Xususiy bulut xususiy bo‘lmay qolishi xam mumkin


Download 50.96 Kb.
bet4/10
Sana28.12.2022
Hajmi50.96 Kb.
#1019604
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
РИ-11-мавзу

5.Xususiy bulut xususiy bo‘lmay qolishi xam mumkin. Bir tomondan, xususiy bulut keng ko‘lamli, samarador, ommaviy bulutlar uchun xarakterli bo‘lgan real va salohiyatli xamda xavfsizlik tahdidlarini bartaraf qilishda bir qancha afzalliklarga ega. Ikkinchi tomondan, elektron biznesning asosiy talablaridan biri bo‘lgan xizmat ko‘rsatish, xavfsizlik va me’yoriy talablarga rioya etishni nazorat qilish darajasi vaqt o‘tishi bilan ommaviy bulut xizmatlarida ham ortib boradi. Standart va texnologiyalar milliy institutining (NIST - National Institute of Standards and Technology, USA) “The NIST Definition of Cloud
Computing” nomli hujjatida informatsion bulutlarning quyidagi tasniflari aniqlab berilgan:

  • talab bo‘yicha o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish (On-demand self-service).

  • keng yo‘lakli kirish imkoniyati(Broad network access).

  • resurslarni birlashtirish (Resorce pooling).

  • tezkor elastic holat (Rapid elasticity).

  • o‘lchovli servis (Measured service).

Hozirgi kunda bulutli texnologiya xizmat ko‘rsatishlarini ba’zida bulut qatlamlari deb ham ataladigan uchta asosiy modelga ajratish qabul qilingan. Bu uchta qatlam bulutli texnologiyalar tuzilishinigina emas, balki butunlay axborot texnologiyalarini aks ettiradi. Quyida ushbu uchta modelni batafsilroq kurib chiqamiz:

      1. Infratuzilma sifatidagi xizmat (Infrastructure as a Service IaaS) buyurtmachilarga xizmatlar sifatida taqdim etiladigan serverlar, tarmoq uskunalari va saqlash qurilmalariga o‘xshash moddiy resurslar majmuidan iborat. Infratuzilma xizmatlari zaruriyatga ko‘ra, hisoblash quvvatini taqdim etgan holda, ma’lumotlarga ishlov berish markazini to‘g‘ri va samarali jihozlash masalalarini hal qiladi.

Afzalliklari. Texnik ta’minotga kapital qo‘yilmalarni qisqartiradi. Odatda, bu modelda virtuallashtirish usullari qo‘llanganligi sababli, resurslardan yanada samarali foydalanish orqali tejamkorlikka erishish mumkin. Sarmoyalarni yo‘qotish riski va joriy etish muddatining kamayishi, avtomat tarzda masshtablanuvchanlik xam afzalliklar sirasiga kiradi.
Kamchiliklari. Biznes-samaradorligi va mehnat unumdorligi bulutli xizmatlarni yetkazib beruvchining imkoniyatlariga bog‘liq. Uzoq muddat salohiyatli xarajatlar talab qilish ehtimoli xam mavjud. Markazlashtirish ham xavfsizlik choralariga yangicha yondashuvlarni talab etadi. IBM SmartCloud Enterprise, VMWare, Amazon YEC2, Windows Azure, Google Cloud Storage, Parallels Cloud Server kabilarni bu turdagi infratuzilma xizmatlariga misol sifatida keltirish mumkin


      1. Download 50.96 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling